O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə27/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Allium giganteum Regel – Yirik piyoz (Alliaceae). Janubiy Pomir-Oloydagi va Kopetdog kamyob, endem o’simlik. Surxon qo’riqxonasida Kampirtepa soyining janubiy qismida toshli, shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Kichik jamoalar hosil qilib, 100 m2 maydonda 100 dona atrofida tarqalgan.


  • Anemone baissunensis Juz. – Boysun po’fanagi (Ranunculaceae). G’arbiy Hisor tizmasidagi areali ajralgan kamyob, endem o’simlik. Qo’riqxona hududining Bog’lidara bo’limi Beshbolasoy soyining shimolida soz va mayda jins tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. 100 m2 maydonda 500 dona atrofida tarqalgan.


  • A. bucharica Regel – Buxoro po’fanagi. Surxon qo’riqxonasida Shalqonsoy soyining shimoliy yonbag’rida soz va mayda tuproqli yerlarda d. s. 850-1200 m balandlikda tarqalgan. 100 m2 maydonda 500-600 donani hosil qiladi.


  • Astragalus plumbeus (Nevski) Gontsch. – Qo’rg’oshin astragali (Fabaceae). Ko’hitang tizmasidagi endem o’simlik (yuq. kel.).


  • A. subschachimardanus Popov – Yumoloq to’pgulli astragal. Surxon qo’riqxonasining endem o’simliklaridan biri (yuq. kel.).


  • A. terrae-rubrae Butkov – Qiziler astragali. Janubi-g’arbiy Pomir Oloyda tarqalgan kamyob, endem o’simlik. Qo’riqxona hududida Kampirtepa bo’limining Qoratolsoy yonbag’irlarida tarqalgan. Mayda toshli, ola jinsli yonbag’irlarda d.s. 1400-1700 m balandlikda o’sadi. 100 m2 maydonga 25-35 dona o’simlik to’g’ri keladi.


  • A. willisii Popov – Villis astragali. Surxon qo’riqxonasidagi subendem o’simlik (yuq. kel.).


  • Cicer grande (Popov) Korotkova – Yirik no’xat. Pomir Oloydagi kamyob, endem tur. Kampirtepa bo’limining yuqori qismida d.s. 2500-2600 m balandlikda mayda zarra tuproqli, toshli yonbag’irlarda uchraydi. 100 m2 maydonda 30-45 dona.


  • Colchicum kesselringii Regel – Kesselring savrinjoni (Liliaceae). O’rta Osiyoda kamayib borayotgan endem o’simlik. Surxon qo’riqxonasida kam tarqalgan bo’lib, faqat Shalqon soyining shimoliy va janubiy yonbag’irlarida d.s. 1100 m balandlikda uchraydi. Asosan, yakka-yakka holda ba’zan to’p-to’p bo’lib uchraydi. 100 m2 maydonda o’rtacha 50 donani tashkil etadi.


  • Cousinia glabriseta Kult. – Silliqtukli karrak (Asteraceae). Surxon qo’riqxonasidagi endem o’simlik (yuq. kel.).


  • Cleome gordjaginii Popov – Gordyagin kleomasi (Capparaceae). Janubiy Pomir-Oloyning o’ta kamyob, relikt o’simligi. Surxon qo’riqxonasida Vandop bo’limining janubiy qismida d.s. 900-1000 m balandlikda gipsli qiyaliklarda uchraydi. Umumiy soni o’rtacha 10-15 tupni tashkil etadi.


  • Chesneya tribuloides Nevski – Langarsimon chezneya (Fabaceae). Janubi-g’arbiy Pomir-Oloyning kamyob endem o’simligi. Surxon qo’riqxonasida Shalqonsoyning shimoliy yonbag’rida qizg’ish-qumoq tuproqli yerda tarqalgan. 100 m2 maydonda 20-25 donani tashkil etadi.


  • Euphorbia densiuscula Popov – Ayrishox sutlama (Euphorbiaceae). Surxon qo’riqxonasidagi subendem o’simlik (yuq. kel.).


  • Eremurus aitchisonii Baker – O’zbekistonda kamyob tur. Surxon qo’riqxonasida Shalqon va Qizilolma bo’limlarining pastki qismlarida mayda jins tuproqli va shag’alli yonbag’irlarida o’sadi. To’p-to’p ba’zan yakka holda bo’lib, 100 m2 maydonda 50-60 donani tashkil etadi.


  • E. baissunensis O. Fedtsch. – Boysun shirachi. Janubi-g’arbiy Pomir Oloydagi juda kamayib ketgan endem o’simlik. Qo’riqxonada Bog’lidara, Tangi-Dara hamda Xatak qishlog’i atroflarida yakka-yakka holda tarqalgan. Ola jinsli, mayda shag’al-toshli, gipsli yerlarda (d.s. 1000-1200 m balandlikda) o’rtacha 100 m2 maydonda 10-12 dona o’sadi.



  • Yüklə 0,61 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin