Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


I BOB. O’ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI



Yüklə 86,04 Kb.
səhifə2/10
tarix13.05.2023
ölçüsü86,04 Kb.
#112810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Choriyev Baxodir

I BOB. O’ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI
1.1. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqani boshqarish.
O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini oshirish, marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga keng ko‘lamda kiritish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilinsin.
2. Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligi rivojlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlari, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
3. “Innovatsiya” DATSK, “O‘zmarkazimpeks” DATSK, “O‘zsanoatmashimpeks” DATSK, “Markazsanoateksport” DATSK, “O‘ztashqitrans” DAK, “O‘rta Osiyo Trans” xalqaro avtomobilda yuk tashish DAK aksiyadorlik kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasining qayta tashkil etilayotgan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidan chiqarilsin hamda ularning mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatida faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan davlat-aksiyadorlik tashqi savdo va transport kompaniyalarining faoliyatiga, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimiga tanqidiy baho berib, ularning O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan siyosatning obyektiv talablariga muvofiq bo‘lishiga alohida e’tibor qaratsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib;
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining viloyatlar va Toshkent shahridagi vakillik boshqarmalari Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari etib qayta tashkil etilsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Agentlikning mintaqaviy boshqarmalari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mintaqaviy vakillik boshqarmalarining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadilar.
7. “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-fevraldagi PF–350-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon ijrosi yuzasidan hukumat qarorini qabul qilsin.
Sivilizastiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo‘jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona global jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko‘ra rivojlanadi, bu qonunlar xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo‘lishini kafolatlaydi.
Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslar taqchilligi va olisligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o‘rtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o‘rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi.
Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o‘sishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlar (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlar)ni rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi[1].
O‘zbekistonda ko‘plab korxona va birlashmalar, korporastiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investistiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar.

Yüklə 86,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin