MAHMUDXO'JA BEHBUDIY PADARKUSH (DRAMA) PADARKUSH yoxud o‘qimagan bolaning holi (Turkiston maishatidan olingan ibratnoma) 3 parda 4 manzarali, milliy birinchi fojia QATNASHUVCHILAR B o y — 50 yashar.
T o sh m u r o d — boyning o‘g‘li, 15—17 yashar.
D o m u l l o — yangi fikrlik bir mulla, 30—40 yashar.
Z i yo l i — (ovro‘po libosida), o‘ruscha o‘qug‘on, millatchi musulmon.
X a y r u l l o — boyning mirza va mahrami, 18—20 yashar.
T a n g r i q u l — boyning qotili.
D a v l a t ila N o r (bo‘z bolalar) — kissalariga 4 so‘m qadar mayda kerak.
L i z a — rus xotini, qabiha shaklinda.
A r t u n — armani mayxonachi.
P r i s t u f — 2 politseyskiy, 2 qorovul, boyning 3 nafar erkak hamsoyasi.
B o y b u ch ch a — boyning xotini, 35—40 yashar.
KERAK NIMARSALAR Bir la’li shiravor, non, dasturxon, choynak, piyola, chilim.
Mehmonxonaga keraklik gilam, ko‘rpa, yostiq.
Boyni(ng) yotoq asbobi va karavot.
Bir kaltak.
O‘n shisha suv va kivas.
Besh-olti istakon.
Bir sanduq.
Bir hamyon ichida pulg‘a o‘xshag‘an nimarsa.
Bir katta pichoq.
Bir tapponcha.
Sanduqni ochaturg‘on temur asbob.
Mukammal pristuf libosi.
2 politseyskiy mukammal libosi.
2 qorovul kaltagi.
1 hushtak.
1 shohsaqa.
1 kanob.
1 qo‘l kishani.
BIRINCHI PARDA Boy mehmonxonada o‘tirar, Xayrullo ila domulla kirar:
— Assalomu alaykum.
BOY. Vaalaykum assalom, marhamat qilsinlar (turib muloqot qilub, domullaga joy ko‘rsatib, o‘ltirur). DOMULLA. Boy davlatini Ollohi taolo mundan ham ziyoda qilg‘ay (fotiha qilur). BOY. Nafas(lari)i muborak, inshoolloh, durlari qabuldir.
DOMULLA. Balli, jum’a oqshomi duoni qabul vaqtidir.