Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi


ARTUN. Izvinit surushdim-da. DAVLAT



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə7/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

ARTUN. Izvinit surushdim-da.
DAVLAT. Bo‘l. Bo‘l. Birovni yubor.
ARTUN. Bah, ne vor, bilursin, Liza banga demishki, o‘n besh manatsiz banga kishi ko‘ndarma. Ha, o‘n besh manat-da va faytun pulini-da ver, geyin Nikolayi ko‘ndarayum. Liza o‘lmasa, boshqasini getirsin, kayfing nechik?
DAVLAT. Avval kelturub, so‘ngra pulni olsang bo‘lmasmi?
ARTUN. Davlat zo‘r! Ban sana demishimki, Liza aqcha olmayincha gelmaz, bana ne? Sen o‘zing bilirsanki, u gavur qizi, banim degil.
TANGRIQUL. Artun. Bir oz to‘xta, pul beramiz.
ARTUN. Bosh ustina, hoziram (chiqar. Jo‘ralari kayflari uchub, sukut etarlar).
DAVLAT. Suz, ichaylik! (Nor suzib quyar.)
TANGRIQUL. Pulni peshaki talab qilgani ishni belini sindurdi.
DAVLAT. Ish aksiga olsa, shunday bo‘lur. Pullaring bormi? Hammalaring chiqaring(hammasi chiqaradi, Davlat sanar, besh so‘m yetmas). Bu minan hech nima bo‘lmas. Bir ilojini topmoq kerak.
NOR. (tama’girlik ila). Ey, boyvachcha, bizlar-ku, kambag‘al. Sizga nima, kissangizdan pul chiqmaydur? Ana boybachchaning holi (qo‘li ila ko‘rsatur).
DAVLAT. Parvo qilma. Nor. Men bir nimarsa o‘yladim, agar boyvachcha ko‘nsa.
TANGRIQUL. Nima ekan? Nima?
DAVLAT. To‘xta, nima ekanligini bilarsan. Avval boyvachchani(ng) salomatligiga ichaylik (Tangriqul suzar, icharlar boyvachchaning salomatligiga).
DAVLAT. Boybachcha. Bu kechadek chahorshanba sayri oyda-yilda bir bo‘lur va (yo) yo‘q, bir kecha ming kecha bo‘lmas, agar qabul qilsangiz, Tangriqulni sizga qo‘sharman. Birga borib, otangizni sandug‘ini ko‘rsatursiz. Boshqa ishni Tangriqul bajaradur.
TOSHMUROD. Tangriqul aka, borasizmi?
TANGRIQUL. Ulfatlar buyursa, u dunyoga boraman. U-ku sizning hovlingiz.
DAVLAT. Sen nima dersan, Nor?
NOR. Men ham ko‘pni biri, bor desang, borarman.
DAVLAT. Yo‘q, ikkov bas. Ko‘rganlar badgumon bo‘lmasin. Bukunni ertasi bor.

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin