Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə4/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

ZIYOLI. Assalomu alaykum.
BOY (karaxtlik ila). Vaalaykum assalom, Xayrullo, kursi keltur. Bu kishi yerga o‘lturolmaydur (kelturar, ziyoli o‘lturub, papirus chekar).
ZIYOLI. Janob boy, sizni kayfsiz ko‘raman, mumkinmi sababini bilsam?
BOY. Bir mullo kelib edi, o‘g‘lingni o‘qutmaysan deb juda jonimni oldi, quvlagandek qilib zo‘rg‘a qutuldim, faqat mushtlashmadik.
ZIYOLI. Ah-ha, qiziq va interesniy hodisa emish (odamlarga qarab), bu shaharda boylarga amri ma’ruf qilaturg‘on mulla bor ekan, Xudoga shukur. Ul janobi haqqoniy domullani topib, ziyorat qilmoq kerak. Boy afandi, sizga malol kelmasun, ushbu to‘g‘ridan men ham sizga qachonlardir bir necha so‘z aytmoqchi edim. Va ammo soati ushbu daqiqaga mavquf ekan, endi sizdan iltimos qilamanki, bir necha daqiqa menga quloq bersangizki, ilm nafi to‘g‘risida so‘zlayin.
BOY (ola-ola qarab). Endi bildim, siz ham o‘g‘lungni o‘qut deb mani qisar ekansiz(odamlarga qarab), bugun chap yonim ila turganman, o‘ylamagan ishlar oldimdan chiqar, mazmuni — qordan qutulib, yomg‘urga uchraymiz. Xayrullo! Chilim keltur!(Tarafayn sukut, chilim kelar. Boy chekar, yo‘talar).
BOY. Xayrullo!
XAYRULLO. Labbay, taqsir!
BOY. Joyimni tashla, uyqum keldi (homuza tortar), ertaga ish ko‘p, vaqtlik yotmoq kerak (yana homuza).
XAYRULLO. Xo‘sh, hozir.
ZIYOLI (jiddiyat ila). Boy afandi! Men sizga dedimki, millatga keraklik ilmlar to‘g‘risida so‘zlamoqchiman, ammo siz meni(ng) so‘zimii eshitmoqg‘a xohlamayturg‘ong‘a o‘xshaysiz. Ikkinchi daf’a aytamanki, quloq bering va bu so‘zlar sizni(ng) va millatni(ng) naf’idur.
BOY. So‘zingizni jabr va zo‘r ila eshittirasizmi? Va yo meni azob bermakkami keldingiz?
ZIYOLI. Yo‘q, men asli boshqa ish uchun kelib edim va lekin ilm bahsining ustidan chiqib qoldim. Ushbu sababli muddaoni tabdil qilib, ilm to‘g‘risidan sizga bayon qilmoqni qasd etdim. Shoyadki, janobingizdek boylar millat bolalarini o‘qutmoqg‘a sa’y qilsalar.
BOY (xalqqa qarab). Koshki, domullo hikoyalari yetmasa edi. Xo‘b, modomiki qo‘ymaysiz, ertaroq so‘ylab tamom qiling, uyqum kelgan (homuza tortadi), odamlar bolasini o‘qut, deydur-a.
ZIYOLI. Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqni boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo‘lidan qetgandek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, hatto, dini ham zaif bo‘lur. Buning uchun biz musulmonlarni o‘qutmoqg‘a sa’y qilmog‘imiz lozimdur, vaholanki, dini sharifimiz har nav naflik ilm o‘qumoqni beshikdan mozorigacha bizlarga farz qilgandir. Bu hukm — hukmi shariatdir. Biz musulmonlarga, alalxusus, bu zamonda ikki sinf ulamo kerakdur: biri olimi diniy; digari olimi zamoniy. Olimi diniy: imom, xatib, mudarris, muallim, qozi, mufti bo‘lub, xaloyiqni diniy va axloqiy va ruhoniy ishlarini boshqarar, bu sinfga kiraturg‘on talabalar, avvalo, Turkistonda va Buxoroda ilmiy, diniy va arabiy va bir oz ruscha o‘qub, so‘ngra Makka, Madina, Misr va Istanbulga borib, ulumi diniyani xatm qilsalar kerak, yoki komil mullo bo‘lsunlar (boy mudraydur). Angladingizmi boy?

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin