Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi


TANGRIQUL. Toshmurod, ot! (Toshmurod havoga to‘pponcha otar va hozir kishilarga siloh ko‘rsatib qocharlar). BOYVUCHCHA



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

TANGRIQUL. Toshmurod, ot! (Toshmurod havoga to‘pponcha otar va hozir kishilarga siloh ko‘rsatib qocharlar).
BOYVUCHCHA. Voy, zolim dastidan! Bu qanday kun edi, voy dod! (Chapak chalar, boy ustiga o‘zini tashlar, yuz va sochini yular). He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Qoshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod! Voy, dod-ey!
DOMULLA (kirar). Onajon, sizga sabrdan boshqa chora yo‘q. Bu badbaxtlik va musibatga sabab jaholat va nodonlikdir, bema’nilik va tarbiyasizlikdir. Uyingizni nodonlik buzdi. O‘g‘lingizni beilmlik Sibirga yuboradi. Joningizdan aziz farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umri ayritadur. Bolangizni otasi tarbiya etmadi, o‘qutmadi. Oxiri baloga uchradi, yomon rafiqlar yo‘ldan chiqardilarki, qurboni jaholat bo‘ldingiz.
BOYVUCHCHA (to‘lg‘onib). Oy, voy-voy bolam! Voy boyim, oh, voy u-u-u!
DOMULLA. Boyingiz-da nasihatga quloq solmadi va oxiri ushbu yomon hodisa paydo bo‘ldi. Endy sizga, ochig‘i, sabrdan boshqa iloj yo‘qdir, onajon. Olloh sizga sabr bersun.
BOYVUCHCHA (kamoli betoqatlik ilan oh-vovaylo etar). Dod, voy bolam! Voy boyim! Ikkisidan ham ayrildim, erimni mozorga, bolamni Sibirga yuborarlar! Voy, voy, voy u-u-u!..
TO‘RTINCHI MANZARA
(Ikkinchining ayni, mayxona)
Nor, Davlat ichib, ashula aytib o‘lturar. Tangriqul va Toshmurod pisib borib kirar, to‘pponcha va qonlik pichoqni bir chetga yashirar, hamyonni chiqarib, stol ustiga otar; o‘lturarlar.
TANGRIQUL. Chilim keltur-ey!
Artun chilim kelturur, chekarlar. Artun ketar. Tangriqul Davlatni bir tarafga olib, xufiya bo‘lgan ishlarii so‘ylar, ishoratlar qilar. Davlat «bechora» deb xufiya so‘ylab, ishorat ila xotirjam qiladir.
TANGRIQUL (hamyonni ochib ko‘rib, suyunar, Tangriqul va Toshmurodni yelkasiga qoqar). Barakalla, barakalla (Davlat zang chalar, Artun kirar).
ARTUN. Na buyurarsiz?
DAVLAT. Ma, pulni ol, tezlik ilan Lizann keltur!

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin