O‘simliklarni oziq moddalar bilan ta'minlashda oziqaviy eritmalarning axamiyati.
O‘simliklarda mineral elementlarni o‘zlashtirilishi.
Mineral oziqlanish o‘zida tuproqdan ionlar ko‘rinishida o‘zlashtirilgan elementlarni mujassamlashtiradi. Mineral oziqlanuvvchi moddalar o‘simliklar organizmida doim to‘planib tursada, ular biosferaga faqatgina ildizlar orqali o‘ta oladilar. Shu bois ba'zi manbaalarda o‘simliklar yer qavatining “sanoat ishchilari” deb ham yuritiladi. Ildizlarning katta yutish yuzasiga va tuproq eritmasidagi juda kichik konsentratsiyalarda ham ionlarni o‘zlashtira olish qobiliyatigi ega ekanligi o‘simliklarda mineral yutilishni yuqori samarali jarayon bo‘lishini ta'minlaydi. Mineral elementlar ildizlarda so‘rilgandan keyin ular turli biologik jarayonlarda ishtirok etishi uchun o‘simliklarning turli qismlariga yetkaziladi. Mikoriz va azotfiksator kabi boshqa organizmlar esa ildizlardan oziq moddalarni to‘plash xususiyatldarini ham o‘zlashtirganlar.
O‘simliklardagi mineral elementlarning ahamiyati
O‘simliklarning yuqori hosildorligi ularning mineral moddalar bilan qanaqa darajada ta'minlanganligi bilan bog‘liq Hozirda parvarishlanayotgan o‘simliklarning asosiy hosildorlik samaradorligi parallel ravishda ularning o‘zlashtirgan mineral moddalar miqdoriga qarab o‘sib boradi. Oziq ovqatga nisbatan O‘sib borayotgan talab doirasida birlamchi mineral o‘gitlar- azot, fosfor, kaliylarga jahon doirasida 112 million tonna ehtiyoj 1980 yilda kuzatilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1980 yillarga kelib 143 million tonnaga yetdi va hozirgacha shu miqdordagi mineral o‘g‘itlarga talab darajasi ushlanib turibdi.
Hosildor o‘simliklar sun'iy mineral o‘gitlarning deyarli yarmini o‘zlashtiradilar. Qolgan mineral talablar tuproq tarkibida bo‘lgan yuza mismdan sizib kiruvchi va grunt suvlari tarkibidan o‘zlashtiriladi yoki atmosfera ifloslanishi jarayonida uning tarkibiga kirgan mineral moddalar tomonidan qondiriladi. O‘g‘itlarning haddan ziyod ko‘p ishlatilishi oqibatida AQSh ning o‘zida suv quduqlarining yarmidan ko‘pi yaroqsiz holatga kelib qolgan. Yana shu narsa ahamiyatliki, o‘simliklar hayvon chiqindilari va chiqindixonalardagi zaharli moddalarni yo‘qotishda ham muhim ahamiyatga ega. O‘simliklar mineral oziqlanishida grunt qatlamlar va atmosferaning murakkab bog‘liqligi bois mineral oziqlanish jarayonlarini kimyogarlar, gidrologlar, mikrobiologlar, ekologlar, shuningdek o‘simliklar fiziologlari ham o‘rganadilar.