Zamondoshlar



Yüklə 166,17 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü166,17 Kb.
#160835
Презентация1


ZAMONDOSHLAR
Nojo'ya gap aytib qo'ygan bo'lsam kerak, oyim katta kaltakni olib quvlashga tushdi. Uch marta hovlini aylandim- da, ko'cha eshik oldiga borib egilib salom berdim va bir hatlab o'zimni ko'chaga oldim. O'sha yerdan turib:
  • Bir haftadan beri suv berganim yo'q. Tuxumini bir yo'la poroshok qilib tug'aversin! — deb baqirdim.
  • Teringga somon tiqmasammi! — dedi oyim tayoqni o'qtalib.

  • «Tamom», deb o'yladim ichimda. Nega desangiz, kecha ham shunga o'xshashroq bir voqea bo'lib o'tgan edi. Har kuni darsdan qaytganimda oyim:
  • Hoshimjon, bugun qanaqa baho olding, o'g'lim? — deb so'raydi.

  • — Besh-da, oyijon, bizniki doim besh! — deyman.
    — Barakalla, — dedi oyim. Keyin o'zim yaxshi ko'rgan shokoladdan ikki-uchta uzatib, — bor, endi birpas o'ynab kelgin, — deydi. Kun botguncha maza qilib o'ynab yuraman.
    Kecha oyim negadir bahoni so'ramadi-yu, qani kundaligini bir ko'rsat-chi, deb qoldi. Rang-qutim o'chib ketdi, nega desangiz, ishning bu yog'i sal ishkalroq edi-da.
    — Kundaligim o'qituvchimizda qolgan, — deb qutulmoqchi bo'ldim.
    — Papkangni och deyapman!
    Boshqa ilojim bo'lmaganidan papkani ochib, sekin kundalikni chiqarib berdim.
    — Bu nima? — so'radi oyim.
    — Ikki.
    — Bunisi-chi?
    — Uch.
    — Nega yolg'on gapirding?
    — Kim yolg'on gapiribdi, — dedim bo'sh kelmay, — ikkovini qo'shsa besh bo'ladi, oyjon!
    — Shunaqami?
    — Shunaqa...
    Oyim qoshlarini chimirib, qo'llari qaltirab, kundalikni varaqlashda davom etdi.

MEN O’TGAN UMRGA Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim. Tabassum o’rnida kuldim charaqlab. Suyish kerak bo’lsa — telbacha suydim. Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni og’ushlagan hayot naq oftob, Yangi qo’shiq talab unda har saboq. Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim, Hech kimda ko’rmayin umrimga o’xshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima — bildim. Shu-da bir yashash!..


VAQT
Gʻuncha ochilguncha oʻtgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Baʼzida bir nafas olgʻulik muddat – Ming yulduz soʻnishi uchun yetgulik.
Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda oʻz kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tugʻilib, oʻsib, Yashab, umr koʻrib oʻtguvchilar bor; Koʻz ochib yumguncha oʻtgan dam – qimmat, Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

MUHARRIR: d.Rustamova dizayner: K.To‘lqinova


Yüklə 166,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin