Osiyo tinch okeani mintaqasi va janubiy osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


O’zbekiston - Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 215,2 Kb.
səhifə10/11
tarix16.09.2023
ölçüsü215,2 Kb.
#144108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishining asosiy xususiyatlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

3.2. O’zbekiston - Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari


Yaponiya dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatdan biri hisoblanadi. Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyati jihatidan AQSHdan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Shu bois ushbu davlat bilan yaqin hamkorlik aloqalarining o’rnatilishi Konstitutsiyamiz talablariga to’liq mos keladi va mamlakatimizda zamonaviy sanoat industriyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do’stlik rishtalari, savdo va madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo’li davrining boshlanishiga borib taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko’hna poytaxti Nara shahri bo’lib, 2010 yilning oktyabr oyida ushbu shaharning 1300 yilligi keng nishonlandi. Kushon davlatining eng e'tiborli dinlaridan biri bo’lgan buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O’zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik O’rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o’rtasidagi umumiy tarixiy ildizlarning mavjudligiga dalildir. Yaponiyaning mashhur musavviri, Toshkent shahrining faxriy fuqarosi Ikuo Xiroyamaning “agar Yaponiya buddaviylik madaniyatining sharqiy tomoni bo’lsa, u holda ko’hna O’zbekiston zamini uning g’arbiy tomonidir”, degan so’zlari muhim ahamiyatga egadir. Xalqlarimiz o’rtasidagi uzoq o’tmishga borib taqaluvchi yaqin aloqalar O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.
Yaponiya Ozbekiston mustaqilligini 1991 yil 28 dekabrida tan oldi. 1992 yil 26 yanvarda diplomatik munosabatlar ornatildi.
Mustaqillik e'lon qilingandan so’ng O’zbekiston-Yaponiya munosabatlari sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarildi. 1994 yilning may oyida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki rasmiy tashrifi o’zaro ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy qadriyatlariga nisbatan
hurmatga asoslangan do’stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2002 yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan ikkinchi tashrifi chog’ida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida do’stlik, Strategik sheriklik va hamkorlik to’g’risida qo’shma bayonot imzolandi. Hujjatda tomonlarning do’stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o’zaro hamjihatlik tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o’z ifodasini topgan. Savdo- sotiq, sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa sifatida belgilagan.
Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994 yilda tuzilgan O’zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O’zbekiston qo’mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Ushbu ikki qo’mita tomonidan doimiy ravishda o’tkazib kelinayotgan qo’shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O’zbekiston bilan Yaponiyaning ushbu yo’nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o’rtaga tashlanadi. 1999-2001 yillar davomida Toshkentda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo’yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg’araz texnik yordam ko’rsatish, ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o’rtasida aloqalar o’rnatish va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi O’zbekiston-Yaponiya markazi ochildi.
O’zbekiston va Yaponiya turli xalqaro ahamiyatga molik vazifalarni hal etishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda va dunyo siyosatining ko’plab masalalarida o’xshash nuqtai-nazarga ega. O’zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zoligiga qabul qilinishini qo’llab-quvvatlaydi. Yaponiya o’z navbatida Prezident Islom Karimovning O’rta Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni tashkil etishga oid taklifini ma'qullagan.
O’zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko’plab yirik loyihalar
hayotga tadbiq qilinmoqda. “Mitsui”, “Mitsubisi”, “Itochu”, “Marubeni” va
boshqa shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi. Iqtisodiyot yo’nalishidagi so’nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biri sifatida Samarqand avtomobil zavodida “Isuzu” rusumli avtobus va yuk mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko’rish mumkin.
Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida yaqinda qurib bitkazilgan “Toshguzar-Boysun-Qumqo’rg’on” yangi temir yo’l yo’nalishini sanab o’tish o’rinlidir.
Ikki davlat o’rtasida sarmoyalar kiritish bo’yicha shartnomaviy-huquqiy asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009 yil sentyabr oyida “Sarmoyalarni liberalizatsiya va o’zaro himoya qilish hamda rag’batlantirish to’g’risidagi” hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi. O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida 2010 yil may oyida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo’ljallangan 300 million AQSh dollari miqdoridagi mablag’ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi generatsiyaning samaradorligini
30 foizdan 50 foizgacha oshirish hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish
imkonini yaratadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli erishilganini ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi ham jamiyat hayotining barcha sohalari, shu jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bu tadbirlarning zarurligini qayta-qayta ta’kidlaydi: “Men oddiy bir haqiqatni barcha tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - bu bizning olg’a intilishimizning kafolati va asosi, u nafaqat iqtisodi, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir”.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan oshirilayotgan choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga


oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda muvafaqqiyatlarga erishgan ko’pgina mamlakatlarning tajribasi bu yutuqlarga iqtisodiyotni erkinlashtirish tufayli erishilganini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham O’zbekiston o’zining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va jahon iqtisodiyotining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.

XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Yaponiyaning II Jahon Urushidan keyin
rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz Yaponiya hukumatining bu borada olib borgan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Albatta, mavjud sharoitda hukumatning qa’tiy choralari tufayligina mamlakat dunyoning yetakchi davlatlar qatoriga kirib oldi.Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. Yaponiya milliy iqtisodiyotni eksportga yo’naltirdi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo’yicha alohida vazirlik-Yaponiya Tashqi Savdo va Investitsiya vazirligi tuzildi(MITI). Ko’plab xorijiy iqtisodchilarning fikricha aynan mazkur vazirlik Yaponiya iqtisodiyotining “katalizatori” vazifasini bajarib berdi. Yaponiya iqtisodiyoti eksportga yo’naltirilganligi tufayli mamlakat asosiy e’tiborini eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirdi. O’z-o’zidan iqtisodiyot eksportga yo’naltirilgan ekan Yaponiyaning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokini talab qilardi. Bu yerda albatta AQShning rolini alohida ajratib o’tish lozim. Sababi uning iqtisodiyoti AQSh iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’liq edi. Tashqi iqtisodiy masalalarda AQSh bilan hamkorlikning kuchliligi sababli Yaponiya uchun bir qancha imtiyozlar yaratib berdi. Aynan xalqaro maydonda tashqi iqtisodiy masalalar bo’yicha faol ishtiroki tufayli mamlakat iqtisodiyoti kuchayib bordi. Yapon mo’jizasining ro’y berishida eng muhim omi liar dan biri ham tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha masalalardir.

Yüklə 215,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin