Yer sharidagi boshqa cho`llarning umumiy tasviri. Markaziy Osiyo cho`llari. Markaziy Osiyodagi cho`llarning eng katta maydonlari Xitoy va Mo`ruliston territoriyasida joylashgan.bo`lib, ular dengiz satxidan 600-880, xatto 1200-1400 m balandlikda joylashgan. Markaziy Osiyocho`llari iklimning keskin o`zgaruvchan bo`lishi, xavoning kurukligi va yog’ingarchilikning juda kam yog’ishi bilan xaryaktyerlanadi. Markaziy Osiyo cho`llaridagi eng katta maydonlarni TaklaMakon, Alashon, Ordos va Junkor cho`llari egallagan. TaklaMakon va Ordos cho`llarida deyarli korsiz sovuk kish, sovuk shamolli baxor bilan almashinadi. Baxor esa temperaturasi (sutka davomida) keskin o`zgarib turuvchi yoz bilan almashinadi. Shunga karamasdan Markaziy Osiyo cho`llarida dagal bargli o`simliklar o`sadi. Ularning ko`pchiligi sho`radoshlar, krestguldoshlar, murakkabguldoshlar, tuyatovondoshlar, kermakdoshlar kabi oilalarking vakillari xisoblanadi. Sharoit nokulayligidan efemer va efemeroid o`simliklar cho`llarda muxim o`rin egallamaydi.
Markaziy Osiyo cho`llari asosan kum gil tuprokli, kumtoshlokli, kumshagalli va sho`rxokli cho`llar kabi cho`l tiplaridan tashkil topgan.
Umuman, Markaziy Osiyo cho`llari uchun xaraktyerli o`simliklardan. simpegma, xedizarum, ilon chirmovik, exinops, bndiz, tuyasingren, kumarchik, shuvoq, isirik, tyersken, kandim, selitryanka, sho`rxok joylarda tuyatovon, yulgun, saksovul, sho`rak, erkak supurgi turli xil yovvoyi piyozlar, lagoxillus, soz tuprokli joylarda reomyuriya, cho`l chuxrasi, astragal, qarag`ay, qizilcha, yantok kayoklarni ko`rsatish mumkin. Jungoriya teksligidagi cho`llarda, asosan, saksovul, selitryanka, yulgun, tuyasingren, xedizarum, kizilcha kabi buta o`simiklari, korasho`ra, izen, sho`rak, tuyatovon, lola kabi o`tlar ko`p uchraydi. Arabiston cho`llary 3 mln. km2 li maydondan iborat bo`lib, Arabiston yarim orolitsing deyarli 95% ini ishgol etadi. Bu cho`llarda passat (tropik okean) shamollari yil bo`yi esib turadi, kumlar teztez ko`chadi, yog’ingarchilik nixoyatda kam (30-100 mm) yokadi. Yez faslida temperatura va buglanish yuqori (3000 mm) bo`ladi. Tuproqi kizgishko`ngir tuprokdan iborat bo`lib, turli xil tuzlarga boydir.Arabistonning Qumli cho`llarida efemer o`simliklari, sho`rxokli va toshlokli cho`llarida sho`rak o`simliklari va «dumalab tarkaluvchi» o`simliklar gruppasi uchraydi. Bu xildagi cho`llar, asosan, bir yillik va ko`p yillik o`t, chala buta va butalardan tashkil topgan. Arabiston cho`llarida ba'zan yashil voxalarni xam uchratish, mumkin. Bunday voxalarda xurmo daraxti, akatsiya va yulgun kabilar o`sadi. Umuman, Arabiston cho`llarida ko`p uchraydigan butalardan retama, zilla, kovul, moringa, mingbosh (Convol vulusspinosus) kabilarni ko`rsatish mumkin. O`t. o`simliklardan shuvoq, astragal, odonspyermum, anastatika, seleu, tuyatovon, kleome, kyermek (Staticepruinosa) va tuban o`simliklardan lekonora (Leconora esculenta) lishaynigini misol keltirish mumkin. Afrika cho`llari (saxrolari) Afrika matyerigining shimolida 9 mln. km2 maydonni, egallagan Saxroi Kabir va matyerikning janubidagi Nabib saxrolarini o`z ichiga oladi. Saxroi Kabir o`zining sharkiy chegarasida Liviya cho`llari orkali Arabiston cho`llari bilan tutashadi. Uning territoriyasini 20%. i Qumli cho`llardan, kolgan qismiesa toshlokli, shagal va gilli cho`llardan iborat. Yillik yog’ingarchilik 100 mm dan oshmaydi. Ba'zi joylarda esabir nechayil davomida yog’ingarchilik mutlako kuzatilmaydi. Jazoir territoriyasidagi saxrolarda yog’ingarchilik, asosan, baxor va kuz faslida yog’adi. yoz faslida kunduz kunlari temperatura 70-80° gacha ko`tarilishi va kechasi keskin sovib ketishi mumkin. Bunday o`zgaruvchan temperatura ta'sirida toshlarning parchalanishidan kum tuproklar xosil bo`lgan.. Saxroi Kabir o`zining sharkiy chegarasida Liviya cho`llari orkali Arabiston cho`llari bilan tutashadi. Uning territoriyasini 20% i Qumli cho`llardan, kolgan qismi esa toshlokli, shagal va gilli cho`llardan iborat. Yillik yog’ingarchilik 100 mm dan oshmaydi. Ba'zi joylarda esabir nechayil davomida yog’ingarchilik mutlaqo kuzatilmaydi. Jazoir territoriyasidagi saxrolarda yog’ingarchilik, asosan, baxor va kuz faslida yog’adi. yoz faslida kunduz kunlari temperatura 70-80° gacha ko`tarilishi va kechasi keskin sovib ketishi mumkin. Bunday o`zgaruvchan temperatura ta'sirida toshlarning parchalanishidan kum tuproqlar xosil bo`lgan. Afrika saxrolarida kuchli shamollar bo`lib turadi. Sharoitning nokulay bo`lishidan o`simliklarni tashki ko`rinishi bir bo`lak toshni eslatady. Bunday o`simliklar sukkulentlik xususiyatigachega (52rasm). Shunga karamasdan, Afrika saxrolarida o`suvchi o`simliklar soni 1200-1400 turni tashkil etadi. Arabiston cho`llaridagidek Afrika saxrolarini xam yashil voxalar kesib o`tadi, Bu voxalarda xurmo daraxti va shirach byeradigan bir necha tur akatsiyalar uchraydi. Afrika saxrolarida o`simliklarning soni va xayoti yog’ingarchilik miqdoriga emas, balki yer osti suvlarining yuza yoki chukur joylashishiga boglik. Saxrolarda o`sadigan lekonora lishaynigi aloxida xususiyatga ega. U substratga juda omonat o`rnashib olib, xavodagi suv buglarini tungi soatlarda kondensatsiyalash (so`rib olish) xisobiga yashaydi. Uning sirti bo`rtib, shilimshik xolatga keladi. xavo kuruk bo`lgan paytda shamol esib qolsa xavoga ko`tarilib kukun xolida yog’adi. Saxroi. Kabirda o`sadigan butalardan - qizilcha, retam, kandim (Calligonum comosum), drok (Genista sahare), zilla yoki silla (Zilla spinosa), odonospyermum (Odonospermum pygmaeus) kabilarni, o`t o`simliklardan seleu (Aristida pungens), chalov (Stipa tenasissima), olabuta (Atriplex mollis), yantoklarni ko`rsatish mumkin. Afrikaning janubidagi Nabib cho`llari esa turlarga ancha boyligi bilan Shimoliy Afrika cho`llaridan farklanadi. Bengal okimi deb ataluvchi sovuk nam shamol Atlantika okeanidan esib yog’ingarchilik xosil qilmasdan Nabib cho`llari ustida xavoning nisbiy namligini 70-80% bo`lib turishiga olib keladi. O`simliklar tuman va shudringdan foydalanib xayot kechiradi. Bu cho`llarda sukkulent xayot formasiga ega bo`lgan, vakillar juda ko`i uchraydi. Ulardan semizbargdoshlar, sutpechakdoshlar, sutlamadoshlar, loladoshlar, yoronguldoshlar kabi oilalarning vakillari juda ko`p uchraydi. Bu yerda uchraydigan turlarning ko`pchiligi endem o`simliklardir. Masalan, mezembriantemum turkumining 400 turi bo`lib, shundan 75 tasi endem xisoblanadi. Bundan tashkari sutlama (Euphorbia namibensis), yulg’un, velvichiya (Welwitschia mirabilis) kabilarni ko`rsatish mumkin. Tanasining ustki qismida 2 ta 3 metrli barg xosil qiladi va u barglar o`simlikning xayot protsessi davomida saqlanib turadi, ya'ni bargning uchy qurib, asos qismidan ko`karib boradi. Mezembriantemumning xam 90% vegetativ organi o`zida zapas suv saqlaydi. Suv bilan to`yingan o`simlik tanasi kul rang toshni eslatadi. Shuning uchun bu o`simlik ba'zan tosh o`simlik deyiladi. Janubiy Afrikada sukkulent holda yashovchi ba'zi o`simliklar 49 rasmda tasvirlangan.
Shimoliy va Janubiy Amerika cho`llari. Shimoliy Ayyerika cho`llari shnmoliy kenglykning 22-48° parallel chiziqlari va 110-120° meridian chiziqlari orasida joylashgan. Janubiy Amerika cho`llari esa janubiy kenglikning taxminan 5-30°dagi parallel chiziqlar, 70-80° meridian chiziqlari (Kaliforniya, Arizon va Meksika tyerritoriyaei) orasida joylashgan bo`lib, ular Atakama cho`llari deb ataladi. Bu cho`llar qisman O`rta Osiyo cho`llariga o`xshasada, joylanishi, iqlim sharoiti, o`simlik qoplami va florasining tarkibiga ko`ra o`zigas xususiyatga ega. Shimoliy Amerika cho`llarining shimoliy territoriyasi mo`'tadil iqlimli bo`lib, janubiy territoriyasi va Janubiy Amerikadagi Atakama cho`llari subtropik iqlimli cho`llar hisoblanadi. Shimoliy cho`llarda yog’`ingarchilik 120-250 mm ni tashkil etadi. Yilning 200-260 kuni sovuq va salqin bo`lib turadi. Shimoliy Amerika cho`llarida shuvoqli, olabutali va kreozit buta o`simlik tiplari mavjud. Shimoliy Amerikadagi jinubiy cho`llarda esa kaktus, yukka, agava, kreozit, idriya, prozopis, dyersus, okatillo, liziloma kabi turkumlarnyng endem vakillari uchraydi. Kaktus, yukka, agava va sereus kaby turkumlarning vakillari sukkulent o`simliklardir. Ularning ayrimlari tanasida 300 litrgacha suvni zapas qilib saqlashi mumkin. Masalan, yozgi efemerlardan bangidevona, machin, temirtikan, buteloa kabi turkumlarning, vakillarini ko`rsatish mumkin. Shimoliy Amerika cho`llari uchun sho`radoshlar oilasining yog’liq daraxt (salnoe derevo) deb atalgan butasimon vakili endemdir. Uning bargi qoramtiryashil bo`lib, yog’ surkab qo`ygandek yarqirab turadi.