Osiyo tinch okeani mintaqasi va janubiy osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix26.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#149104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Osiyo tinch okeani mintaqasi va janubiy osiyo mamlakatlari iqtis

Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni
Manba: O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, 
A.M.Alimov.
 
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar 
savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga 
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar 
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning 
nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi 
pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p 
hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q. 
Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining 
ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib 
berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan 
ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida 
aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi 
koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va 


18 
tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti. 
Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan 
olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat 
bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni 
ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik 
harajatlari
16

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har 
tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan 
ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr 
mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va 
moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar 
jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining 
nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi 
iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda, 
mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga 
muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar 
va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta 
zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va 
notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi. 
Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va 
tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini 
ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy 
holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida 
mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo 
saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u 
salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi
1

Xizmatlar va nosavdo operatsiyalar balansi boshqa mamlakatlarga 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul kirib kelishi va boshqa mamalakatlar xizmatidan 
1
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov.
 


19 
foydalanilganlik uchun pulning chiqib ketishi nisbatini ta’riflaydi. Iqtisodchilar 
xizmatlarni omilli va omilsizga ajratadilar. Omilli xizmatlar milliy 
investitsiyalardan tadbirkorlik yoki ssuda kapitali shaklidagi tushumni o’z ichiga 
oladi. Bunga pul tushumlari ya’ni dividentlar shaklida, milliy korxona va firmalar 
foydasining repatriatsiyasi, horijliklarning milliy patent, litsenziya va 
menejmentdan foydalanganligi uchun to’lovlar va boshqalar kiradi. Omilsiz 
xizmatlar oqimiga turizm, yo’lovchi va yuklarni transportda tashish, sug’urta, 
telekommunikatsiya uchun to’lov va tushumlar kiradi. Savdoga aloqador 
bo’lmagan , davlatlararo xizmatlar uchun to’lovlar va tushumlar nosavdo oqimlar 
yoki operatsiyalar deb ataladi. Ular qatoriga pul mablag’larining razmiy 
o’tkazmalari (masalan, tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalarni boshdan 
kechirayotgan mamlakatlar uchun yordam ko’rsatish), qarindosh va yaqinlar 
uchun shaxsiy o’tkazmalar va boshqalar. 
Kapital harakati va kredit balansi xalqaro kapital va kredit shaklidagi 
valyuta mablag’larining kirim va chiqimlari nisbatini aks ettiradi. Kapital harakati 
tadbirkorlik va ssuda investitsiyalari shaklida bo’lishi mumkin va oldi-sotdi 
jarayonida milliy moliyaviy aktivlar - tashkilot va korxonalarning aksiya va 
obligatsiyalari, kredit bilan birga boshqa qarz majburiyatlari va horijiy rezidident 
va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladi. Kapital harakatining hisobi ko’p 
hollarda savdo balansi va xizmatlar balanslari zararini qoplovchi rolida ishtrok 
etadi. Mamlakat ma’lum davr mobaynida tovar va hizmatlarni, ularni ishlab 
chiqarishga nisbatan ko’proq iste’mol qilsa, davlat va shaxsiy horijiy kredit, 
qarzlar, va boshqa horijiy kapital oqimlari talabni qoplay olmayotgan joriy ishlab 
chiqarish, joriy iste’molni moliyalashtirishga yordam beradi, ya’ni bu sof salbiy 
eksport. 
Boshqa bir muhim tarkibiy qism, asosan joriy operatsiyalar balansi, kapital 
harakati balansi zararlarini qoplash rolini o’ynovchi mamlakat oltin-valyuta 
zaxiralari hisobidir. Agar to’lov balansining aktiv saldosi joriy operatsiyalar 
balansining salbiy saldosini qoplamasa, yoki aksincha to’lov balansining aktiv 
saldosi kapital harakati mablag’larining salbiy saldosini qoplamasa va nihoyat 


20 
ikkala balans ham sof salbiy qoldiqqa ega bo’lsa, mamlakatda ilgari to’plab 
qo’yilgan valyuta zaxiralari tashqi qarzni qoplovchi ishonchli manba bo’lib hizmat 
qiladi. 
Xalqaro savdoning samaradorlik ko’rsatkichlarini aniqlash va bir tizimga 
keltirish har qaysi mamlakat uchun nihoyatda muhim va murakkab vazifa 
hisoblanadi. Buning uchun maxsus-ilmiy iqtisodiy tadqiqotlar o’tkazish talab 
qilinadi. Bunday tadqiqotlar hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos jarayonlarni 
chuqur o’rganish bilan birga, ilg’or hisob-kitob usullaridan foydalanishni taqozo 
qiladi. Jumladan, bu tarmoqlararo balanslar tuzish usullariga asoslanmog’i lozim. 
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni bashorat qilganda, tovar aylanishidan tashqari 
transport, kreditlar, va boshqa moliyaviy operatsiyalar, ilmiy texnik 
axborotlarning importi-eksporti, yirik ko’lamdagi loyihalarni amalga oshirishdagi 
xalqaro hamkorlik kabi tashqi aloqalarning turlari ham hisobga olinadi. Quyidagi 
yo’nalishlar katta istiqbolga ega: 
1.
Qishloq ho’jaligining unumdorligini oshirish mqasadida agrotexnikani 
(naslchilik va o’simliklar genetikasi, zararkunandalarga qarshi kurash, 
o’g’itlar, sug’orish ishlari va hokazolarni) rivojlantirish. 
2.
Tabiiy muhitni saqlash, himoyalash va yaxshilash. 
3.
Energetika xo’jaligi (atom energiyasi, elektrotxnika, transport energetikasi va 
hokazolar). 
4.
Texnik kibernetika. 
5.
Kosmik fazo tadqiqotlari. 
6.
Geologiya va okeonografiya. 
7.
Suv resurslari va sho’r suvlarni tozalash muammolari. 
8.
Sog’liqni saqlash va aholi o’sishini tartibga solish. 
9.
Qurilishni yaxshilash va arzonlashtirish. 
Hozirgi vaqtda qator ilmiy-texnik axborotlarning xalqaro almashinuvidagi 
ko’pgina kamchiliklar (takrorlanish, tarqoqlik, bir shaklga keltirishning 
yo’qligi) samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Axborotlarning halqaro 
almashinuvi o’zaro foydalidir, chunki axborotlar (ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy va 


21 
boshqalar) importi uning zaxiralarini oshiradi. Shubxasiz, axborotlarning 
xalqaro almashinuvning kengayishi nafaqat iqtisodiy, balki umummadaniy 
nuqtai nazardan ham g’oyat samaralidir. Insoniyat o’z rivijlanishining shunday 
bosqichiga qadam qo’ydiki, endilikda ko’pgina mamlakatlarning hamkorlik 
aloqalarini talab qiluvchi ulkan loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ularni 
amalga oshirish uchun yirik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan birga 
ilmiy-texnik tartibdagi ulush ham zarur. Bu esa bitta davlatning qo’lidan 
kelmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligi -korxonalar 
tashqi iqtisodiy faoliyatini baholash ko’rsatkichi bo’lib, ushbu faoliyatning 
natijalarini va uni amalga oshirishga ketgan harajatlarni o’zaro taqqoslashdan 
iborat. 
Umumiy ko’rinishda tashqi iqtsiodiy aloqalarning samaradorligi 
(samarasi) quyidagi yo’llar orqali aniqlanadi: 

Xalq ho’jaligi darajasida - eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan 
harajatlar, transport va tashqi savdo sarflari, import qilinayotgan o’xshash 
tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni tejab qolish va 
import tovarlaridan foydalanishning samarasini aks ettiruvchi import 
tovarlarning narx bahosiga taqqoslash; 

Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar darajasida - uni ishlab chiqarishga 
ketadigan harajatlarni tashqi savdo tashkiloti jo’natmalarining eksport 
foydalanuvi va qo’shimcha to’lovlarning boshqa turlarini hisobga oluvchi 
boshlag’ich narxlariga qiyoslash; 

Import tovarlarining iste’molchilari (buyurtmachilari); 

Milliy valyutadagi ichki narxlarni (tashqi savdi tashkiloti xalq ho’jaligiga 
topshiradigan narxlarda) horijiy tovarlardan foydalanishning samarasini 
hisobga olgan holda, shu turdagi tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishning 
tannarxiga (harajatlariga) taqqoslash; 

Eksportchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida -tovarlarni yetkazib berishning 
topshiriladigan narxlarida ishlab chiqaruvchilarga to’lovlarni (belgilangan 


22 
ustamalar, transport sarflarini hisobga olgan holda) mamlakat chegaralaridagi 
narxlarda ifodalangan valyutada qiyoslash; 

Importchi -tashqi savdo tashkilotlari darajasida tovarlar importi uchun (transport 
va nakladnoy sarflarini hisoga olgan holda) valyutada to’lovlarini milliy 
valyutadagi transport va boshqa sarflarni chiqarib tashlab, ularning xalq 
xo’jaligiga (buyurtmachilarga) topshirilish narxlaridagi ichki qiymatini 
solishtirish; 

Moliya vazirligi darajasida -tashqi savdo almashinuvining saldosini hisobga 
olgan 
holda, import tovarlarining ichki narxini (topshirish baxosini) eksport 
maxsulotlarining boshlang’ich narxiga taqqoslash; 
Keltirilgan tahlillar shu asosda korxonaning tashqi iqtisodiy aloqalari 
samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo’llarini ishlab chiqishga ijobiy ta’sir 
qiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin