Kislorodning ildiz tizimiga yetkazib berilishini ta'minlash.
Gidroponika usulidan ishlab chiqarish miqyosida issiqxonada o‘simliklar o‘stirishda foydalaniladi. Tijorat gidroponika ekinlari usullari o‘simliklar tayanch manbalarda Ya'ni tuproq, graviy, vermikulit, keramzit kabilarda o‘stiriladi. Oziq moddalari tarkibli eritmalar havo orqali yuqoridagi muhitlarga kiritiladi va eski eritmalar ishqorlash usuli yordamida tarkibdan yo‘qotiladi. Gidroponika usulining boshqa shaklida o‘simliklar ildizdhlari tarnovchalar yuza qismlariga joylashtiriladi, oziq moddalari esa yupqa qavat oqimi ko‘rinishida ildiz ustki qismlariga tomchilatib yetkazib turiladi. Bu oziq moddalarini yuqoridagi usullarda yetkazib berilishi natijasida ildiz yetarli miqdorda kislorod zahirasiga ega bo‘lishini ta'minlaydi.
Oziqlantirishning yana boshqa o‘rnini bosuvchi usullaridan biri aeroponika usuli deb ataladi va bu usul kelajak muhiti deb ham qaralmoqda. Bu usulda o‘simliklar ildizlari havoda hosilib turadi va ildiz sirtlariga ozuqaviy moddalar eritmalari purkab tuliladi. Bu usulda ildiz atrofidaga gaz muhitini ta'minlash oson kechsada, gidroponika usullariga nisbatan yuqori konsentratsiyadagi oziq moddalari muhiti talab qilinadi. Shu sabablarga ko‘ra va boshqa texnologik qiyinchiliklari bois aeroponika usuli keng tarqalmagan.
O‘simliklarni oziq moddalar bilan ta'minlashda oziqaviy eritmalarning axamiyati.
Oziq moddalari bilan ta'minlanishi o‘simliklarning tez o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
KN2R04 Ko‘p yillar davomida ozuqaviy eritmalar sifatida ko‘pgina prepatarlar ishlatib kelingan. Ilk bora Germaniyada Knop tomonidan yaratilgan eritma K03, Sa(M03)2, KN2R04 ,Md804, tuz va temirdan iborat bo‘lgan. O‘sha paytda bu ozuqa eritmasi o‘simliklar uchun kerakli barcha minerallar moddalarni saqlaydi deb hisoblangan. Lekin tajribalardan yana shu narsa ma'lum bo‘ldiki, yuqoridagi kimyoviy moddalarning boshqa elementlar bilan ifloslangan hollarida ham o‘simliklar boshqa elementlarni ma'lum miqdorda tshplaydilar (masalan, bor va molibden.). 3jadvalda yanada zamonaviy bo‘lgan ozuqa eritmalari uchun kerakli preparatlar keltirilgan. Bu tayyorlangan eritma Xogland modiqikatsiyalangan eritmasi deb ataladi. U AQSh da mineral oziqlanishni o‘rganishda kuzatishlarining zamonaviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olim hisoblanadi.
Modifikatsiyalangan Xogland eritmasi o‘simliklar tez o‘sib rivojlanishi uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy elementlardan tashkil topgan. Bu elementlarning konsentratsiyasi imkon boricha yuqori bo‘lgan va o‘simlikka zaxarli ta'sir ko‘rsatmaydigan va tuzlilik darajasi yuqori bo‘lib ketmaydigin mo‘tadil darajada qilib belgilanadi. Shu usulda o‘simlik ildizlari atrofida ozuqa moddalari tuproqqa nisbatan bir necha barobar yuqori bo‘lgan ozuqa muhiti ta'minlanadi. Masalan, tuproqdagi eritmada fosforning konsentratsiyasi odatda millionga 0.06 miqdorda bqlsa, bu eritmada millionga 62 qism konsentratsiyada taklif etiladi. Bunday yuqori miqdordagi darajalar o‘simliklarni uzoq muddat davomida qo‘shimcha oziq moddalari bilan ta'minlash zaruriyatiga ehtiyoj sezilishininig oldini oladi va ular uzoq muddat yetarli oziq muhitida ushlanadi. Bir qancha olimlar o‘z eritmalarini bir necha marta suyultirish va elementlar bilan tez-tez to‘yintirish orqali oziq moddalari va o‘simliklar to‘qimalaridagi konsentratsion tebranishlarini minimal darajada ushlab turishga muvaffaq bo‘lganlar.
Xogland modifikatsiyalangan eritmasiningyana bir mim xususiyatlaridan biri, unda azot NN+) va NO3-) ko‘rinishida uzatiladi. Azotning kationlar va anionlarning balansirlangan aralashmasida azotning nitrat anioni ko‘rinishida uzatilganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan rN muhitining tez ko‘tarilib ketishiga to‘sqinlik qiladi.(Asirova va Edvars, 1983). Hattoki rN muhit neytral vaziyatda ushlab turilganda ham ko‘pchilik o‘simliklar azotni (N0- va (MN4+) holatida holatida uzatilish sharoitlarida yaxshi rivojlanadi. Chunki azotning ikki xil ko‘rinishda yutilishi va o‘zlashtirilishi hsimliklarda kation balansini mustahkam ta'minlab turadi.
Ozuqa moddalari eritmalariga elementlarni kiritish jarayonida temir elementini eritma holatida ushlab turish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Temir anorganik tuzlar G‘ye804 yoki G‘ye (M03)2 ko‘rinishida kiritilganda, temir eritmadan temir gidroksidlari ko‘rinishida cho‘kib qolishi mumkin. Agar fosfat tuzlar mavjud bo‘lsa, eritmada umumua erimaydigan fosfat tuzlari cho‘kmaga tushadi. Temir tuzlarining cho‘kmaga tushishi temirni o‘simliklar fiziologik jihatdan o‘zlashtira olmaydigan holatga keltiradi. Bu muammolarning yechimi sifatida temir ozuqa eritmalariga limon kislotasi va vino kislotasi bilan birgalikda kiritiladi.
Bunday birikmalar enterosorbentlar deb ataladi va ular ma'lum bir kimyoviy moddalar, jumladan etilendiamintetraatsid kislota (EDTA) yoki dietilenaminopentaatsid kislota (DTPA) va xolat kationlar bilpn birgalikda kationlar bilan suvda eriydigan kompleks birikmalar hosil qiladi. Xelat komplekslarining ildiz hujayralari
tomonidan qay tarzda so‘rilish mexanizmlari hali to‘la o‘rganilmagan. Ehtimol temir xelat kompleksdan ildiz yuzasida G‘ye+3 holatdan G‘ye+2 holatiga o‘tib ajraladi. Bo‘shagan xelat qoldigi esa qaytadan eritmaga so‘riladi va eritmadagi boshqa G‘ye+3 ionlari va boshqa metall ionlari bilan birikadi va ularni transportirovka qilish jarayoni davomiyligini ta'minlab beradi. So‘rilish farayonidan keyin o‘simliklar hujayrasida mavjud bo‘lgan xelyatatsiya jarayonida organik birikmalar hosil qilgan komplekslar yordamida tashiladi. Limon kislotasi ham temirning xelat birikmalar hosil kilinishina va uning ksilemadagi keyinchalik harakatini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral moddalarning yetishmasligi o‘simliklar metabolizmi va xususiyatlarini buzilishiga olib keladi.
Ma'lum bir muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elementlar bilan yetarli darajada ta'minlanmaslik o‘ziga xos xususiyatli ma'lum belgilar yuzaga chiqishi bilan kuzatiladi. Gidroponika usulida o‘stirilgan ekinlarda biror bir elementning yetishmasligini o‘simliklarda yuzaga chiqayotgan belgilarga qarab maxsus yo‘riqnomaga qarab aniqlash mumkin. Tuproqda o‘stirilayotgan ekinlarda esa bu belgilarga qarab aynan qaysi element yetishmayotganligini aniqlash birmuncha murakkab. Ikkala muntazam va o‘tkir elementlar yetishmovchiligi bir paytning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin.
Biror elementning yetishmasligi yoki haddan ziyod ko‘payib ketishi boshqa bir elementning yetishmasligi yoki ularning ham haddan ziyod oshiqcha to‘plpnishigi sabab bo‘lishi mumkin.
Ba'zi bir o‘simliklarning virusli kasalliklarida ham aynan biror element yetishmasligidagi kabi bir xil belgilar berishi mumkin.
O‘simliklarda ozuqaviy ta'minotning yetishmasligi biroi bir element ozuqaviyligi yetishmasligi natijasida o‘simliklar organizmida moddalar almashinuvi jarayonlarining izdan
chiqishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu buzilishlar o‘simliklarning me'yoriy metabolizm
jarayonlari sodir bo‘lishida va ularning xususiyatlarini saqlab turishdagi vazifalarining izdan chiqishi bilan bog‘liq.
Hattoki agar ma'lum bir element ko‘pgina metabolik jarayonlarda ishtirok etsada, o‘simliklar metabolizmi umumiy xususiyat kasb etadi. Umuman asosiy elementlar o‘simliklar strukturasini, metabolik xususiyatlarni va o‘simliklar hujayralarida osmoregulyasiyani shakllantiradi. Asosiy elementlarning aniqroq ahamiyati ikki valentli kationlarning, jumladan kalsiy, magniykabi, o‘simlilar mem o‘tkazuvchanligini ta'minlashda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, bu asosiy elementlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati hanuzgacha o‘rganilmroqda. Masalan kalsiy sitolozedagi fermentlar uchun kalit signali rolini o‘ynaydi. Shu yo‘sinda mavjud elementlar o‘simliklar metabolizmida bir qancha muhim ahamiyatli jaryonlarda ishtirok etadi.
Biror element yetishmasligi sababli yuzaga chiqadigan ogir belgilar, eski o‘simliklardagi elementlarning biroz yosh bo‘lgan barshlarda qayta ishlanishi darajalarini belgilashda kalit vazifasini o‘taydi. azot, fosfor va kaliy kabiBa'zi bir elementlar bargdan bargga yengil o‘tib ketishi mumkin. Bor, temir va kalsiy kabi elementlar esa ko‘pgina o‘simliklar organizmida kam harakatli elementlar hisoblanadi. Agar biror element yetishmasligi xaraktchan elementlardan biri bo‘lsa, uning yetishmasligi belgilari avvalo qari barglarda namoyon bo‘ladi. Kam harakatli elementlar yetishmasligi belgilari esa nisbatan yosh barglarda yuzaga keladi. Ozuqa moddalarining yetkazilishi mexanizmlari hali to‘liqo‘rganilmagan.
Mineral elementlar ularning tashilishi va sitokinin kabi o‘simlik garmonlari yetishmasligi vaqtida qayta tashilish xolatiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
1 Guruh: Uglerod birikmalari tarkibigi kiruvchi mineral oziq moddalarining kamchiliklari. Bu birinchi guruh azot va oltingugurtdan tashkil topadi. Tuproq hosildorligida azotning bo‘lishi tabiiiy va qishloq xo‘jalik ekologik tizimlarida o‘simliklar olami uchun zaruriy holat hisoblanadi. Shu bilan birga tuproqlar ortiqcha holda oltingugurt ham saqlaydi. Tuproqdagi azot va oltingugurtning birgalikda bo‘lishi ularning oksidlanish-qaytarilish xossalarining keng chegaralarda o‘zgarib turishi bilan bog‘liq. Yuqori oksidlanishgacha davom etuvchi bir qancha enegiyani ko‘p o‘zlashtiruvchi reaksiyalar uchun noorganik moddalar tuproqdan aminokislotalar kabi organik moddalar tarkibidan kuchli qaytarilgan holda o‘zlashtirib olinadi.