NOR. Boybachcha! Otangiz sandig‘ini joyini bilasizmi?
TOSHMUROD. Otamning yotaturg‘on uyinda.
DAVLAT. Yotaturg‘on uyni necha eshigi bor?
TOSHMUROD. Uch.
DAVLAT. Qaysi eshikdan kirasizlar?
TOSHMUROD. Eshikning biri onamning uyindan ochilur, men kirib, hovli tarafidagi eshikni ocharman,so‘ngra Tangriqul akam kirar.
DAVLAT. Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz. Nor! To‘ldur, ichaylik! (Nor to‘ldurar,icharlar. Tangriqul va Toshmurodga qarab) Endi boradurgansizlar?
TANGRIQUL. Albatta. Bormay nima bo‘lubdur (Davlat to‘pponchasini boyvachchaga berar. Nor etik sog‘idan pichoqni olib, Tangriqulga berar. Alar ehtiyot qilib turarlar). DAVLAT.(ikkisiga qarab). Yo‘l bo‘lsin, botirlar?
TANGRIQUL. Olgani (Davlat Tangriqulni bir chetga olib, ishorat va xufiya ma’lumot va amr berar). NOR. Omin, olloh... (Hammasi) Ollohu akbar. (Davlat fotiha berar). Parda inar UCHINCHI PARDA Odat bo‘yicha boy yotar karavot ustiga uyquda, uyni bir tarafiga sanduq. Toshmurod bir eshikdan ohistalik ila kirar, butaraf, u tarafga qarab, boshqa bir eshikni ochar va bir chetga turar. Tangriqul kirar, qo‘lida kalid va temir asbob, beliga pichoq, sandiq tarafiga borib, kalid solar, sandiq ochilmas. Toshmurodga qaraydur. Ishorat ila maslahat so‘raydur. Toshmurod sanduqni temir asbob ila sindirmoqg‘a amr berar. Tangriqul temir asbob ila sanduqni sindirar. Sanduqni ovozi ila boy uyg‘onur. Boy cho‘chib turar, kaltakni olib, voy, voy deb Tangriqulga yugurar. Toshmurod kaltakni kelib ushlar. Tangriqul pichoq ila boyni qo‘ltig‘iga urar.
BOY (taraqlab yiqilar). Voh, jonim (jon uzar tipirlar, xirillar. Tangriqul sandiqdan tanga xaltasini ko‘tarar, pichoq va temir asbobni o‘ziga berkitar, tashqaridan bir necha odam tovushi eshitilur). ODAMLAR.Nima gap, birov dod dedi? (Bir necha erkak ila boy xotuni kirarlar, Tangriqul ila Toshmurodni ko‘rarlar).