Mayda bargli o`rmonlar. Mayda bargli o`rmonlarda kayin, togtyerak kabi yorugsevar, beor va tez o`suvchi o`simliklar uchraydi. Garbiy Sibir tekisligida uchraydigan qayin (togterak) o`rmonlari asosan bir necha tur kayindan va togtyerakdan tashkil topgan. Bunday o`rmonlarda chyeremuxa, chetan, tol, na'matak kabilar ikkinchi va uchinchi yarusni tashkil kikluvchi kichik daraxt va butalar xam uchraydi. Utlardan egopodium, kostyanika, iloq, volodushka, ko`zi kuloq, sanchiko`t, orlyak poporotnigi kabilar uchraydi. Kamchatkaning Oxota dengizi atrofida Saxalin va Kuril orollarida tosh qayin siyrak bo`lsada, kattakatta maydonlarda o`rmonlar hosil qiladi. Bunday o`rmonlarda o`tlardan dudnik, borshevik, krestovik, kalamogrostis yoki soxta kamish kabilar o`sadi.O`rmon zonasi o`simliklarining xo`jalik ahamiyati Tilogoch (Larix) bo`yi 30-45 m li daraxt, 500-900 yil yashaydi, yog’ochi namga chidamli. Lak-bo`yoq sanoatida undan terpentin olinadi. Po`stlogidan oshlovchi (dubil) moddalar, bo`yok va efir moylari olinadi. Tez o`suvchanligi va syerunum xomgashyo byerishi bilan eng samarali o`simlik xisoblanadi. MDH territoriyasidagi o`rmonlar maydonining 40% inn tilogoch o`rmonlari tashkil qiladi. Qarag`ay (Pinus) - bo`yi 20-40 m keladi, 200-300 yil yashaydi, yog’ochi yengil, qattiq va chidamli, qarag’ay o`rmonlari, tuproqni yuvilib ketishdan saqlaydi. Ximiya sanoatida qarag`ay saqichidan smola, skipidar va kanifol olinadi. Sibir qarag`ayining urug’idan olinadigan moy meditsinada va konserva sanoatida ishlatiladi; qarag`ay ko’rtaklarida fitontsid modda bo`lgani uchun ulardan dizenfektsiya qiluvchi va nafas olishni yengillashtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.
Qoraqarag`ay (Picea) - bo`yi 20-30 m, 250-300 yil yashaydi, yog’ochi qogoz-tsellyuloza, qurilish sanoatida ishlatiladi. Yog’ochidan gidroliz yo`li bilan etil spirt, atseton, glitserin, vitamin S va hokazolar olinadi. O’rmonlardan unumli foydalanish va uni muhofaza qilish Kishilik jamiyatining tashkil topgan kunidanoq o`rmonlardan turli maqsadlarda foydalanilmoqda. Uzoq o`tmishdan boshlab kishilar daraxtlarni kesib o`rniga ekin eka boshlashgan hozirgi kunda bunday o`rmonlardan foydalanish keng ko`lamda avj oldi. Xususan, ximiya sanoati, qogoz-tsellyuloza sanoati uchun o`rmon daraxtlaridan juda ko`p foydalanishga to`gri kelmoqda. Yer yuzidagi o`rmonlar maydoni 4,2 milliard ga/ni tashkil etadi. Shundan 2,2 mlrd. ga maydondagi o`rmonlar foydalanish uchun qulay va unumli hisoblanadi. Bundan, 20-25 yil oldin o`rmon yog’ochidan 4-5 ming xil buyum va moddalar tayyorlangan bo`lsa, xozirgi vaktda ularning soni 15-20 ming taga yetgan. Shuningdek, o`rmonlar inson uchun ozikovkat manbai damdir. Dunyo bo`yicha xar yili o`rmonlardagi mevali daraxtlardan 131, 2 mln. t mevalar yigib olinadi. MDH da bu ko`rsatkich fakat Sibir o`rmonlari bo`yicha 18, 8 mln. tonnanini tashkil etadi. Ko`pchilik kapitalistik mamlakatlarda o`rmonlardan ayovsiz foydalanish okibatida o`rmonlar maydoni keskin qisqarib bormoqda. Masalan, Shimoliy Amerikadagi o`rmonlar maydoni yaqin’ o`tmishda 365 million gektarni tashkil etgan bo`lib, unda 1100 turdan iborat daraxt o`sgan. Shundan 100 ga yaqin turi sanoat axamiyatiga ega bo`lgan. XX asr boshlariga kelganda esa Amerikada atigi 262 tur daraxt saklanib qolgan va umumiy o`rmon maydoni 225 million gektarni tashkil etgan. F. Engelsning yozishicha yaqin’ o`tmishda O’rta dengiz atrofidagi davlatlarning, chunonchi Gretsiyaning 65% maydoni o`rmonlar bilan koplangan bo`lib, XIX asr oxirlariga kelganda bu ko`rsatkich 15% ga tushib kelgan. Shundan atigi 4% i unumli o`rmonlar maydoni xisoblangan. Ispaniyaning maydoni ilgari deyarli o`rmon bilan koplangan bo`lsa, keyinchalik esa shu maydonning 1/8 qismidagina o`rmonlar saqlanib qolgan. Dunyo bo`yicha mavjud bo`lgan o`rmon maydonlarining 22% ini MDH territoriyasidagi o`rmonlar ishg’ol etadi, ya'ni 9100 mln. ga dan iborat. MDH o`rmonlarida 1500 tur daraxt va butalar mavjud. Shu o`rmonlarning 78% maydonini ninabargli o`rmonlar ishgol etadi. xar yili MDH da 2, 5-3, 5 million gektar maydonda o`rmon daraxtlari qirqiladi va uchdan bir xissa maydonda yangi o`rmonlar barpo etiladi. Chor Rossiyasi davrida ko`pgina o`rmonlar ayovsiz qirqilar, ammo yangi o`rmonlar barpo etilmas edi. Ammo ob'ektiv analiz qilinganda keyingi 50 yil ichida mamlakatimizning Yevropa qismidagi o`rmonlardan haddan tashqari ko`p foydalanib, ularning o`rniga yangi o`rmonlar barpo etish ishiga yetarli e'tibor berilmaganligi ma'lum bo`ldi. O’rmonlardan noto`gri foydalanish oqibatida esa 40% qora qarag`ay o`rmonlari maydoni qayin, togterak o`rmonlariga aylangan. Ma'lumki ninabargli xususan, qoraqarag`ay o`rmonlari kesilgach ular o`rnida yog’ochi past sifatli qayin va togterak daraxtlari tez o`sib o`rmon hosil qilgan. Shuning uchun bugungi kunda yangi o`rmonlar barpo etish ishi eng zarur muammolardan biri deb hisoblanmoqda va o`rmonlar maydonini qiskartmaslik sharti bilan ulardan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish ilmiy asosda tashkil qilinmoqda. Bu ishni bajarish uchun bizda barcha shart-sharoitlar mavjud. Bu xakda xatto partiya va xukumat maxsus karorlar kabul kilib, uning amalga oshirilishi uchun doim gamxo`rlik kilib kelmokda. Bu ishni amalga oshirishda xar bir kishi, xususan, insonlar yaqin’dan ko`maklashishlari shart. Shunday kilib, o`rmonlarning maxsuldorligini oshirish uchun kuyidagi ishlarni amalga oshirish zarur: o’rmon maxsulotlaridan tejab-tergab foydalanish, o’rmon daraxtlarshsh tez o`stirish yo`llarlni topish va o`sish sharoitini yaxshilash, o’rmon daraxtlari tarkibini saralash, o’rmonlarni yong’indan va zararkunandalardan saqlash. o’rmonlardagi foydali hayvonlar va o`simliklarni ko`paytirish, ulardan oqilona foydalanish.