Dasht zonasi o`simliklari. Dasht deb ko’ra va kashtan tuproqli yerlarda o`sib, qalin qoplam xosil kiluvchi, asosan ksyerofil o`t o`simliklar tipidan tashkil topgan joylarga aytiladi. Dashtlar, asosan, Shimoliy yarim sharning Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika matyerigida, qisman esa Janubiy yarim sharning Afrika, Avstraliya (Yangi Zelandiya) va Janubiy Amerika matyerigida tarqalgan.
Yevrosiyodagi dashtlarning eng katta maydoni MDH, Mo`guliston va Xitoy tyerritoriyalarida joylashgan. MDH dagi dashtlar Dunay daryosining pastki okimndan Oltoygacha bo`lgan uzluksiz kenglikdan iborat bo`lib, kora dengiz kirkoklarini, O’rta rus tekisligini Volga yoni tepaliklarini, old Kavkazny, Kozogistonning shimolini, Garbiy Sibirning janubiy qismini o`z ichiga oladi. Oltoydan boshlab sharkka tomon ketgan sari Tuva, Zabaykale rayonlarida tutashmagan xolda uchraydi.
Janubisharkda esa dasht zonasi MDH chegarasidan tashkariga chikadi va Mo`ruliston xamda Xitoyda ancha katta tyerritoriyani egallaydi.
Dunay pasttekisligidagi Vengriya territoriyasida uchraydigan dashtlar pushtalar, Shimoliy Amerikadagi dashtlar pryeriyalar, Janubiy Amerikadagi dashtlar pampalar yoki pampaslar deb yuritiladi. Ular dashtga deyarli o`xshash joylardir.
Dasht zonasining shimoliy kenglikdagi o`rmon va cho`l zonalari o`rtasida joylashganligi bu zona o`simliklarining o`rmon zonasi o`simliklariga nisbatan ko`prok ksyerofil (kurgokchil), cho`l o`simliklariga nisbatan kamrok ksyerofillik xususiyatiga ega ekanligi ko`rinadi. Dasht o`simliklari yilning ba'zi fasllarida kurgokchnlikka duch kelib turadi.
Dasht zonasi uchun eng xaraktyerli xususiyatlardan biri uning o`rmonsizligi va relefning deyarli tekisliklardan tashkil topganligidir.
Dasht zonasining o`rmonsiz ekanligi va uning sabablarini olimlar turlicha tushuntiradi. Bir gruppa olimlar - Ber, Shimpyer, Visotskiy, Kaminskiy dashtlarda o`rmonlarning yo`kligi sabablarini umumiy iklim sharoitining nokulayligi (kurukligi)dan, ikkinchi, gruppa olimlar (Tanfilev) tuprokning sho`rlanganligidan, uchinchi gruppa olimlar (Kostichev) esa tuprokning mayda zarrachalardan tyshkil topganligi va shuning uchun bu tuproklarning o`zidan xavoni yomon o`tkazishidan deb xisoblaydilar. Amerika olimi Klemaks fikricha tuprokda GO gazining ko`p bo`lishi zamburuglarning yashay olmasligiga sabab bo`lgan. Zamburuglarsiz daraxtlar yashay olmasligi ma'lumdir. Chunki, ular daraxtlar ildizida simbioz holda yashab, ularning normal o`sishiga sharoit tugdiradi. Demak zamburug`larning yo`qligi dashtlarda o`rmon bo`lmasligiga sabab bo`lgan. Dashtlarning o`rmonsizlanishi haqida boshqa bir qanch"a olimlar (V. V. Dokuchaev, L. S. Byerg, V. I. Taliey, P. S. Pallas, S. I. Korjinskiy, I. q. Pachosskiy ham o`z fikrlarini bayon etgan. Yuqoridagi olimlarning fikrlari umumiylashtirilganda dashtlarning o`rmonsiz bo`lishiga iqlim va tuproq sharoitlari, biotik hamda tarixiy faktorlar sabab bo`lganligini ko`ramiz.