Arktik (sovuq) sahro zonasi o`simliklari. Arktika so`zi yunoncha (Arcticos) so`zdan olingan bo`lib, «shimoliy» demakdir. Bu zona yer sharining shimoliy qutb atrofidagi quruqliklardan tashkil topgan bo`lib, u Yevrosiyo xamda Shimoliy Amerika matyeriklarining chekka qismlari va deyarly Shimoliy muz okeanini, undagi orollarni, Atlantika va Tinch okeanlarning shimoliy qismlarini o`z ichiga oladi. Uning maydoni 21 mln. km ni tashkil qiladi. Bu zonaning quruqlik qismi - MDH, Kanada, AQShning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpitsbyergen) tyerritoriyalarining bir qismini o`z ichiga oladi. Arktik saxro zonasida sovuq qishning uzoq muddat (8- 9 oy) davom etishi, yozning qisqa va yil davomida temperaturaning past bo`lishi (o`rtacha yillik tempyoratura 0°S dan oshmasligi) bu zona uchun xaraktyerlidir. Qutb tunining uzoq (120 kunga yaqin’) davom etishi, buklanishning sekin borishiva xavo nisbiy namligining past bo`lishi, janubiy chegaralarida kuchli shamollarning esishi, markaziy qismida esa yog’ingarchilikning 75-100 mm va janubrogida 300-400 mm bo`lishi, qishda havoning doimo tuman bilan qoplanib turishi, (Grenlandiyada 3 km gacha) abadiy muzliklarning mavjudligini ko`rsatish mumkin. Yanvar oyining o`rtacha, temperaturasi Atlantikaga yaqin chegaralarda -3°S bo`lsa, markazida -40°S ga yetadi, iyul oyirda esa janubiy chegaralarda o`rtacha temperatura 10°ni tashkil qilsa, markazida 0°S atrofida bo`ladi. Vegetatsiya davri juda qisqa. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko`rinib turibdiki, Arktik saxro zonasining sharoiti barcha tirik mavjudot, jumladan, o`simliklar uchun xam nixoyatda noqulaydir. Ammo shunga qaramay, bu zonada xayot mavjud, ya'ni bir qancha tur o`simliklar o`sa oladi. Masalan, Grenlandyyada o`sayotgan turli o`simliklar 450 turdan iborat. Novaya Zemlyada esa 208 tur va Frants Iosif yerida 37 tur o`simlik mavjud. Eng xaraktyerly o`simliklar - suvo`tlar, zamburuglar, lishayniklar, moxlar va gulli o`simliklar kabi tiplarning vakillaridir. Gulli o`simliklardan butasimon pakana qayin, pakana tol, bagulnik; ko`p yillik o`tlardan driada yoki kaklik o`ti (Dryas ocpopetale), toshyorar (Saxifraga oppositifolia), qizgaldoq (Papaver radicatum), nezabudka (Myosotis) turlari, kassiopeya, diapenziya, sinyuxa, ayiqtovon kabi turkum vakillari xamda xiloldoshlar va boshoqdoshlar oilalarining ba'zi vakillari uchraydi. Arktik saxro zonasi, territoriyasining 70% i toshli va toshloqli yyerlardan iborat bo`lganligi uchun xar qanaqa o`simliklar o`savyermaydi. Gulli o`simliklar ko`pincha yozda - muzlar eriydigan joylarda (shamoldan pana toshlar orasida) va qushlar yashaydigan joylarda o`sadi. Ularning ba'zilari qushlar, ba'zilari shamol yordamida yoki o`z-o`zidan changlanishga moslashgan.