Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning
ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi. Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari), xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement) hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar davlatlararo savdo,
investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoat- moliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish, qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda. To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari,
texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchi- xaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtma- takliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda.
Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat hajmi tobora ortib bormoqda. U ayniqsa, davlatlar o’rtasidagi tovar oborotida yanada yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda. Unda ichki bozordagiga nisbatan ko’proq ishtrokchi qatnashmoqda. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va uning mexanizmi bozor munosabatlarining sohasi sifatida quyidagi yangi xususiyatlarga ega bo’lmoqda:
jahon iqtisodiyoti ko’lamining kengayib borishi, ustiga-ustak sotuvchilar va iste’molchilarning alohida joylashganligi natijasida transport muammosining ortib borishi;
ba’zi resurslarning (asosan yer, tabiiy-qazilma boyliklarning) kam harakatliligi va manzilga bog’liqligi. Bunga davlatning aralashuvi ham ta’sir etadi (migratsiya qoidalarini joriy etish, chet elliklarga yer sotish, chet el investitsiyalarini va firmalar faoliyatini cheklash, tashqi savdoda proteksionizmga yo’l qo’yish); - xalqaro ayrboshlashda milliy valyutadan foydalanishning zarurligi va valyuta bozoriga bog’liqlik (ayniqsa, valyuta nazorati va uni tartibga solish masalalarida);
mahsulotlarni xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirishga e’tiborning ortishi;
axborot muhiti va uning haqqoniyligiga e’tiborning ortishi. Axborot manbalari,
uni to’plash va qiyoslash uslubiyatida muammolarning yuzaga kelishi, milliy va xalqaro statistikaga e’tiborning ortishi, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar unifikatsiya qilinishiga bo’lgan intilish.
Dostları ilə paylaş: |