1: Mavzu: O‘simliklarning areallari reja O`simliklar geografiyasi faniga kirish


O‘simliklarningasosiyguruhlariquyidagitaxminiy



Yüklə 201 Kb.
səhifə2/11
tarix20.11.2023
ölçüsü201 Kb.
#161880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.Mavzu.O‘SIMLIKLARNING AREALLARI

O‘simliklarningasosiyguruhlariquyidagitaxminiy
turlardaniborat:
Bakteriyalar (Bacteriophyta) 1200
Ko‘kyashil suvo‘tlar (Cyanophyta) 2000
Tillarng suvo‘tlar (Chrysophyta) 1000
Diatom suvo‘tlar (Bacillariophyta) 14000-16000
Sariqyashil suvo‘tlar (Xanthophyta) 300
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) 1500
Qizil suvo‘tlar (Rhodophyta) 3800
Pirofit suvo‘tlar (Pyrrophyta) 1200
Yashil suvo‘tlar (Chlorophyta) 8000
Boshqa suvo‘tlar (Euglenophyta vaboshqa) 1000
Zamburug‘lar (Mycota) 40000-50000
Lishayniklar (Lichenes) 20000
Moxsimonlar (Bryophyta) 25000
To‘qimali sporalilar (Pteridophyta) 11000
Ochiq urug‘lilar (Gymnospermae) 600
Yopiq urug‘lilar yoki gullilar(Angispermae) 260000
Suvo‘tlarning 34000-35000 ba’zi istisnolar bilan chuchuk suvda, ulardan 55-60% dengizlarda tarqalib ulardan 11000-14000 tur atrofidagisini diatom suvo‘tlari tashkil qiladi. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, biz hozir gulli o‘simliklarning barq urib o‘sib rivojlanayotgan davrida yashayapmiz. Shu boisdan o‘simliklarning Yer yuzi bo‘ylab tarqalishida biz urug‘li o‘simliklarning geografiyasi haqida so‘z yuritamiz
O‘simliklarning turlari ayniqsa urug‘lilar Yerda judayam ko‘p, biroq ular uning yuzasida notekis tarqalgan. Bu ularning turli joylarda o‘sadigan turlari sonini qiyoslaganda darrov bilinadi. Turlarga ayniqsa tropiklar bor. Indoneziyaning florasi 45000 ga yaqin turdan iborat. Amazonka daryosining atroflarida 40000 dan kam bo‘lmagan flora mavjud. Ekvatordan uzoqlashish bilan turlarning soni kamayib boradi, subtropik sahrolarda esa ular juda kam. Sahroi Kabirning jami hududida 1200 turga yaqin o‘simlik bor xolos. Sahrolarga yaqin qattiqbargli o‘rmonlarda turlarning ancha katta xilma-xilligi mavjud. O‘rtayer dengizining florasida kamida 8000 tur, Kaliforniyada esa 6000 atrofida o‘simliklarning turlari o‘sadi, mo‘tadil kengliklarda ularning soni yana kamayadi, bu xolat janubdan shimolga tomon ro‘y beradi. Polsha, Germaniya yoki Chexiya, Slovakiya mamlakatlarining florasi u yerlardagi iqlim sharoiti deyarli bir xil bo‘lganligidan 2200-3100 tur o‘simliklar tarqalgan. Norvegiyada 2100, Grenlandiya florasi 400 atrofidagi turlardan iborat. Shpitsbergenda bori yo‘g‘i 130 tur atrofida urug‘li o‘simliklar o‘sadi. Antraktikada faqat ikki tur yopiq urug‘li o‘simliklar bor xolos.
Qaysidir tur yoki boshqa taksonomik guruh (turkum, oila, tartib, sinf, bo‘lim) o‘simliklari o‘sadigan hudud areal deb nomlanadi. Turli o‘simliklarning areallari ya’ni ularning egallagan hududlari juda ham xilma-xil. Takson qanchalik katta bo‘lsa, uning egallagan maydoni ham shuncha katta. Oilaga mansub bo‘lgan o‘simliklarning areali turkumdaligidan katta. Turli turkumlarning areallari ham albatta turlichadir.

Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin