Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


II BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar



Yüklə 86,04 Kb.
səhifə9/10
tarix13.05.2023
ölçüsü86,04 Kb.
#112810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Choriyev Baxodir




II BOB: O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar.
2.3. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish bo’yicha chora tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan, notarifli tartibdan tarif tartibiga o‘tish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, ekspert-import operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, uni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay tartibni yaratish to‘g‘risida bitimga ega bo‘lmagan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga nisbatan ikki baravar ko‘paytirilgan boj poshlinalari stavkalari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoni bilan chiqarilgan)
O‘zbekiston Respublikasining vakil qilingan organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi—sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoni bilan chiqarilgan)
tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalari 10-ilovaga muvofiq;
respublikada ishlab chiqarilgan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni aniqlash qoidalari 11-ilovaga muvofiq;
xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalari 12-ilovaga muvofiq;
eksport-import yuklarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati 13-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-martdagi 163-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
6. Belgilansinki, 3-ilovaga muvofiq strategik muhim tovarlarning xo‘jaliklar va korxonalar ixtiyorida qoladigan hajmlariga eksport kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir yilda bir marta tasdiqlanadi.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va unga qarashli bo‘linmalar tovarning kelib chiqishini sertifikatsiyalashni, respublikada ishlab chiqarilgan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni sertifikatsiyalashni hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotni sertifikatsiyalashni amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi sertifikatsiyalash tartibini belgilovchi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar eksport qilinayotgan tovarga belgilangan shakldagi tovarning kelib chiqish sertifikatlarini ilova qilsinlar, shuningdek, import qilinayotgan tovarlarni qabul qilishni “O‘zdavstandart” markazida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tashkilotlarning vakil qilingan ekspertlari ishtirokida amalga oshirsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tashqi savdo firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni hamda ushbu firmalar to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda tashqi savdo firmalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun 15-ilovaga muvofiq asosiy oziq-ovqat tovarlari yetkazib berish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin, ushbu tartibni, shuningdek, tender komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarini ro‘yxatga olishda ularga nom berishning yagona tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi korxonalarni, shu jumladan, sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirayotgan korxonalarni tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishda faqat 4 va 5-ilovalarda ko‘rsatilgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq alohida faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalariga ega bo‘lganlar tomonidan ishlab chiqariladigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga eksport va import nomenklaturasini belgilasin.
Boshqa mahsulotlar korxonalar tomonidan eksport va import nomenklaturasi taqdim etilmasdan eksport va import qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
14. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarorining 2-bandi 2-xatboshi, 4-bandi 2, 3-xatboshilari, 2, 3, 4, 5, 6-ilovalari va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qaroriga 1-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485-son qaroriga 4-5-ilovalar, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-apreldagi 210-son qarori 2-bandining markazlashtirilgan eksport kontraktlari bo‘yicha boj poshlinalari to‘lashga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘zlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari O‘.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.

Xulosa
Iqtisodiy faoliyat va uning turlari haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki barcha iatisodiy jarayonlarning zaminida inson manfaatlari hamda uni ta'minlanishi turadi
Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar orqali qondirishga harakat qiladi. Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak, uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz mumkin:
1) o’zlashtiruvchi va 2) ishlab chiqaruvchi.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridanto’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar.
Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi insonlar tabiat ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar.
Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab, turli hodisa va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi.
Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish aoliyatining natijasi ijtimoiy mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. Bu jarayondan ishlab chiqarish omillari o’zaro birikib, insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondiradigan ne’matlar yaratiladi.
Iqtisodchilar ishlab chiqarishda uch marta yirik inqilob yuz bergan va u muvofiq tarzda iqtisodiy taraqqiyotda uch marta yangi davrni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bunda o’ziga xos boshlang’ich nuqta rivojlangan industrial (sanoat) ishlab chiqarishning vujudga kelishi bo’lib u markaziy o’rinni egallaydi, undan so’ng: industrial ishlab chiqarishga qadar bo’lgan davr, ya’ni toindustrial va postindustrial (lotincha post - keyin) davrlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishning industrial rivojlanishga qadar bo’lgan (toindustrial) bosqichi quyidagi xususiyatlarga ega:
— iqtisodiyotning dastlabki sferasi — qishloq xo’jaligi ustun bo’ladi;
— aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan band;
— asosan qo’l mehnatiga tayanadi;
— mehnat taqsimoti nihoyatda past, natural xo’jalik yuritishga asoslanadi;
— aholi ehtiyojlari turg’un holatda bo’lgan ishlab chiqarishga xos.
Ishlab chiqarishning bu bosqichi hozir ham ayrim Afrika mamlakatlari (Mali, Gvineya) ga xos bo’lib, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar mehnat unumi 2 kishini boqishga etadi. Yer shari aholisining ko’payishi, ehtiyojlarning o’sishi, ularni qondirish yo’llarini qidirishga majbur qildi. Bu oxir-oqibat sanoat to’ntarishiga olib keldiki, u Angliyada XVIII asrning 60-yillarida boshlanib, AQShda XIX asrning 50—60- yillarida yakunlandi. Qo’l mehnati mashinalar zimmasiga yuklatildi.



Yüklə 86,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin