Mahmudxo'ja behbudiy padarkush (drama) padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi


BOY (boshini ko‘tarib). Ha, ha, aytabering, qulog‘im sizga. ZIYOLI



Yüklə 94,35 Kb.
səhifə5/10
tarix20.11.2023
ölçüsü94,35 Kb.
#162230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Padarkush dramasi

BOY (boshini ko‘tarib). Ha, ha, aytabering, qulog‘im sizga.
ZIYOLI. Olimi zamoniy bo‘lmoq uchun bolalarni, avvalo, musulmoniy xat va savodini chiqarub, zaruriyati diniya va o‘z millatimiz tilini bilaturg‘ondan so‘ngra hukumatimizni(ng) nizomli maktablariga bermoq kerakdur, ya’ni gimnaziya va shahar maktablarini o‘qub tamom qilg‘onlaridan so‘ng, Peterburg, Maskov dorilfununlariga yuborib, dokturlik, zakunchilik, injenerlik, sudyalik, ilmi san’at, ilmi iqtisod, ilmi hikmat, muallimlik va boshqa ilmlarni o‘qutmoq lozimdir. Rusiya vatanina va davlatina bilfe’l sherik bo‘lmoq kerakdir va davlat mansablariga kirmoq lozim. Toki maishati ehtiyoji zamonamiz to‘g‘risida vatan va millati islomga xizmat qilinsa va ham davlati Rusiya podshohlik mansablariga kirib, musulmonlarga naf yetkurulsa va ham davlati Rusiyaga sherik bo‘lunsa, hattoki, shul tariqa o‘qugan musulmon bolalarini Farangiston, Amerika va Istanbul dorilfununlariga tarbiya uchun yubormoq kerakdur. Hazrat payg‘ambarimiz: ilm Xitoyga ham bo‘lsa, talab qilingiz, demadilarmi? (Boy uyquda). Bul ishlar bo‘lmas, magar pul ila, sizdek katta boylarni himmati ila, chunonchi, Qafkaz, Orenburg va Qozon musulmonlarini boy va ahli g‘ayrati ilm yo‘liga ko‘p pullar sarf etarlar va kambag‘al bolalarini o‘qutdirarlar (boyga qarab), albatta so‘zlarimga tushungansiz, janobi boy. Boy bova, hoy!
BOY (mudraydi, bosh ko‘tarib, esnab). Ha, ha...
ZIYOLI: Al-on biz Turkiston xalqiga bir yomon odat borki, bir kishi ruscha o‘qub, podshohlik ishiga kirib, rasmiy formasida yursa, masxara qiladurlar, agar izvoshchilik va yo qora mehnatkash bo‘lub, ovro‘palilarni eski libosini kiysa va yo o‘yinchilarning libosini kiysa, hech kim bir nima demaydirki, bu kamoli nodonlik va dunyodan xabarsizlikdir. Shunday emasmi, boy amaki.
BOY (o‘lturish yeridan bir tarafga og‘ib yotib). Xur, xur, xurra, xurra, xurra...
ZIYOLI. Ilohi xudoyo! Ummati islomiyaga, xususan, biz Turkistonliklarga rahming kelsun!.. (ro‘moli ila ko‘z yoshini artib, chiqib ketar ).

Yüklə 94,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin