11-Mavzu: Poleotropik floristik olam
Reja:
Afrika, madakaskar xind-malayziya yangi kalidoniya, xar –bir kichik floristik olamlarning viloyatlarga bulinishi uning xududi va chegarasi.
O’simlik jamoalari, ularning tarkibi, xamda nomlanishning uziga xos tomonlari
Tayanch so’z va iboralar: Yer yuzidagi o`simliklarni zonalarga, mintaqalarga va floristik oblastlarga bo`lib o`rganalishi. Tundra zonasining o`simliklari. Arktika o`simliklari
Yer sharining turli nuqtalarida iqlim, tuproq, relef sharoitlarini juda murakkab va xilma-xilligi, u yyerlarda o`sadigan o`simliklarning turlar soni, xayot kechirishi, manzara xosil qilishi jixatidan xilma-xil xususiyatlarga ega bo`lishiga sabab bo`lgan, Shuning uchun xam yer yuzidagi barcha o`simlik turlarini yashayotgan sharoitiga ko`ra bir necha gruppaga, aniqrogi, bir necha o`simlik zonalariga bo`lib o`rganiladi. Odatda Yer sharining tekislik qismi zonalarga, togli qismi mintaqalarga bo`lib o`rganiladi; dengiz va okeandagi o`simliklar okeanlik oblastlarga bo`lib o`rganyladi.
Quruqliqning Yevropa va Osiyo matyerigida asosan o`simlik zonalari shimoldan janubga borgan sari bir-biri bilan almashina borib, zonalar orasida oraliq zonalar yoki zonachalar uchrab turadi. Ammo zonalar bir-biridan uzilib qolishi, dengiz, va okeanlar bilan kesilishi, o`simlik zonalarini faqat shimoldan janubga qarab emas. balki ba'zan Garbdan sharqqa tomon almashina borishiga xam sabab bo`lgan. Masalan, bu xol Shimoliy Amerika matyerigida yaqqol ko`zga tashlanadi. Bunga quruqlikni okean va dengizlar tomonidan ajratilishigina emas, balki, quruqliqning relefi xam ta'sir qiladi. Ammo yuqorida ko`rsatilgan xollarga qaramasdan yer sharidagi o`simliklarning umumiy zonallik qonuniyatlari ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Bunday zonallik xususiyatlariga Brokman-Yerosh tafsiliga ko`ra quyidagilar asosiy sababchi bo`lgan:
Issiqliq miqdorining ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi. O’rtacha kenglikdagi doimiy garbiy nam shamollarning dengizdan quruqlikka tomon esishi. Ekvatorning ikki tomonida quruq shamollar (passatlar) ning quruqlikdan dengizga tomon esib turishi. Dengizdan uzoqlashgan sari quruqlikning ichkari tomonlarida yog’`ingarchilikning kamayib borishi kabilar.
Brokman-Yerosh va Ye. Ryubellar tomonidan ideal kontinent deb atalgan sxema tavsiya etiladi va bu sxemada yer sharining turli nuqtalari uchun xos bo`lgan o`zgarishlar tasvirlanadi. Ushbu sxema yer sharining ekvatordan shimoliy qutbgacha bo`lgan qismini o`rganish asosida tuzilgan. Eqvatordan janubda quruqlik ancha kam maydonni tashkil etadi va shuning uchun xam yuqoridagi sxemada ko`rsatilgan qonuniyatlar yaxshi ifodalanmagan.
Shimoliy yarim sharda o`rmoning 3 ta chegarasi mavjud bo`lib, shulardan janubiy va o`rta chegaralar qurgoqchilligi, shimoliy chegara esa temperatura sharoitlari bilan bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib, quyida biz yer yuzidagi o`simliklarni zonalarga, mintaqalarga va floristik oblastlarga bo`lib o`rganamiz.
Dostları ilə paylaş: |