Matnni belgilash tizimi
(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+) – yangi ma’lumot.
(-) – men bilgan narsaga zid.
(?) – meni o’ylantirdi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur.
“Klaster” metodi
“Klaster” (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik strategiya-ning muayyan shakli bo’lib, u Talaba-talabalarga ixitiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bema-lol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imko-niyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klasster” me-todi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bi-lan bog’liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning Talaba-talabalar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil va Stil g’oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” me-todi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan Talaba-talabalar bi-lan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulot-lar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda Talaba-talabalar tomonidan bilidiri-layotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
«Aqliy hujum» – «breynstorming» (brain storming) inglizcha so’zdan olingan bo’lib, faol ta’limning, boshqaruvning va tadqi-qotning metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metod aqliy faollik-ni qo’zg’atadi, ijodiy va innovatsion jarayonlarni jadallashtiradi.
Bu metodning paydo bo’lishi ikkinchi jahon urushida Yapon dengizida xizmat qilgan amerikalik mutaxassis A.Osborn bilan bog’liq.
“Aqliy hujum” metodini o’tkazilish texnologiyasini quyida-gicha tushuntirsa bo’ladi.
“Aqliy hujum” metodini o’tkazuvchi kishi ma’lum muammoni ilgari suradi va ishtirokchilardan bu muammoni hal qilish bo’yicha qanday mulohazalari borligini hamda ulardan eng kutilmagan fikrlarni ham ilgari surishlarini so’raydi. Metodni o’tkazuvchi kishi barcha fikrlarni yozib boradi. Shu o’rinda aytilayotgan fikr-larga nisbatan tanqidiy munosabat bildirmaydi va fikrlar oxi-rigacha yozib borilaveradi.
“Aqliy hujum” metodini o’tkazishdan ko’zlangan maqsadlar qu-yidagilar:
– muammoni hal qilish uchun g’oyalarni chiqarish;
– g’oyalarni ularning ahamiyatligiga qarab, tartiblash;
– faol fikrlash malakasini shakllantirish;
– kutilmagan g’oyalarning paydo bo’lish jarayonini namoyish qilish;
– topilgan g’oyalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish.
Ijod psixologiyasida ta’kidlanadiki, g’oyalarni ishlab chiqish jarayonida tanqidiy fikrlar bu jarayonni sekinlashtiradi. Hatto eng kuchli g’oyalar generatori ham tanqidchilarga qarshilik ko’rsa-tishga ojizlik qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |