Tundra zonasining o`simliklari. Tundra so`zi qareliya xalqlari tilidan va fincha «tinturi» so`zidan olingan bo`lib, «o`rmonsiz» degan ma'noni byeradi.
Tundra zonasi Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy kengligida joylashgan. Arktik sahro zonasi o`zining janubiy chegarasida tundra zonasi bilan almashinadi. Tundra zonasi - Kanin, Kola yarim orollari, Novaya Zemlyaning janubi, Frants Iosif yeri, Novaya Sibir orollari, Shpitsbyergen, Taymir orollari, Skandinaviya yarim oroli, Grenlandiyaning janubiy qismlari va Kanadaning shimoliy qismini o`z ichiga oladi. Tundra zonasi umumiy iqlim sharoitlarining noqulayligiga ko`ra Arktik saxro zonasidan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bu zona uchun, asosan, qishning sovuq va uzoq muddatli, yozning esa qisqa muddatli (2-3-4 oy) va nisbatan sovuq bo`lishi, yil davomida tez tez ko`chli shamollarning esib turishi (ba'zan shamolning tezligi 40 m/sekga teng), yog’ingarchilikning kamligi (200-250 mm), tuproqning doim sovuqligi va 15-20 m qalinlikdagi abadiy muzliklarning mavjudligi xaraktyerlidir. Ekologik faktorlarning ancha noqulay ta'siriga ko`ra bu yerda o`sadigan butasimon, ko`p yillik gulli o`tsimon o`simliklar xamda mox va lishayniklar guruxidan tashkil topgan o`simliklarning vegetatsiya davri qisqa bo`ladi. MDH territoriyasining 3 mln. 100 ming km2 ini yoki 13, 4% ini tundra zonasi tashkil etadi. Zona territoriyasidagi tub jinslar paleozoy va mezozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan bo`lib, sirtdan to`rtlamchi davr qoldiqlari bilan o`ralgan. Tundraning relefi asosan tekisliklardan va uncha baland bo`lmagan tepaliklardan tashkil topgan. Tuproq’i ogir gil tuproq, qumtuproq va toshloq tuproqdan iborat. Yog’ingarchilik zonaning turli nuqtalariga turlicha miqdorda tushadi. Masalan, MDH territoriyasidagi tundrada - Murmansk atrofida 400 mm ga, Dudinkada 254 mm ga, Xatangada 227 mm ga, Lena deltasida 86 mm ga to`gri keladi. Tuproqda organik moddalar juda kam bo`lganligi tufayli chirish protsessida aktiv ishtirok etuvchi baktyeriyalar juda kam va ularning rivojlanishi juda sekin boradi. Shunga ko`ra, mox qatlamlarining ostki qismida chirindi emas, balki ko`mir va torfsimon o`simlik qoldaqlari xosil bo`ladi. Tundrada, asosan, buta va chala butalar, ko`p yillik o`tlar xamda sporali o`simliklar (moxlar, lishayniklar), qisman ba'zi bir zamburug’lar va suvo`tlar o`sadi. Buta, chala buta va ko`p yillik o`simliklarning xar yili yangidan xosil bo`ladigan ko’rtaklari mox-lishaynik qatlami orasida yashiringan xolda qishlaydi. Bir yillik o`simliklar deyarli uchramaydi. Barcha o`simliklar bir-biriga nisbatan past-baland bo`lib joylanishiga ko`ra quyidagi 3 yarus (qavat) ni: 1) butalar qavati; 2) chalabuta va o`tlar qavati; 3) mox va lishayniklar qavatini tashkil etadi. Tundraning o`rmonsiz ekanligi va buning sabablarini juda ko`p olimlar tushuntirib byerishga xarakat qilganlar. Masalan, Viznyer fikricha yoruglikning ta'sirchanlik (intensivlik) darajasini yetarli emasligi; Shimpyer fikricha qishning xaddan tashqari sovuq bo`lidti; Ozyeretskovskiy, Rubinshteyn va Zuevlarning fikricha umumiy iqlim sharoitining noqulay bo`lishi; Shrenk va Middendof fikricha Muz okeanidan doimiy sovuq shamollarning esib turishi; Kamenskiyning fikricha yil lik issiqlik miqdorining yetarli emasligi, xavo nisbiy namligining yuqori ekanligi va vegetatsiya davrida xavo va tuproqda nisbiy namlikning ortiqcha bo`lishi; Grizebaxning fikricha temperaturaning past va vegetatsiya davrining qisqa bo`lishi sababli daraxtlar (ko’rtaklari va boshqa a'zolari)ning qishga tayyorlanib ulgura olmasligi; Kamenskiy, Gorodkov va Medvedevlarning fikricha bahor va yozda xavo isiy boshlasa xam, tuproq temperaturasining past bo`lishi ularda fiziologik qurqoqchilik xodisasining ro`y byerishiga olib keladi. Aniqroq qilib aytganda buglanish bilan suvni tuproqdan so`rilishi o`rtasidagi mutanosiblikning buzilishi sabab bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida nomlari tilga olingan olimlarning fikrlariga qaraganda tundraning xozirgi kunda o`rmon. siz bo`lishiga iklim sharoiti - tuproq faktorlarining noqulayligi sabab bo`lgan. Ammo bir vaqtlar bu yerlarda o`rmonlar bo`lgan. Bu xaqda Maddendorf bunday deb yozadi: «Biz tarixni kuzatganda, kishilar yerdagi o`rmonlarni yo`qotganliqlarini ko`ramiz». Shunga ko`ra xozirgi vaqtda tundraning janubiy chegarasidagi o`rmonlarni saqlab qolish, yangi sun'iy o`rmonlarni barpo etish ustida jadal ish olib borshshoqda. Bu soxada qo`lga kirytilgan yutuqlar tundra zonasidagi mikro iqlimni yaxshiyaashga imkon beradi. Beketov ta'kidlab o`tganidek, tundra tuproqini meliorativ xolatini yaxshilash orqali xam uning janubiy nuqtalarida o`rmonlar barpo qilishga kirishiladi. Yosh ko`chatlarni parvarish qilish, noqulay sharoitga chidamli daraxtning yangiyangi navlarini keltirib chiqarish barcha biolog olimlar, xususan sovet biologlari oldiga qo`yilgan muxim vazifalardan biridir.
Rus olimlaridan Andreevning samarali ishlari tufayli xozirgi vaqtda tundraning Bolshezemelskiy deb atalgan uchastkasida Sibir qaragayi dan iborat yosh o`rmon mintaqasi barpo etildi. Tundra zonasida umuman olganda 500 dan ortiq tur mavjud bo`lib, ular arktik baland tog, o`rmon va botqoq o`simliklari kabi gruppalardan tashkil topgan. Ba'zi punqtlarda ular quyidagi miqdorda uchraydi. Masalan, kaiin yarim orolidg 389 tur, Novaya Zemlya va Taymir yarim orolida 200 tur, Vaygach orolida 186 tur, Dikson orolida 104 tur, Frants Iosif Yerida 37 o`simlik turi uchraydi.
A.I. Tolmachev tundra flora elementining asosiy qismi Shimoli Sharkiy Sibirdan va qisman Amerikadan kelib chik anligini e'tirof etadi. Sharoitning ancha nokulay bo`lishi tufayli barcha o`simliklar past bo`yli bo`lib (10-15 sm) yer bagirlab o`sadi, ba'zilari yostiksimon shaklni oladi. Gulli o`simliklarning ko`pchilik vakillari ochik rangli yirik gullarga ega. Bu xususiyati xasharotlarni o`ziga ko`prok jalb etishga, tabiiy changlanishga moslanishdir. Erta baxorda kor erishi bilanok o`simliklar tezda gullaydi va xavo fitontsidlarga to`yinadi. Ba'zi o`simliklarning barglari yaltirok bo`lib, yoruglikni tezda yutishga moslashadi. Ultrabinafsha nurning kuchli ta'sir etib, shi bu o`simliklardagi vitaminlar miqdorini oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan tundra zonasida o`simliklar hayoti uchun sharoit kanchalik nokulay bo`lmarin, bu sharoitga turli o`simliklar turlicha moslashganligi ko`rinib turadi. Tundra zonasida uchraydigan (manzarali) o`simliklardan quyidagilarni ko`rsatish mumkin. Eng yuqori yarusda butalar mavjud bo`lib, ulardan pakana kayin (Betula papa), pakana tolning bir necha turi (Salix polaris, S.herbacea, S. reticulata, S. middendorfii) pakana archa (luniperus nana), pakana qarag`ay (Pinus pumila), olxa (Alnus fruticosa) kabilarni ko`rsatish mumkin. Butachalardan: brusnika (Vaccinium vitesidea), chyernika (Vaccinium myrtillus), golubika (Vaccinium uliginosum), toloknyanka (Aretous. alpina), klyukva (Oxucoccos palustris), kassiopiya (Cassiope), driada yoki kaklik o`t, vodyanika yoki empetrum (Empetrym nigrum); ko`p yillik o`t o`simliklardan: qutb ko`knorisi (Papaver radicatum), kutb nezabudkasi (Myosotis alpestris), smolyovka (Silene acaulis), yaskolka (Gerastiura maximum), toshyorar yoki kamnelomka (Saxifraga, oppositifolia), ostrolodochnik (Oxytropis sordida), kutb kopeechnigi (Hedysarum arctium), astrogal, alp mushukkuyruk (Alopecurus alpinus), alp qo`ngirboshi (Roa alpina), veynik (Calamagrostis), pushitsa (Eriophorium vaginatum), ilok yoki osoka (Sagex ligens) kabilarni ko`rsatish mumkin.
Moxsimonlardan aulakomnium (Aulacomnium palustre, A. turgidum), shimol kakku zigiri, dikranum kabilar xaraktyerlidir. Lishayniklardan buru lishaynigi (Cladonia rangiferina), alektoriya Islandiya moxi yoki setrariya deb ataluvchi lishaynik (Cetraria islandica) kabilarni ko`rsatish mumkin. Tundra zonasi Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo materigida joylashganligi sababli u yerlarda uchraydigan o`simliklar ham turli xil gruppalarga taalluklidir. Shunga ko`ra odatda tundra zonasi o`simliklari bir necha kichik zonalarga bo`lib o`rganiladi. Masalan, arktikashunos sovet botanigi B. N. Gorodkov tomonidan bu zona kuyidagi to`rt kichik zonaga: arktik tundra, moxlishaynikli tundra, butazorli tundra va o`rmontundraga bo`lingan.