O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə45/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

MDH cho’llari. MDH territoriyasining taxminan 2 mln 200 ming km2 ni yoki 10% ini cho`l zonasi tashkil qiladi. Cho`l zonasining asosiy maydoni O`rta Osiyo respublikalari va Janubiy Qozogistonda joylashgan. Shuningdek cho’l zonasi. Kaspiy dengizi atrofidagi (Tyerek, Volga va Ural daryolariningkuyi okimlari) pasttekisliklarni xamda Orka Kavkazdgi Kura va Araksa daryolarining kuyy okimidagi tekisliklarning bir qismini o`z ichiga oladi. MDH cho`llarida, yillik yog’ingarchilik 80-200 mm ni tashkil qiladi. Yog’ingarchilik aeosan kish va baxor mavsumlarida yog’adi. Adirlarga yaqin’ joylarda yog’ingarchilik o`rtacha 350 mm ni, ulardan uzok joylarda esa o`rtacha 24 mm ni tashkil etadi. Yozi issik va kuruk bo`lib, ba'zan iyul oylarida maksimum temperatura (masalan, Tyermizda) 70°S dan oshadi. Iyul oyining o`rtacha temperaturasi Ietropavlovskda 22, 6° ni, Tyermiz va Repetekda 32°ni tashkiletadi. Tez-tez kumlar ko`chib, changto`zonlar bo`lib turadi. Bo`z tuprokdi relefi ancha tekis, baland bo`lmagan tepalik va pastliklardan iborat. Cho`llar, jumladan, O`rta Osiyo cho`llari tuproki tarkibida organik moddalarning miqdori juda kam. Bu cho`llardagi gulli o`simliklar 1600-1700 turni tash kil qiladi. Ular turlicha taksimlangan bo`ladi. Masalan, korakumning garbida 1141 tur, Betpak dalada 831 tur, Markaziy Kozogistonda 700 tur, Chu vodiysida 655 tur, Garbijanubiy Kizilkumda 533 tur, Ustyurtda 295 tur va Mirzacho`lda 200 turni tashkil qiladi. O`rta Osiyo cho`llarida o`suvchi o`simliklar, asosan, ksyerofitlar, mezoksyerofit efemerlar, va mezoksyerofit efemeroidlar kabi ekologik gruppalarga bo`linadi.
Yashash sharoitining nokulay bo`lganligi uchun o`simliklar unga turlicha moslashadi. Bunday moslanishlar kuyidagilardan iborat: barglar reduktsiyalanib yoki yo`kolib, o`rniga kichik tangachalar xosil bo`lgan (masalan, kizilcha, ok va kora saksovullar, juzgun). Bunday o`simliklarda assimilyatsiya protsessini novda bajaradi: baxorda barglar xosil bo`lib, yozda ular tikanli dagal barglarga almashinadi (kiziltikan, kumarchik); barglar tikanga aylangan (astragal va kochim turkumlarining turlari); barg plastinkasi nixoyatda kichrayib kolgan va ula.r kirkilgan yoki ingichka nay shakliga ega. Bunday o`simliklarning ildizi juda yuza joylashib, atrofga tarqalgan bo`ladi. Bu gruppaga kiruvchi o`simliklarning barglari yozda to`qiladi, semizbargli va semiztanali (sukkulent) bo`ladi (buyurg’un, oq boyalish kabilar), o`simlikning ildiz sistemasi juda chukur joylashgan va mayda bargli. Bu gruppaga tipik vakil kilib ildizi 5-10-15 m ga yetadigan, yantok ildizi 30 m chukurlikka kiradigan kora saksovul va yulgunlarni ko`rsatish mumkin. Yuqorida ko`rsatilgan barcha gruppa vakillari ksyerofit o`skmliklar guruxini tashkil etadi. Efemerlar gruppasi. O`rta Osiyo cho`llarida bir yillik o`simliklarning 150 ga yaqin’ turi bo`lib, ular efemerlar gruppasini tashkil qiladi. Ko`pchilik efemerlarning ururi kuz faslida una boshlaydi va to`pbarg xosil kilib kishlaydi. Ayrim bir yillik o`simliklar xakikiy efemerlar xisoblanadi. Ularning uruglari erta baxorda unib chikadi va yozning jazirama issiklari boshlanguncha gullab urug xosil qiladi va so`ng tezda kurib koladi. O`rta Osiyo iklim sharoitining keskin o`zgaruvchan (kontinentalligi ko`pgina bir yillik o`simliklar xayoti (biologiyasi)ga uzok yillar davomida ta'sir etgan. Ayrim bir yillik o`simliklarning urugi kuzda xam, baxorda xam. unib chikish xususiyatiga ega. Agar kuzda nam yetarli bo`lib, xavo ilik kelsa bir yillik o`simliklar (lolaqizgaldoq, chitir, veronika kabilar)ning urugi kuzda unib chikadi va to’pbarg holida kishlaydi. Agar kuz kuruk, salkin yoki kuruk issik kelsa ular erta baxordagina unib chikadi. Shunday kilib, bir yillik efemerlarning kuzgi yoki baxori bo`lishi umumiklim, sharoitiga bevosita boglik bo’ladi. Shuning uchun xam efemerlar deganda qisqa vaqt ichida (40-45 kunda) o’z vegetatsiyasini tugatuvchi o`simliklarni emas, balki umuman vegetatsiya davrining uzok yoki kiskaligidan kat'i nazar jazirama issiklar boshlanguncha o`z xayot prrtsesslarini to`lik o`tib tugallovchi o`simliklarni tushunish kyerak.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin