1: Mavzu: O‘simliklarning areallari reja O`simliklar geografiyasi faniga kirish



Yüklə 201 Kb.
səhifə1/11
tarix20.11.2023
ölçüsü201 Kb.
#161880
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.Mavzu.O‘SIMLIKLARNING AREALLARI


1:Mavzu:O‘SIMLIKLARNING AREALLARI
Reja
1.O`simliklar geografiyasi faniga kirish.
2.Atrof muhit omillari va o`simliklarning tarqalishi.
3.Shamol,suv va tuproqning o`simliklarning tarqalishiga ta`siri.
1.Yer shari qit’alarining katta qismi yashil o‘simliklar bilan qoplangan. Muz sahrolaridan iborat Antraktika qit’asining ichki qismi Grenlandiya Arktikaning ayrim kengliklari hamda tog‘larning eng yuqori qismi va quruq sahrolar istisno. Bu joylarda o‘simliklar qoplamini tarqalishining chegaralanishiga sovuq va qurg‘oqchilik to‘sqinlik qiladi. Bu joylarning ayrim hududlarida suvo‘tlari uchraydi. Arktika va Grenlandiyaning ichki muzliklarida o‘simliklar yo‘q xolos. Shimoliy yarimsharning 80 chi paralellidan shimolroqda ham 110 turga mansub o‘simliklar o‘sadi. Grenlandiyaning shimoliy qismidagi (830 241 shimoliy kenglik va 390 311 g‘arbiy uzunlikdagi Lokvud orolidan gulli o‘simliklar orasida eng shimolda tarqalgan Cerastium alpinum topilgan. Moxlar, lishayniklar va ayrim suvo‘tlar yanada yuqoriroqda uchraydi.
Ekvatorning shimoli va janubidagi tog‘larning yuqorisida 5000 metr balandliklarda gulli o‘simliklarning ko‘plab turlari uchraydi. Kurrai zaminimizdagi eng baland tog‘ cho‘qqisi Jomalungmada 6218 m balandlikda yostiqsimon ko‘rinishli Arenaria musciformis aniqlangan. Ayrim lishayniklar va suvo‘tlar undan ham balandliklarda tarqalgan.
Sahrolar ham quruq emas, g‘aroyib turlardan biri velvichiya o‘sadi. Xullas kurrai zaminimiz fitospora bilan o‘ralgan.
Tropiklarda o‘simliklar barq urib o‘sishini hammamiz bilamiz. Bu yerdagi o‘simliklarning qoplamini qalinligi 50 metrlargacha etadi. Ayrim daraxtlar ulardan 20-30 metr ko‘tarilib turadi. Undan ham balandroq 80-90 metrlargacha mamont daraxtlaridan tashkil topgan Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi o‘rmonlar ko‘tariladi. Bu joyda bo‘yi 142 metrga etadigani ham aniqlangan. Avstraliyadagi ekvalipt (Eucalyptus amygdalina) bo‘yi 150-155 metr keladi degan xabarlar ham bor.
Dengiz va okeanlarda o‘simliklar 20 metrlargacha juda ko‘p turlardan iborat. 200 m chuqurliklargacha assimilyasiyalovchi o‘simliklar o‘sadi. Geterotrof oziqlanadigan, pigmentlari yo‘qolgan suvo‘tlarni 5000-6000 metr chuqurliklardan ham aniqlangan. Geterotrof tirik bakteriyalar 10400 metr chuqurlikdan topilgan.
Fitosporaning tarkibini tashkil qiladigan turlarning soni aniq emas. Hali ham yerimizda o‘sayotgan o‘simliklarning sistematik tarkibi o‘rganib bo‘lingani yo‘q. Har yili butun dunyo bo‘ylab 2000 atrofida fanga yangi turlar aniqlanmoqda. Umuman olganda kurrai zaminimizda 400000 atrofida o‘simlik turlari borligi haqida ma’lumotlar ko‘plab adabiyotlarda keltirilgan.



Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin