Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə6/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

Parda inar
IKKINCHI PARDA
Pivaxona manzarasi: boyvachcha ila uch nafar o‘lturarlar.
TANGRIQUL. Bu oqshom, bilmayman, nima uchun ichkilik meni tishlamaydur: Namozi digardan beri bir dyujina shishani bo‘shatdim. Dayusni pivosi qulog‘imni qizitmadi. To‘ldir, ichaylik (Nor qadahlarni to‘ldirar).
HAMMASI. Toshmurod boyvachchani salomatligiga ura! Ura! Ura! (icharlar).
DAVLAT. Jo‘ralar. Manuvni ichdim, endi yodimga Lizajon tushdi. O, Lizajon!
HAMMASI. Oh, Lizajon, voh, Lizajon, qaydasan?
NOR. Zolim falak firoqig‘a kuydirdi mani; billohki, kelmasa, bo‘miydi.
DAVLAT. Bu dodu bedod ila hech nima bo‘lmas. Xo‘jayinni chaqirarmiz, otam o‘ldi bazmi qilarmiz.
NOR. Qo‘lingni ber, ey, nomard, topding (qo‘lini siqar). Bo‘ldi.
DAVLAT. Ey, to‘taburut Tangriqul. Daming chiqmaydur. Shuncha odam so‘zini o‘g‘irlab o‘lturasan. Erga navbat, sherga navbat. Gap berib o‘ltur. Yo bu odamlarni pisand qilmaysanmi? Bizlarni ham yonimizga besh tangalik aqchamiz bor. Jo‘ra! Bu mastlik rostlikdir. Qovog‘ingni ochib o‘ltur.
TANGRIQUL. Jo‘ralar. Sizlardan yashiraturg‘on so‘zimiz yo‘q. To‘g‘risini desam, manuni ichdim, qulog‘im qizig‘an, sen Liza deding, endi o‘zim shunda bo‘lsam-da, hushim Lizaga, to Lizani kelturmasang, mani gapirturolmaysan. Ammo gap kelturganingga, Davlat zo‘r!
DAVLAT. G‘am yema, muddaong Liza bo‘lsa, shul zamon yoningga ko‘rarsan, kelmasami? Boshini olarman.
NOR. Boyvachcha! Barishnaga tobingiz bormi?
TOSHMUROD. Mayli, odam yuboringlar, bazm qilsun.
TANGRIQUL. Gap, gap ila vaqtni o‘tkararsizlar, buyuraturg‘on bo‘lsanglar, buyuringlar, ertaroq kelsun, kayf qilayluk (Davlat qo‘ng‘iroq chalar. Artun armani mayxonachi kirar).
ARTUN. Nima deysan?
DAVLAT. Lizaga birovni yubor, kelsun.
ARTUN. Bunda?
DAVLAT. Ha, munda kelturmasdan mozorgami keturarding?

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin