Reja:
1.Flora haqida tushuncha
2.Flora elementlari guruhlari
Tayanch so’z va iboralar: Flora haqida tushuncha Flora elementlari guruhlari
Flora elementlari Yer yuzasida bir xil hajm va shakldagi aynan o xshash ikkita areal uchramaydi. Lekin bu ikkita areal uchun umumiy o xshashliklar mavjud. Egallagan hududiga ko'ra maMum darajada o'xshash bo'lgan bir necha o'simlik areallari muayyan joyning flora elementini hosil etadi. Bu flora elementlari shu o'simlikning geografik jihatdan egallagan maydoni asosida ajratiladi. Flora elementlarini V.V.Alyoxin quyidagi guruhlarga ajratadi:
l Arktika flora elementi- tundra va arktikada o'sadigan o'simlik areallaridan iborat.
2.Shimoliy o'rmon zonasi flora elernenti- ninabargli o'nnonlar mavjud bo'lgan joylarda o suvchi o'simlik areallarini o'z ichiga oladi.
3. 0'rta Yevropa flora elementi- Markaziy Yevropada o suvchi osim lik areallaridan iborat. 4.Atlantika flora eelementi - Atlantika okeani qirg'og'ida o suvchi o simlik areallarini o'z ichiga oladi.
5.Pontik tlora elementi- Janubiy Rossiya dashtlarida o suvchi o simlik areallarini o ziga biriktiradi. 6.Qora dengiz flora elementi- O rta dengiz atrofidan boshlab, Qora dengiz, Qirim va kavkazgacha bo lgan hududlarda o'suvchi o'simlik areallarini o'z ichiga oladi.
7.Markaziy Osiyo flora elementi- O rta Osiyoning tog'li qismida o suvchi o simliklar areallaridan tashkil topgan.
8.Turon flora elementi- 0'rta Osiyoning Turon pasttekisligida o'suvchi o simliklar areallarini o'z ichiga oladi.
9.Manjuriya flora elementi- Manjuriyada, Uzoq Sharqda o'suvchi o'simliklar areallaridan tashkil topgan.
Flora (yangi lot. flora, lot. Flora — gullar va bahor xudosi; lot. flos — urug , floris — gul) — oʻsimliklarning muayyan hududda tarixan tarkib topgan taksonlari majmui. F. muayyan geografik joyga taalluqli boʻlib, uning hozirgi tabiiy sharoiti, oʻtmishi bilan bogʻliq va u yer yuzidagi boshqa flora bilan ozmi -koʻpmi munosabatda boʻladi. Bu jihatdan flora muayyan hududdagi oʻsimliklar jamoasidan (oʻsimliklar qoplamidan) farq qiladi. "F." tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklar taksonlarini oʻz ichiga oladi. Tuban va boshqa yuksak oʻsimlik turlari majmui, odatda, maʼlum sistematik birliklar bilan belgilanadi (mas, "sporali oʻsimliklar florasi", "suvoʻtlar florasi" va boshqalar). Florasi oʻrganilayotgan material qajmi maʼlum darajada ixtiyoriy boʻlib, tanlangan joyga bogʻliq (mas, Oʻzbekiston florasi, Kavkaz flora si, Zarafshon florasi va h.k.). Har bir florani bilish uning tur, turkum oila va boshqalarni aniklashga, yaʼni F. inventarizatsiyasiga asoslangan. Inventarizatsiyaning barcha turlari maʼlum belgilariga koʻra flora elementlariga ajratiladi. Jumladan, geografik elementlar oʻzining geografik tarqalishiga koʻra oʻxshash, genetik elementlar esa geofafik kelib chikishi va joylashish tarixiga koʻra yaqin turlarni birlashtiradi. flora yoshini tahlil kilish uning progressiv (kelib chiqish, joylashish vaqtiga binoan yoshi), konservativ va relikt elementlarni aniklashga imkon beradi. Har qaysi F.ning muhim belgisi uning sistematik strukturasi, yaʼni flora tarkibida turli sistematik guruxlarning birlashishidan iborat.
Biror hududdagi oʻsimliklar sistematik tarkibini yorituvchi yirik asarlar ham, odatda, "Flora" deb nomlanadi. Koʻpincha floraga mazkur xududda keng tarqalgan madaniy oʻsimliklar ham kiritiladi, lekin botanika bogʻlari, oranjereyalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar kiritilmaydi. Oʻsimliklar tushunchasi oʻrniga flora tushunchasining ishlatilishi notoʻgʻri.
Flora deb, ma’lum bir territoriyada (rayon, oblast, o’lka) uchraydigan o’simlik turlariga aytiladi.
O’simliklar qoplami deb, ma’lum bir territoriyada (rayon, oblast, o’lka) uchraydigan o’simlik gruppalarining yig’indisiga aytiladi.
Flora elementlari deb, geografik areali bir-biriga o’xshash bo’lgan o’simlik turlariga aytiladi. Yer yuzida bir xil maydon va shaklga ega o’xshash ikkita areal uchramaydi. Ammo shunga qaramay, ular o’rtasida umumiy o’xshashlik ham bor. Yer yuzida flora elementlari har bir mamlakat territoriyasida bir necha yoki juda ko’p bo’lishi ham mumkin.
Yer yuzida quyidagi flora elementlari mavjud:
1.Arktik flora elementlari- bu gruppaga shimoliy qism, tundra zonalarida va arktikadagi orollarda joylashgan o’simliklar kiradi. Bu gruppa o’z navbatida bir qator mayda flora elementlarga bo’linadi. Masalan, g’arbiy arktika flora elementi. Bundan tashqari, ba’zi bir arktik turlari uzilgan arealga egadirlarki. Bunday turlar arealining bir qismi arktikada bo’lib, ikkinchi qismi Kavkazda, Oltoyda yoki boshqa yerlarda bo’lishi mumkin. Bunday turlarga arktika-kavkaz, Arktika-Oltoy, Arktika-Alp flora elementlari deb ataladi.
Arktika so’zi yunoncha “Arcticos” so’zidan olingan bo’lib, “shimoliy” degan ma’noni bildiradi. Bu zo Yer sharining shimoliy qutbi atrofidagi quruqliklardan tashkil topgan bo’lib, u Yevrosiyo hamda Shimoliy Amerika materiklarining chekka qismlari va deyarli Shimoliy muz okeaknini, undagi orollarni, Anlantika va Tinch okeaklarining shimoliy qismlarini o’z ichiga oladi. Uning maydoni 21 mln. km2 ni tashkil qiladi. Bu zonaning quruqlik qismi-Rossiya, Kanada, AQShning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya) va Norvegiya (Shpitsbergen) territoriyalarining bir qismini o’z ichiga oladi.
Arktik sahro zonasida sovuq qishning uzoq muddat (8-9 oy) davom etishi, yozning qisqa va yil davomida temperaturaning past bo’lishi (o’rtacha yillik temperatura 00 S dan oshmasligi) bu zona uchun xarakterlidir.Qutb tunining uzoq (120 kunga yaqin) davom etishi, bug’lanishning sekin borishi va havo nisbiy namligining past bo’lishi, janubiy chegaralarida kuchli shamollarning esishi, bug’lanishning sekin borishi va havo nisbiy namligining past bo’lishi, janubiy chegaralarida kuchli shamollarning esishi, markaziy qismida esa yog’ingarchilikning 75-100 mm va janubrog’ida 300-400 mm bo’lishi, qishda havoning doimo tuman bilan qoplanib turishi, qalin qatlamli (Grenlandiya 3 km gacha) abadiy muzliklarning mavjudligini ko’rsatish mumkin.
Yanvar oyining o’rtacha temperaturasi Atlantikaga yaqin chegaralarda -30S bo’lsa, markazida - 400S ga yetadi, iyul oyida esa janubiy chegaralarida o’rtacha temperatura + 100S tashkil qilsa, markazida 00S atrofida bo’ladi. Vegetatsiya davri juda qisqa.
Arktik sahro zonasining sharoiti barcha tirik mavjudot, jumladan, o’simliklar uchun ham nihoyatda noqulaydir. Ammo shunga qaramay, bu zonada bir qancha tur o’simliklar o’sa oladi. Masalan, Grenlandiyada o’sayotgan turli guruh o’simliklar 450 turdan iborat. Novaya Zemlyada 208 tur va Frants-Iosif yerida 37 tur o’simlik mavjud. Eng xarakterli o’simliklar-suvo’tlar, zamburug’lar, lishayniklar, moxlar va gulli o’simlik vakillari bor. Gulli o’simliklardan butasimon pakana qayin, pakana tol; ko’p yillik o’tlardan driada, toshyorar, qizg’aldoq, nezabudka turlari, ayiqtovon turkum vakillari hamda Hiloldoshlar va bug’doydoshlar oila vakillari uchraydi. Arktik saxro zonasi territoriyasining 70% i toshli va toshloqli yerlardan iborat bo’lganligi uchun har qanday o’simliklar o’savermaydi. Gulli o’simliklar ko’pincha yozda-muzlar eriydigan joylarda (shamoldan pana toshlar orasida) va qushlar yashaydigan joylarda o’sadi. Ularning ba’zilar qushlar, ba’zilari shamol yordamida yoki o’z-o’zidan changlanishga moslashgan.
Tundra so’zi Kareliya xalqlari tilidan va fincha “tinturi” so’zidan olingan bo’lib, “o’rmonsiz” degan ma’noni beradi. Turnda zonasi Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy kengligida joylashgan.Arktik saxro zonasi o’zining janubiy chegarasida tundra zonasi bilan almashinadi. Tundra zonasi-Kanin yarim orollari, Novaya Zemlyaning janubi, Frants-Iosif yeri, Novaya Sibir orollari, Grenlandiyaning janubiy orollari, Skandinaviya yarim oroli, grenlandiyaning janubiy qismlari va Kanadaning shimoliy qismini o’z ichiga oladi.tundra zonasi umumiy iqlim sharoitlarining noqulayligiga ko’ra Arktik sahro zonasidan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Tundraning relefi, asosan tekisliklardan va uncha baland bo’lmagan tepaliklardan tashkil topgan. Tuprog’i og’ir gil tuproq, qumtuproq va toshloq tuproqdan iborat.yog’ingarchilik zonaning turli nuqtalariga turlicha miqdorda tushadi. Tuproqda organik moddalar juda kam bo’lganligi tufayli chirish protsessida aktiv ishtirok etuvchi bakteriyalar juda kam va ularning rivojlanishi juda sekin boradi. Shunga ko’ra, mox qatlamlarning ostki qismida chirinda emas,balki ko’mir va torfsimon o’simlik qoldiqlari hosil bo’ladi. Tundrada, asosan buta va chala butalar, ko’p yillik o’tlar hamda sporali o’simliklar (moxlar, lishayniklar), qisman ba’zi bir zamburug’lar va suvo’tlar o’sadi. Buta, chala buta va ko’p yillik o’simliklarning har yili yangidan hosil bo’ladigan kurtaklari mox-lishaynik qatlami orasida yashiringan holda qishlaydi. Bir yillik o’simliklar deyarli uchramaydi. Barcha o’simliklar atigip bir-biriga nisbatan past-baland bo’lib joylashishiga ko’ra 3 yarusni: 1)butalar qavati, 2) butachalar va o’tlar qavati, 3) mox-lishayniklar qavatini tashkil qiladi.tundraning o’rmonsiz ekanligi olimlar yorug’lik nurining yetarli emasligi; qishning haddan tashqari sovuq bo’lishi, iqlim sharoitining noqulay bo’lishi, Muz okeanidan doimo sovuq nam shamollarning esib turishi, issiqlikning yetarli bo’lmasli, tuproqda nisbiy namlikning ortiqcha darajada bo’lishi, qishda shamollar natijasida o’simlik novdalarining ko’p miqdorda o’zidan suvni bug’lantirishidir.tundra zonasida 500 dan ortiq tur mavjud bo’lib, ular arktik baland tog’, o’rmon va botqoq o’simliklari kabi gruppalardan tashkil topgan.Gulli o’simlik vakillari ochiq rangli yirik gullarga ega. Bu xususiyat xasharotlarni o’ziga tezda jalb etishga, tabiiy changlanishga moslanishdir. Ba’zi o’simliklarning barglari yaltiroq bo’lib,yorug’likni tezda yutishga moslashgandir.Tundra zonasida uchraydigan va manzarali o’simliklardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin. Eng yuqori yarusda butalar: pakana qayin, pakana tolning bir necha turi, pakana archa, pakana qarag’ay, olxa kabilar. Butachalardan brusnika, chernika, driada, ko’p yillik o’tlardan-qutb ko’knorisi, toshyorar, astragal, alp qo’ng’irboshi, iloq kabilar.arktik tundra zonasining 60% territoriyasi ko’l va botqoqlklandan tashkil topgan. Qolgan qismi toshli-toshloqli va gilli substratdan tashkil topgan bo’lib, o’simliklar yer betini to’liq qoplamagan.
2.Shimoliy (yoki boreal) flora elementi: bunga areallari, asosan o’rmon zonasining (ninabargli o’rmonlarning) shimoliy chegarasida joylashgan turlar gruppasi kiradi. Bu ham o’z navbatida bir necha gruppalarga bo’linadi. Masalan: 1) Yevropa-boreal flora elementi-faqat Yevropa qismida o’sadigan turlar; 2) Sibboreal flora elementi-Sibirdagina o’sadigan turlar va xokazo.
Ninabargli o’rmonlar ba’zan doim yashil yoki tayga o’rmonlari ham deyiladi.
3.O’rtaevropa flora elementi:- bunga areallari, asosan O’rta Yevropada joylashgan turlar gruppasi kiradi. Bular arealning sharqiy qismi Rossiyaning g’arbiy qismiga, ba’zilariniki esa Uralgacha kirib keladi. Bu gruppaga kiruvchi turlar, yuqorida aytilgan ikki gruppa turlarga nisbatan ancha issiqsevar bo’lib, asosan keng bargli o’rmonlar zonasida tarqalgan. Masalan: oddiy dub (Uralgacha tarqalgan)Quercus, zarang (Acer olatanoides, A.campestre, A.tataricum), shumtol (Fraxinus sp.), buk (Fagus).
4. Atlantik flora elementi: Bu elementga kiruvchi turlar Rossiya Yevropa qismining g’arbiy rayonlarida uchraydi.
Bu elementga kiruvchi o’simliklar, asosan Yevropaning Atlantik okean qirg’og’idagi rayonlariga o’rnashgan bo’lib, ba’zi turlari Sharqqa tomon ancha kirib boradi. Atlantik flora elementidan Rossiyada uchraydiganlariga misol qilib,lobeliya (Lobelia), voskovnik (Myreca) larni ko’rsatish mumkin.
5. Pontik flora elementi: Bunga asosan janubiy rus dashtida o’sadigan, lekin Ruminiya va Vengriya dashtlarida ham uchraydigan (agarda turlar, asosan venger dashtlarida uchraydigan bo’lsa, bularga pannon elementi deyiladi) turlar gruppasi kiradi. Bunga misol qilib, bizning dashtlarimizda o’suvchi juda ko’p turlarni ko’rsatish mumkin: mushuko’t (Adonisvernalis), binafsharang sigirquyruq (Verboscum phaeniacum), sariq skabioza (Scabiosa ochroleuca), dasht chiyasi (Cerasus fruticosa) va boshqalar.
6. O’rtaer dengizi flora element: Bunga O’rtaer dengizi atrofidagi, Qrimda va Kavkazda (Kaspiy oldi rayonlarida ham) tarqalgan turlar gruppasi kiradi. Bu element uchun xos daraxtlar va butalar doimiy yashil vaqalin yaproqlarga ega bo’lib, o’tlar esa qurg’oqchilikda o’sishga moslashgan. Masalan, shamshod (Buxus), totum (Rhus), yovvoyi jasmin (Jasminium fruticus) va xokazo.
7. Markaziy Osiyo flora elementi: Bunga, asosan O’rta Osiyo, uning ulkan tizma tog’larida (Tiyonshon, Pomir-Oloy, Tarbag’atoy, Oltoy) o’rnashgan turlar gruppasi kiradi. Markaziy Osiyo flora elementi juda murakkab bo’lib, o’z navbatida bir qator mayda flora elementlariga bo’linadi.
8.Turon flora elementi: Bu element o’z ichiga areallari O’rta Osiyoning turon pasttekisligidagi cho’llar bilan bog’liq bo’lgan turlarni oladi. Bu elementga oid turlar, asosan cho’lda hayot kechirishga moslashgandir. Turon elementi o’z belgilari bilan ba’zi olimlar tomonidan nomlanadigan Orol-Kaspiy flora elementining o’zidir, lekin unga nisbatan kengroq ma’noda tushuniladi. Tipik turon elementiga O’rta Osiyo cho’llaridagi shuvoqlar(Artemisia) gruppasi, oq va qora saksovul (Haloxilon), buyurg’un (Anabasis) va boshqalar kiradi.
9. Manjuriya flora elementi: Bu flora elementiga, asosan areallari Manjuriyada bo’lib, qisman Uzoq Sharq o’lkasining janubiy qismiga ham o’tadigan turlar gruppasi kiradi. Bu element uchun bir qotar keng yaproqli daraxtlar va butalar xosdir. Chunonchi: manjuriya yong’og’i (Juglans mantshurica), baxmal daraxt (Pheblodendron amurense) va boshqalar. Agarda gap ma’lum bir nisbatan kichik maydon haqida borgudek bo’lsa, bu holda flora elementlari birmuncha kichik masshtabda ajratiladi. Masalan: O’rta Osiyoda, boreal o’rmon elementi (Picea.Abies) va janubiy O’rta Osiyo o’rmon elementi (Juniperus,Juglans fallax) deb ajratiladi. Bulardan birinchisi boreal flora elementining bir qismi bo’lsa, ikkinchisi esa Qadimiy O’rtaer dengizi oblasti flora elementining bir vareantidir.
Agar misol uchun dasht (step) elementini olsak, bunda ham O’rta Osiyo uchun shimoliy dasht va janubiy dasht elementlari ajratiladi. O’rta Osiyoning shimolidagi dashtlar uchun dasht zonasi (stepnaya zona) xos o’simliklar (qo’g’a-Stipa, betaga-Festuca) xarakterlidir. Bu o’simliklar O’rta Osiyoning janubida xam bir muncha tarqalgandir. Lekin O’rta Osiyoning janubi uchun butunlay boshqa floristik tarkibga ega bo’lgan dashtlar xarakterliki, bularni biz quruq, har xil o’tli dashtlar (suxie raznotravnie stepi) deb, ba’zi geobotaniklar esa, step-savannalar deb nomlaydilar. Bu dashtlar uchun xarakterli bo’lgan boshoqlilar, hatto o’z ko’rinishlari uzun va yo’g’on poyalari bilan, shimoldagi dashtlar uchun xos bo’lgan o’tlardan farq qiladigan bug’doyiq (Elyrigia) va taktak (Hordeum) lardir. Shular bilan bir qatorda, bu dashtlar uchun yana andiz (Inula) va gulxayri (Althea) kabi uzun bo’yli va dag’al poyali ko’p yillik o’tlar xam xosdir.
Turon flora elementiga kelganda, O’rta Osiyo miqyosida Ust-Yurt, Qoraqum,Qizilqum va Balxasholdi cho’llari flora elementini ajratish lozim.
10-Mavzu: Yer sharining floristik olamlari. Golarktik olam.
Dostları ilə paylaş: |