O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə36/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Arktik tundra. Muz okeani kirgoklaridan tortib Vaygach oroli va Chukotka yarim orollarigacha bo`lgan joylarni o`z ichiga oladi. Bu kichik zsna territoriyasining 60% i ko`l va botkokliklardan tashkil topgan. kolgan qismi esa toshli, toshlokli va gilli substratdan iborat bo`lib, o`simliklar yer betini to`lik koplamagan. O`simliklar koplamini asosan driada, lushitsa, ilok, kutb ko`ngirboshi, kutb ko`knorisi xamda dikranum, kakku zigirmoxlari, bir necha lishayniklar (tsetrariya, alektoriya, kladoniya kabi turkumlarning vakillari) tashkil etadi. Arktik tundra kichik zonasi ichida substrat satxi 5 m dan 25-30 m gacha va 0,5 m chukurlikda yorilib ajralgan tyerritoriyalar borki, ular poligonal tundralar deyiladi. Bu yerlarning tuprok ustini moxlishayniklar koplaydi. Ular bilan birga yyer bagirlab o`suvchi tollar, driada, kassiopiya, vyeronika, pushitsa, moroshka kabilar uchraydi. Arktik tundra territoriyasining relefi ko`pgina tepaliklardan tashkil topgan bo`lib, kuchli shamollar qor qatlamini bu joylardan uchirib ketadi. Bunday joylar dogli (chipor) tundralar deyiladi va bu yyerlarning u yyer bu yyerida lishaynikmoxlar, ba'zi butalar, chala butalar va o`tlarni uchratish mumkin.
M o x l i lishaynikli tundra kichik zonasi esa arktik tundradan janubroqda joylashgan bo`lib, u g`arbiy va sharqiy arktikaning dengiz qirg`oqlari bilan chegaradosh. Ulardagi iqlim sharoiti arktik tundraga nisbatan bir oz yaxshiroqdir. Soz tuproqli yyerlarda, asosan, moxlar, qum tuproqli yyerlarda esa lishayniklar ko`p uchraydi.
Shunday qilib, moxli tundralar Pechoradan Yeniseygacha bo`lgan tyerritoriyada tarqalgan, bu yyerlarda o`simliklar qoplami turli xil o`simlik turlarining vakillaridan tashkil topgan. O`simlik gruppalarining tarkibiy qismini, asosan moxlar, qisman lishayniklar va gulli o`simliklarning har xil vakillari (krestovnik, ostrolodochnik, kopeechnik va boshqalar) tashkil etadi. Ba'zi joylarda esa pakana tol va pakana qayinlar brusnika, bagulnik, kassioneya kabi chala butalar bilan birgalikda; boshoqdoshlar, hiloldoshlar oilalarining bir necha vakillarini esa moxlishayniklar bylan birgalikda uchratish mumkin. Lishaynikli tundra qumloq va toshloq yyerlarda joylashgan bo`lib, butasimon lishayniklar bilan moxlar qalin qatlam xosil qiladi. Chala butalar va o`tlar bu yyerlarda juda kam uchraydi. Mox-lishaynikli tundra kichik zonasining daryo yoqalari bilan tutashgan joylarida o`tloqli tundra uchraydi. Bu joyda yyer qattiq muzlamaydi. Butazorli tundralar. Moxlishaynikli tundra zonasining Kola va Kanin yarim orollaridan tortib Chukotka kirg’oklarigacha bo`lgan yyerlarida butazorli tundralar uchraydi. Bu yyerlarda asosan vyeronika deb atalgan chala buta nixoyatda ko`p uchraydi. U bilan birga alp arktousi, golubika, bagulnik, brusnika, driada va shunga o`xshash butachalar xamda pedikularis, toshyorar, shuvoq, ko`ngir bosh va zubrovka (Hierochloa) kabi turkumlarning bir necha o`tsimon vakillari o`sadi. Ular Sharqiy Sibir, Oxota dengizi kirg’oklarida va pastbaland tundralarda uchraydi. Bunday tundralarda asosiy o`simlik qoplami pushitsa o`simligi va u bilan birga o`sadigan bagulnik, brusnika, golubika kabilardan tashkil topgan. Uzoq Sharqda asosiy qoplamni pakana qarag`ay tashkil etadi. Chala butalardan bagulnik, golubika, vyeronika, o`tlardan boshokdoshlarning bir necha vakillari (veynik, zubrovka, ko`ngirbosh, ayiqtovon, nezabudka, krestovnik, suvzamchi va toshyorar) uchraydi. Daryo bo`ylarida esa odam o`tishi kiyin bo`lgan, bo`yi 2, 5-3 m li butazorlarni xam uchratish mumkin. Tundra zonasi o`zining eng janubiy chegarasida O’rmon-tundra kichik zonasini tashkil qiladi. O’rmon-tundra kichik zonasi MDHda 500 km li maydondan iborat. Uning eni 20-2000 km atrofida bo`lib, Kola va Kanin yarim orollaridan boshlanib Naryanmar, Ural oldi, o’rta Sibirning shimoliy territoriyasini o`z ichiga oladi va sharqqa tomon chegarasi torayib boradi. Keng daralarga, daryo vodiylarga qishda qalin qor tushadi. Bu yerlarda siyrak va past bo`yli qayin, qarag`ay va tilogoch o`rmonlari uchraydi. Bunday o`rmonlarning pastki yaruslari tundra uchun xos bo`lgan buta, o`t o`simliklari va ba'zi mox-lishayniklardan tashkil topgan. Bir gektar maydonga o`rta xisobda 150- 500 tup (ba'zi joylarida 1000 tupgacha) daraxt to`gri keladi. O’rmon tundra kichik zonasida daraxtlarning bo`yi 1 m gacha bo`lgan pakana (stlannik), 1-1, 5 m gacha bo`lgan yarimstlannik, 3-4 m bukir daraxtlar va nixoyat bo`yi 7-10 m gacha keladigan siyrak o`rmon daraxtlari uchraydi.
Tundra zonasining chegarasi doimo dinamik o`zgarishga uchrab turadi. Bu xaqida bir gruppa olimlar (L.S. Byerg, G.I. Tanfilev, B.N. Gorodkov, V.B. Sochaeva, B. A. Tixomirov va boshqalar) tundraning janubga tomon siljib kelayotganligini, ikkinchi gruppa olimlari esa tundraning chekinayotganligini e'tirof etmoqdalar. Kishilar tomonidan yaqin o`tmishda xam, xozirgi vaqtda xam siyrak o`rmon daraxtlariniig tartibsiz va rejasiz ravishda qirqilishiga yo`l qo`yish xollary kuzatiladi. So`zsiz bunday xollar sodir bo`lganda o`rmonlarning shimolga siljishi xakida fikr yuritish kiyin. Ammo keyingi 40-50 yil mobaynida bu yerlarda iklimshng birmuncha qulaylashishi natijasida tundraning arktik saxro zonasi tomon, o`rmonlarning esa tundra zonasi tomon siljiy boshlashi kuzatiladi. Masalan, Uzoq Shark, Shimoliy Amerikaning tekislik tundra va Uralning togli tundra yyerlarida aralash bargli o`rmonlarning uchrashi fikrimizning dalili hisoblanadi.
Uzoq geologik davrlarda tundraning janubga tomon siljishi va o`rmonlarning chekinishi sodir bo`lgan bo`lsa, keyingi vaqtlarda buning teskarisi kuzatilmoqda. Ammo yuqorida keltirilgan ma'lumotlarni to`la tasdiklash uchun atroflicha tekshirishlar o`tkazilishi talab etiladi. Tundra zonasining xozirgi xolati, bu zonaning tabiiy resurslari qatori undagi tabiiy o`simliklar xolatini yaxshilash va tundra yyerlaridan xalq xo`jaligida iloji boricha unumli va rejali ravishda foydalaish ishiga mamlakatimizda katta e'tibor byerilmoqda. Xususan, MDHning 14% ga yaqin territoriyasini ishg`ol etgan bu zonada dexqonchilik va chorvachilikni rivojlantirishga aloxida axamiyat byerilmoqda. 1913 yilgacha Shimoliy kenglikning 68° gacha bo`lgan tundra yyerlarida, dexqonchilik ishlari bilan kam shugullanilgan bo`lsa, xozirgi kunda esa shimoliy kenglikning 72°dagi Noril sovxozi dunyoda eng yirik xo`jalik korxonasi xisoblanadi. Bir necha kolxoz va sovxozlar bu yerlarda, ya'ni dalalarda va parniklarda kartoshka, piyoz, karam, sabzi, lavlagi, ryodiska, pomidor, bodring kabi ekinlarni ekib, ko`katga, sabzavotga, sut-go`sht maxsulotlariga bo`lgan extiyojini qondirish borasida ulkan zafarlarni qo`lga kiritmoqda. Masalan, xozirgi vaqtda tundradagi kartoshka ekadigan xo`jaliklarda gektaridan 70-90 s dan, ilgor xo`jaliklar esa 200-300 os gacha xosil olinmoqda. Tundra sharoitida o`sadigan sovuqqa chidamli ekin navlarini yaratishda biolog-o`simlikshunoslar va selektsionyer olimlari samarali ishlar qilmoqdalar. Tundra tuproq’ining turli xil sharoitlari (eroziyasi, temperaturani ko`tarish, tuproqni o`gitlash) yaxshilanishi uchun tuproqshunos va boshqa tabiiy fanlarning vakillari katta ulkan ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Tabiiy o`simliklardanchorva mollari uchun, asosan bu ularga yem-xashak sifatida foydalanishni tartibga solish eng muxim ishlardan xisoblanadi. Tundra yyerlarining meliorativ xolatini yaxshilash yo`li bilan chorvachilik rivojlantirilmokda.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin