O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə48/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Galofil o`simliklar tipi. O`rta Osiyodagi sho`rxok cho`llarda galofil o`simliklar asosiy o`rinda turadi. Sho`rxok cho`llarga O`zbekiston bilan Kozogiston o`rtasidagi Aydar sho`rxok cho`li, Markaziy Kizilkumdagi Mingbulok sho`rxok cho`li, Ustyurtning janubisharkidagi Borsakelmas sho`rxok cho`li xamda Korakumning shymolisharki va uning markaziy qismidagi joylar kiradi. Galofil o`simliklar o`sadigan tuproqda oson eruvchan (xlorid tuzlari, qisman sulfat, karbonat va azotli) tuzlar bo`ladi. Shuning uchun bunday yerlar sho`rxokli cho`llar deyilib, bunday sharoitda o`suvchi o`simliklar esa galofil o`simliklar deb ataladi. Shunday kilib, galofil o`simliklar daryo vodiylarida, dengiz kirgoklariga yaqin’ va yer osti suvlari yuza joylashgan sho`rlangan yerlarda ko`p uchraydi. Bu tipdagi o`simliklarni Murgob, Tajang, Sirdaryo, Amudaryo vodiylarida, Zarafshonning kuyi okimy (Buxoro oblastining Korako`l va Svyerdlov rayonlari territoriyasi) da uchratish mumkin. Sho`rxokli cho`llarda o`suvchi o`simliklarning 256 dan ortik turi sho`radoshlar oilasining vakillari xisoblanadi. Bu cho`llar uchun tuyatovondoshlar, svinchatkadoshlar, yulgundoshlar kabi bir necha oila vakillari xam xaraktyerlidir. Ulardan boroshoviya, kiriloviya, xalopeshshs, piptoptyeraning endem vakillari; sho`rak, olabuta, oksho`ra, erkak supurgi, sarisazan, dorasho`ra, tuyatovon, kyermak kabi ko`pgina turkumlarning vakillari uchray

Biyurgunli cho`’lar. Bu xildagi cho`llarning tuproqi sho`rlangan yoki gipsli bo`lib, biyurgun va toshbiyurgun kabilar uchrab, ular biyurgun - toshbiyurrun assotsiatsiyasini tashkil qiladi. Shuningdek, shimoliy cho`llarda ko`kpekli, .itsigekli, boyalishly cho`llarni xam uchratish mumkin. Cho`llarning nomi shu cho`l uchun eng xaraktyerli o`simlik nomi bilan ataladi. Cho`llardagi xar bir o`simlik tipi o`z maydonida maxsus assotsiatsiyani tashkil kilishdan o`zaro chegaralangan maydbnlarda gruppirovkalar xam xosil qiladi. Masalan, shuvoq-boyalish, shuvoq - biyurgun, jusan - boyalish - biyurgun kabilarni ko`rsatish mumkin. Demak, shimoliy cho`l o`simliklari uchun ksyerofit chala butalarning zdifikator (xukmron) ekanligi, siyrak (50% dan kam) koplam xosil kilishi, fakat kish faslida. tinim xolatiga o`tishi va Qumli cho`llardan boshka shimoliy cho`llarda efemer (bir yillik) o`simliklarning kam miqdorda uchrashi xaraktyerlidir. Ana shunday o`ziga xos sharoitga ega bo`lgan Qumli cho`llarda 360 turdan iborat gulli o`simliklar .uchraydi. Shu o`simliklarning 56% i endem turlardan tashkil topgan: Qumli cho`llar uchun eng xaraktyerli o`simliklardan kandim, kuyonsuyak, kizilcha, astragal, singren, shuvoq, kovrak, saksovul, tuyatovon, pechak, kochim, shirach, toshbakao`t, tyersken, dorema, smirnoviya, kumarchik, seleu kabi juda ko`p turkumlarning vakillarini ko`rsatish mumkin. Qumli cho`llardagi 350 ta gulli o`simliklar turining 143 tasi, bir yillik (tyerrofit) o`simlikdir. Ularning.98 tasi efemer, 45 tasi yoz va kuzda vyog’etatsiya qiluvchi turlardir. Qumli cho`llar bir yillik o`simliklarga nixoyatda boy. Ko`p yillik o`t o`simliklarning soni 106 turdan iborat, ulardan 31 tasi efemeroid, 75 tasi esa yozkuz faslida vegetatsiya kiladi.
Umuman O’rta Osiyo cho`llarida o`suvchi bir yillik efemer o`simliklarning hayoti juda qiziqarli. Qizigi shundaki, Yozning nixoyatda kuruk va yssik bo`lishi, teztez issik shamollarning esishi qumli cho`llarda o`suvchi o`simliklar_ning shunday nokulay sharoitga moslanishiga majbur etgan. Bu cho`llarda o`suvchi ko`pgina o`simliklarning urug va mevalari yengil (propellyer, uchma, aerostat, kanotli) urugli bo`lganligi uchun xam osonlik bilan tarqalish imkoniga ega. Erkak seleu kumni bir yerdan ikkinchi yerga teztez ko`chib turishiga moslashgan. kum ko`chgan joyda uning ildyzi, qum qo`mgan joyda esa tanasi - urugi tezda ko`karnb chikish xususiyatiga ega. Shuning uchun seleu o`simligi kum ko`chgan joylarda xam, kum bosgan joylarda xam o`z xayot protsessini normal davom ettiravyeradi.

Qumli cho`lda o`suvchi o`simliklar orasida iloq, qo’ngirbosh, erkakseleu va maydaseleu kabilar eng ko`p uchraydigan o`simliklardan xisoblanadi. Ilokbilan seleular kum katlamini mustaxkamlashda aloxida axamiyatga ega.



O’simliklardan asosan, kovrak, kora saksovul, shuvoq, sho`rak kabi ko`p yilliklarni va ajrikbosh, torol, cho`pontelpak, sho`r mushukkuyruk, mixcho’p kabi bir yilliklarni ko`rsatish mumkin. Cho’l zonasi O`zbekiston territoriyasining 61% ini o`z ichiga oladi. O`zbekiston hududidagi cho`llarda o`suvchi o`simliklar asosan 4 ta edafotipga; 21 senotipga, 75 foriatsiyaga va 400 dan ortik assotsiatsiyaga bo`lib o`rganiladi. Edafotiplar bo`lib psammofil o`simliklar (Psammophyta), gipsofil o`simliklar (Gypsophyta), galofil o`simliklar (Halbphyta) va to`kay o`simliklari (Potamophyta) xisoblanadi.O`rta Osiyo cho`llarining xozirgi xolati va cho`l o`simliklaridan foydalanish O`rta Osiyo respublikalari, va Janubiy Qozogistonning juda ko`p qismini cho`llar tashkil etadi. Bunday cho`llar ichida maydonining kattaligi va xo`jalikdagi axamiyatiga ko`ra Qumli cho`llar birinchi o`rinda, so`ngra shuvoqli (gipsli), sho`rxokli va efemer cho`llar turadi. korako`l ko`ylari boqiladigan Qumli cho`llar (yaylovlar) Turkmaniston, Korakalpok Avtonom respublikasi va Janubiy Qozog’istonda va O`zbekiston shuvoqli xamda sho`rxokli cho`llar ko`prok uchraydi. Efemer cho`li esa barcha O`rta Osiyo respublikalari territoriyasida uchraydi. Hozirgi vaktda O`rta Osiyo cho`llarining dehqonchilik uchun kulay bo`lgan maydonlari o`zlashtirilmokda. Dexkonchilik uchun nokulay bo`lgan maydonlarda esa chorvachilikni rivojlantirish planlashtirilmokda. Chorvachilikni rivojlantirishda cho`l o`simliklari maxsuldorliginioshirish, ba’zi xushxo`r va to`yimli o`simliklarni ekibko`kartirish muxim rol o`ynaydi. Bu borada masalan, Turkmaniston va O`zbekiston territoriyasidagy cho`llarda shuvoq, erkak supurgi, saksovul, singren, kandim, kizilcha, karrak, keyruk kabi juda ko`p o`simliklar o`stirilmokda. Shuningdek, ilok, ko`ngirbosh, yaltirbosh, aetragal, yeelin, tyersken, izen kabi o`simliklarning yaxshi o`sishiga e'tibor byerilmokda. Shu maksadda bunday maydonlarda planli ravishda mol bokish to`gri yo`lga ko`yilmokda. Cho`l o`simliklari fakatgina chorva mollari uchun yemxashak sifatidagina emas, balki xo`jalikning boshka soxalari uchun xam muxim axamiyatga ega. Ulardan ziravor sifatida foydalanilady, bo`yoq, oshlovchi moddalar, efir moylar olinadi va xokazo. Kumsabzi va kovrak kabilarning ildizmevasi kumarchik xamda kumtarin kabilarning urugidan ozuka sifatida, arnebiya va nonneya kabilarning ildizi esa bo`yok olish uchun ishlatilishi mumkin. Psammogeton efir moyli o`eimliklardan biridir. Lola, shirach, smirnoviya, astragal, boyxalcha, yersovun kabilar esa manzarali (dekorativ) o`simliklardir. Dorivordik xususiyatiga ega bo`lgan o`simliklarga cho`gon, itsegek, yersovun, lolakizgaldok, kuyonsuyak, isiriq va xokazolar kiradi. Maxalliy xalq ko`pchilik sho`rak (galofil) o`simliklarni kuydyrib, kulidan ishqor va soda olishda foydalanib kelgan. Cho`l zonasining xolatiny xar tomonlama yaxshilash va undan xo`jalikning turli soxalarini rivojlantirishda unumli foydalanish yaxshi amalga oshdi. Xususan, keyingi (1970-1980) yillarda cho`llardanfoydalanishni yanada yaxshi yo`lga ko`yish uchun kator tadbirlar (cho`llarni agro va fitomelioratsiyalash, artezian kuduklari kazish, kanallar o`tkazish orkali yangi voxalar tashkil kilish kabi) amalga oshirshshokda. Cho`l o`simliklarining unumdorligini, oshirish va.unday foydalanishni keng yo`lga ko`yish bilan bir vaqtda cho`l o`simliklarini muxofaza qilishdek muxim tadbirga xam aloxida e'tibor berilmoqda.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin