O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati borgan sari xalqaro huquq me‘yorlariga yaqinlashtirilayotgan mustahkam qonunchilikka asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov mamlakatda kechayotgan iqtisodiy islohatlarni tahlil kilib shunday deydi: «O‘zbekiston suveren davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib bormokda. Mamlakatning jahon xujalik aloqalarida, xalqaro mehnat taksimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»[3].
Davlat mustaqilligiga erishilishi O‘zbekiston uchun mustaqil ravishda o‘z
rivojlanish modelini ishlab chiqish imkoniyatlarini ochdi.
Bu rivojlanish modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo‘jalik aloqalariga integrastiyalashuvi yo‘nalishlarini belgilashga katta e‘tibor qaratilgan. Mamlakatning jahon xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng ko‘lamda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni qurishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyotimizning kelajagini uning jahon xo‘jaligiga integrastiyasida ko‘rishimiz mumkin.
Mintaqaviy integrastiya doirasida hamkorlik qilish amaliyoti va xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyo iqtisodiyotiga integrastiyalashuv mamlakat xalq xo‘jaligi doirasida ruy beradigan turli xildagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan, shuningdek integrastiya jarayonlarining katalizatori bo‘lib xizmat qiluvchi tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi mexanizmlarini shakllantirish bilan uzviy bog`liqdir. Bunday zarurat, jahon xujaligi tizimiga integrastiyalashayotgan O‘zbekiston iqtisodiyotida ham turli xildagi tarkibiy o‘zgarishlarni vujudga keltirish va uning tashqi iqtisodiy aloqalari sohasida yangi mexanizmlarni shakllantirishni taqozo etadi.
Tashqi iqgisodiy faoliyatni erkinlashtirish bo‘yicha aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan siyosatni olib borish, xo‘jalik sub‘ektlariga xorijiy hamkorlar bilan to‘g`ridan-to‘g`ri aloqalarni o‘rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish — bular siyosatimizning zamonaviy bosqichdagi ustuvor yo‘nalishlar
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va davlatlar iqtisodi uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov integrastiya haqida gapirar ekan, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integrastiya turlari mavjudligiga asoslanadi. "Biz integrastiya jarayonlari va bozor islohotlarini rivojlantirishga, Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat beramiz. Faqat o‘zining tor milliy qobig`ida qolib ketmagan bozorgina xorijiiy investistiyalarning katta oqimini jalb qilib, mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishi va farovonligini ta‘minlay oladi"