Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni
Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.
Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va
tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.
Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik harajatlari16.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi.
Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi1.
Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan
1 O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.
foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta, telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tushumlar nosavdo oqimlar yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar uchun shaxsiy o’tkazmalar va boshqalar.
Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi valyuta mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi jarayonida milliy moliyaviy aktivlar - tashkilot va korxonalarning aksiya va obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit, qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy eksport.
Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv
saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qoplamasa va nihoyat
ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat qiladi.
Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik axborotlarning importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi xalqaro hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi yo’nalishlar katta istiqbolga ega:
Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani (naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash, o’g’itlar, sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish.
Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash.
Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi va hokazolar).
Texnik kibernetika.
Kosmik fazo tadqiqotlari.
Geologiya va okeonografiya.
Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari.
Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish.
Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish.
Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning yo’qligi) samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro almashinuvi o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va
boshqalar) importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning xalqaro almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy nuqtai nazardan ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday bosqichiga qadam qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik aloqalarini talab qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni amalga oshirish uchun yirik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga ilmiy-texnik tartibdagi ulush ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan kelmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligi -korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning natijalarini va uni amalga oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan
iborat.
Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi (samarasi) quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi:
Xalq ho’jaligi darajasida - eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import tovarlarning narx bahosiga taqqoslash;
Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida - uni ishlab chiqarishga ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi boshlag’ich narxlariga qiyoslash;
Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari);
Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga
topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini hisobga olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning tannarxiga (harajatlariga) taqqoslash;
Eksportchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida -tovarlarni yetkazib berishning topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni (belgilangan
ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat chegaralaridagi narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash;
Importchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun (transport va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini solishtirish;
Moliya vazirligi darajasida -tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga olgan
holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash;
Keltirilgan tahlillar shu asosda korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki
samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishga ijobiy ta’sir Yaponiyaning o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining
qiladi.
deyarli barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi,
ichki va tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab
Dostları ilə paylaş: |