E. robustus Regel – Nor shirach. Tiyonshon va Pomir Oloydagi areali ajralgan va qisqarib borayotgan endem o’simlik. Faqat Bog’lidara bo’limida Beshbolasoyining janubiy yonbag’rida mayda jins tuproqli, shag’al toshli yerda d.s. 1300 m balandlikda o’sadi. Yakka-yakka holda tarqalgan bo’lib, umumiy soni o’rtacha bir necha o’n donani tashkil etadi.
Ferula tuberifera Korovin – Tugunakli kovrak (Apiaceae). O’zbekistonning janubi-g’arbidagi kamyob tur. Ko’hitang tizmasida shuningdek, qo’riqxona hududida keng tarqalgan o’simlik. Toshli va tosh-shag’alli yonbag’irlarda hamda archazorlar ichida d.s. 1200-2000 m balandlikda o’sadi. 100 m2 maydonda 50-70 dona atrofida.
Jurinea gracilis Iljin – Bejirim yurineya (Asteraceae). O’zbekistonning janubidagi endem o’simlik. Tog’ mintaqasida (d.s. 1700 m balandlikkacha) toshli yonbag’irlarda, ochilib qolgan ola jinslarda o’sadi. Qo’riqxonada Qizilolma bo’limining shimoliy yonbag’rida tarqalgan. 100 m2 maydonda o’rtacha 20-30 donani tashkil etadi.
Gladiolus italicus Mill. – Yovvoyi gladiolus (Iridaceae). Janubi-g’arbiy Pomir Oloydagi kamyob tur. Soz va yumshoq tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. Qo’riqxonada Kampirtepa, Shalqon, Qizilolma soylari bo’yida d.s. 1500 m balandlikda tarqalgan. Soni 30-35 dona atrofida.
Hedysarum magnificum S. Kudr. – Tizma tangao’t (Fabaceae). Janubiy Pomir Oloydagi kamyob o’simlik. Surxon qo’riqxonasida faqat Qizilolma bo’limining yuqori qismida d.s. 2500 m balandlikda toshli, shag’alli, ola jinsli yonbag’irlarda tarqalgan. Soni 10-25 donani tashkil etadi.
Lepidolopha nuratavica Krasch. – Nurota lepidolofasi (Asteraceae). Nurota va Ko’hitang tizmalarida tarqalgan kamyob o’simlik. Qo’riqxonada faqat bitta populyatsiyada, ya’ni Bog’lidara hududida aniqlandi. To’p- to’p bo’lib, toshli yonbag’irlarda d.s. 1200-1500 m balandlikda (o’rtacha 5-10 dona) o’sadi.
L. fedtschenkoana Knorring – Fedchenko lepidolofasi. Ko’hitang tizmasidagi kamyob endem o’simlik (yuq. kel.).
Lipskya insignis (Koso-Pol.) Nevski – Chandir Lipskiya (Apiaceae). Janubiy Pomiroloy uchun tor endem. Qo’riqxona hududida Vandop bo’limining janubiy qismida d.s. 1000 m balandlikda gipsli, ola jinsli yonbag’irliklarda o’sadi. 100 m2 maydonda 100-120 tup atrofida tarqalgan.
Oxytropis pseudoleptophysa Boriss. – Yupqa pardali oksitropis (Fabaceae). Surxon qo’riqxonasidagi kamyob, endem tur (yuq. kel.).
Salvia lilacinocaerulea Nevski – Havorang marmarak (Lamiaceae). Surxon qo’riqxonasining subendem o’simligi. 2006-2008 yillarda olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ning 2010 yildagi yangi nashriga kiritildi. Qo’riqxonaning Kampirtepa bo’limi Zaharli dovoni atroflarida d.s. 2500-2700 m balandlikda shag’alli, mayda toshli tuproqli yerda o’sadi. 100 m2 maydonda 10-20 tup atrofida.
Silene nataliae F.O. Khass. – Nataliya zo’rchasi (Caryophyllaceae). Ko’hitang tizmasidagi relikt endem tur. Tadqiqot natijalariga ko’ra bu tur “O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ning 2010 yildagi yangi nashriga kiritildi. Faqat Kampirtepa bo’limida Machillisoyning yuqori qismi d.s. 2200 m balandlikdagi qoya toshlarning shimoliy yonbag’rida tarqalgan. 60 tup o’simlikdan iborat ikki populyatsiyasi aniqlandi.
Spirostegia bucharica (B. Fedtsch.) Ivanina – Buxoro spirostegiyasi (Scrophulariaceae). Janubi-g’arbiy Pomir Oloydagi kamyob, endem o’simlik. Qizilolma bo’limi Zarautsoy soyining shimoliy yonbag’rida uchraydi. Qo’riqxona hududidan tashqarida Loyliq qishlog’i atrofida kichkina populyatsiyasi aniqlangan. Asosan gipsli ohaktoshlarda, gipsli qoyalarda to’p-to’p bo’lib o’sadi. O’rtacha 15-20 donani tashkil etadi.
Stipa gnezdilloi Pazij – Gnezdillo chalovi (Poaceae). Ko’hitang tizmasining kamyob o’simliklaridan biri. Surxon qo’riqxonasida Kampirtepa bo’limi Machilli soyining yuqori qismida d.s. 2000-2500 m balandlikda toshlig’shag’alli qiyaliklarda tarqalgan, soni sp1.
Tulipa carinata Vved. – Cho’lbayir lolasi (Liliaceae). Pomir Oloyning janubi-g’arbidagi kamyob, endem o’simlik. Qizilolma bo’limining yuqori qismida, Xo’janqo bo’limining Kuyukdara soyida hamda Bog’lidara bo’limi Beshbolasoyining janubiy yonbag’irlarida tarqalgan. Toshli, mayda zarra tuproqli yerda tog’ning o’rta qismida d.s. 1500-2000 m balandlikda yakka-yakka holda o’sadi.
T. ingens T. M. Hoog – Ulug’ lola. G’arbiy Pomir Oloyda juda kam tarqalgan endem o’simlik. Qo’riqxonaning Kampirtepa bo’limi Machilli soyi, Zaharli dovoni atroflarida, Qizilolmaning shimolida, Bog’lidara bo’limida Oltikunliksoyining yuqori qismida tarqalgan. Tog’ va yaylov mintaqalarida (d.s. 1500-2700 m) mayda jins tuproqli, shag’al aralash qumoq tuproqli, mayda toshli yonbag’irlarda o’sadi. 100 m2 maydonda o’rtacha 1000 tupni tashkil etadi.
T. korolkowii Regel – Korolkov lolasi. Ko’hitang tizmasidagi juda kamyob tur. Qo’riqxonada Sherjon bo’limi Sovuqbuloq soyining yuqori qismida, Kampirtepa bo’limida Machilli soyining shimoliy yonbag’irlarida tarqalgan. Qum-shag’alli, mayda toshli va ola jinsli yonbag’irlarda d.s. 1500-1700 m balandlikda o’sadi. 100 m2 maydonda 100-150 tupni tashkil etadi.
T. lanata Regel – Surxon lolasi. Qo’riqxona hududida keng tarqalgan. Mayda zarra tuproqli, gilli, mayda qum-toshli, shag’alli, ola jinsli tuproqlarda d.s. 1000-1800 m balandlikda o’sadi. Tabiatda yakka-yakka holda ba’zan to’p-to’p bo’lib uchraydi.
T. micheliana T. M. Hoog – Dilband lola. Qo’riqxonada Shalqon bo’limining shimolida, Kampirtepa bo’limida Qorabuloq soyining yuqori qismida hamda Machilli soyining shimoliy yonbag’irlarida tarqalgan. Gilli, mayda jins tuproqli, toshli-shag’alli yonbag’irlarda d.s. 950-1300 m balandlikda o’sadi. Yakka-yakka holda kam populyatsiyalarda uchraydi.
T. tubergeniana T. M. Hoog – Tubergen lolasi. Qizilolma, Xo’janqo bo’limlarining shimoliy qismida, Bog’lidara bo’limining janubiy yonbag’ri hisoblangan Beshbolasoyining yuqori qismida tarqalgan. Gilli, tosh-shag’alli, mayda jins tuproqli yonbag’irlarda d.s. 1100-1400 m balandlikda o’sadi. Qo’riqxonada yakka-yakka holda ba’zan kichik to’plar hosil qilgan holda uchraydi.
Ziziphus jujuba Mill. – Yovvoyi chilonjiyda (Rhamnaceae). Areali keskin qisqarib borayotgan kamyob, relikt, subtropik tur. Qo’riqxonada faqat bitta joyda, ya’ni Bog’lidara soyining ichida shag’alli, toshli, soz tuproqli yerda o’sadi. Umumiy soni 17 tupni tashkil etadi.
Xylanthemum rupestre (Popov ex Nevski) Tzvelev – Qoyatosh kselantemumi (Asteraceae). Surxon qo’riqxonasining endem o’simligi. Qo’riqxona hududining Qizilolma bo’limida tarqalgan. Asosan toshli, shag’alli, qoya toshlar orasida d.s. 2500-3000 m balandlikda uchraydi. Umumiy soni 30-50 tup atrofida.
“O’zbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan turlar Surxon qo’riqxonasi umumiy florasining 4,98% ni, Ko’hitang tizmasining 3,70% tashkil etadi (5-ilovada kamyob turlarning fotosuratlari keltirilgan). Nurota qo’riqxonasida bu ko’rsatkich 3,6% ga teng.
Surxon davlat qo’riqxonasi florasi tarkibida “O’zbekiston Qizil kitobi” ga kiritilmagan va hozirgi vaqtda muhofazaga muhtoj bo’lgan 2 turdagi o’simliklar aniqlandi. Bu xildagi kamyob va noyob turlarni “O’zbekiston Qizil kitobi” sahifalariga kiritish tavsiya etiladi.
Oxytropis megalorrhyncha Nevski (Fabaceae). Surxon qo’riqxonasining endemi. Qo’riqxonada olib borilgan tadqiqotlar davomida bu turning kichik populyatsiyasi Qizilolma bo’limining shimoliy qismida tarqalganligi aniqlandi. Toshli va shag’alli yonbag’irlarda d.s. 2500-2800 m balandlikda o’sadi. 100 m2 maydonda 5-10 dona atrofida uchraydi. Kamayib borayotgan tur.
Phlomis spinidens Nevski (Liliaceae). Ko’hitang tizmasida kam uchraydigan subendem o’simlik. Faqat Qizilolma bo’limining shimoliy qismida tarqalgan. Toshli, shag’al-toshli yonbag’irlarda d.s. 1100-1500 m balandlikda o’sadi. Populyatsiyalari soni bir necha o’ntani tashkil etadi. Kamayib borayotgan tur.
Shunday qilib, Surxon qo’riqxonasining florasida endem va kamyob o’simliklar ko’pchilikni tashkil etadi. Masalan, noyob va manzarali o’simliklardan hisoblangan lolalarning 7 turi uchrashi [26, 29], endem va kamyob turlar sonining boshqa hududlarga nisbatan ko’pligi, qo’riqxona florasining Ko’hitang tizmasi o’simliklar genofondini hamda bioxilma-xilligini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
9-Mavzu: Flora haqida tushuncha.
Dostları ilə paylaş: |