24
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat
siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan
omillardan biriga aylantirdi. Bu siyosat Yaponiyaning milliy manfaatlarini
hisobga olgan holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy,
ilmiy-
texnikaviy va moliayviy savdo markaziga, jahon iqtisodiy otiga qo’shilishi
uning salmoqli qatnashchisiga aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat
tomonidan tartibga solinishida qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va
norasmiy kabi bir birini to’ldiruvchi uslublardan keng foydalaniladi. Bu esa,
oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda Yaponiya amaliyoti keng-
huquqiy normativ bazaga tayanadi. Qonuniy va huquqiy-administrativ tartibga
solish sistemasj ustivorlik asosida namoyon bo’lib, uni cho’qqisida
valyuta
almashish va tashqi savdo to’g’risidagi qonun, davlatning umumiy tartibga
solish konsepsiyasi sifatida faoliyat chegaralarini belgilaydi.
Bu qonunda xalqaro valyuta fondi, butunjahon savdo tashkiloti kabi
xalqaro tashkilotlarning kodeksidan asosiy prinsiplar
- savdoni erkinlashtirish
haqidagi xalqaro shartnomalar, erkin va har tomonlama savdo prinsiplari
mavjudligi tufayli uni erkin deb hisoblash mumkin. Erkin tashqi iqtisodiy
operatsiyalar
prinsipidan kelib chiqib, oddiy hollarda faqat minimal darajada
davlat nazoratini nazarda tutadi. Transaksiyalarni litsenziyalash sistemasini
joriy etishga faqat favqulotda holat bo’lsagina yo’l qo’yiladi (masalan,
mamlakatning to’lov balansi keskin yomonlashganda).
Chegaralarni belgilash xarakteriga ega bo’lgani uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni
tartibga solishda u yoki bu soxalarga tegishli qonun osti aktlarni dastlab tartibga
solish vazifasini yuklaydi. Majburiyatlarni bunday taqsimlash
yaponlar fikricha
xalqaro iqtisodiy sharoitni o’zgarishiga to’g’ri baho berish va milliy xo’jalikni
rivojlantirishda to’liqroq shu holatlarni hisobga olishga yordam beradi va
yangilanishga ham yo’l ochadi. Qonunchilik aktlarining “2-qavati” tashqi iqtisodiy
faoliyatni tartibga solishni asosiy bloki haqidagi qonundan tashkil topgan: eksport-
import operatsiyalari; bojxona - tarif sohasi; tashqi savdoga xizmat ko’rsatish
25
(eksport
inspeksiya haqidagi qonun, tashqi savdoni sug’urta qilish, Yaponiyaga
importni rivojlantirish va chet-elning to’g’ridan-to’g’ri invetitsiyalarini jalb qilish
to’g’risida favqulotdagi choralar, banklarda, sug’urta bazasida, qimmatli qog’ozlar
va birjalarda va h.k. ). Texnik talablar va standartlar (sanoatda standartlashtirish
haqidagi qonun va boshqalar); intellektual mulk huquqi (patentlar, avtorlik huquqi
va h.k.)
Dostları ilə paylaş: