O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI OSIYO XALQARO UNIVERSITETI IJTIMOIY VA TEXNIKA FAKULTETI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI”
fanidan KURS ISHI MAVZU: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish. Bajardi: _______ ________ guruh talabasi ____________________________ (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
Kurs ishi himoya qilingan sana “___” _________________ 2023 y. Baho “___” _____________ Ilmiy rahbar: ___________ _________________________ (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
Komissiya a’zolari: ___________ _________________________ (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
___________ _________________________ (imzo) ( Ism, familya, sharifi)
Buxoro-2023 yil
MUNDARIJA KIRISH I BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat mazmuni va mohiyati. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqani boshqarish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mazmuni va mohiyati.
II BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar. 2.1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash. 2.2. O’zbekisonning tashqi savdo siyosati, tashqi savdo strategiyasi. 2.3. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar. XULOSA. ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
Kirish. Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globalla-shuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqlikla-rining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish soha-laridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayon-larda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay inves-titsion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchi-lari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respubli- kasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi.
Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xo-rijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy ins-titutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu-gungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamla-katlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xal-qaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ay-niqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha mala-kali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, bu yil barchamiz ona yurtimiz, O‘zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug` sanalardan biri – Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz. Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi.