2-ma’ruza temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlaridagi o‘lchash asbob va vositalari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə1/9
tarix21.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#89002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-maruza


2-MA’RUZA
TEMIR YO‘L AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA TIZIMLARIDAGI O‘LCHASH ASBOB VA VOSITALARI.
REJA:
2.1. O’lchash asbob va vositalarilarining tasniflanishi
2.2. O’lchov mexanizmining detallari
2.3. Asboblarning asosiy texnik tavsiflari
2.4. Asboblarning o’lchash chegarasini kengaytirish

Tayanch so’z va iboralar
O’lchov, o’lchov asboblar, tizimlar, tasniflash, tuzilish, asosiy qismlar, aniqlik darajasi, elektrik tavsif, shirtli belgilanish; raqamli asbob, o’zgartirgich, diskretizatsiyalash, kvantlash, kodlash, analog-raqamli, elementlar, indikatorlar, xisoblagich, o’zgartirish usullari, raqamli vol’tmetrlar, ossillograf.

2.1. O’LCHASH ASBOB VA VOSITALARILARINING TASNIFLANISHI
Asboblar tizimlar bo’yicha aniqlik darajasi, o’lchanayotgan kattalikning ahamiyatini aniqlash uslubi bo’yicha ko’rsatkichlarni tashkil etish usuli, o’lchash chegaralari, o’lchanayotgan hajm va tokning turiga qarab, o’lchami va ishlatish sharoitlari bo’yicha tasniflanadi.
Asosiy tavsif asbobning tizimi bo’ladi, ya’ni o’lchanayotgan elektromagnit kattalikni asbobdagi harakatlovchi qismni ko’chiruvchi kuchga o’zgartirish usuli.
Magnitoelektr tizimda asbobning harakatlanuvchi qismi, tok o’tadigan kontur (ramka) bilan doimiy magnit maydonlarining o’zaro ta’sir natijasida ko’chadi. Asboblar haraktlanuvchi ramkali yoki harakatlanuvchi magnitli bo’ladi. Boshqa tizimlari ba’zi asboblarda magnitoelektr turdagi o’lchagichlar (indikatorlar) ishlatiladi. To’g’rilovchi tizimda magnitoelektr o’lchagich va o’zgaruvchan tok zanjirida o’lchovlarni bajarish uchun to’g’rilagich (detektor) ishlatiladi. Elektron tizimlarda magnitoelektr o’lchagich (indikator) va o’zgaruvchan hamda o’zgarmas tokli zanjirlar uchun elektron o’lchov sxemasi ishlatiladi. Termoelektr tizimli asbob magnitoelektr o’lchagich bilan termoo’zgartirgichdan iborat.
Elektromagnit tizimli asbobda harakatlanuvchi qismni ko’chishi (bitta yoki bir nechta ferromagnitli o’zaklar) tok o’tadigan harakatsiz g’altakning magnit maydoni o’zaklarga ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Elektrodinamik tizimli asbobda harakatlanuvchi qismini ko’chishi tok o’tadigan harakatlanuvchi va harakatsiz g’altaklar magnit maydonlarining o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. g’altaklarning magnit maydonlarini kuchaytirish uchun ferromagnit o’zaklaridan o’tadigan magnitli oqimlarga bo’lgan elektrodinamik asboblar ferrodinamik tizim asboblari deyiladi.
Induksion tizimli asboblarda harakatlanuvchi qismni (alyumin disk) ko’chishi g’altak va diskning o’zgaruvchi maydonalarining o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Elektrostatik asboblarda harakatlanuvchi qismning ko’chishi ikkita elektr maydonlarning o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi, chunki harakatlanuvchi va harakatsiz qismlar elektr zaryadga ega. Tebranuvchi tizimli asbobda harakatlanuvchi qism g’altakning o’zgaruvchi magnit maydoni ta’sirida tebranadi.
Asbobni muhim tavsifi aniqlik darajasi hisoblanadi, ya’ni o’lchanayotgan kattalikning yaqinlashish darajasi. Ko’p tor chegarali strelkali asboblar uchun aniqlik darajasi asosiy keltirilgan xatoning (± ) kiritilgan chegarasi bilan aniqlanadi.
Asboblarning aniqlik darajasi foizda ifodalanadi, ular uchun asosiy keltirilgan xatolarining kiritilgan chegaralari formula bo’yicha me’yorlanadi. Masalan, agar = 0,005*100 = 0,5%, bo’lsa, unda aniqlik darajasi 0,5 deb belgilanadi (faqat me’yorlovchi qiymat o’lchanadigan kattalik birliklarida ifodalangan bo’lsa).
Ko’p asboblar uchun kiritilgan asosiy nisbiy xato: , bu yerda X - asbob ko’rsatkichi.
Bunday hollarda asbobning aniqlik darajasi foizda ifodalangan ga teng. Masalan, = 0,002 da aniqlik darajasi 0,2 ga teng.
Elektr o’lchov asboblar uchun aniqlik darajasi A*10n deb belgilangan, shunda A qiymatlari 1; 1,5; 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 ga teng bo’lishi, n esa +1; 0;-1; -2 va hokazo qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
O’lchash chegaralariga qarab asboblar bir va ko’p diapazonlilarga bo’linadi. Tokning turiga qarab asboblar o’zgarmas tok, o’zgaruvchan tok va o’zgarmas-o’zgaruvchan tok asboblariga bo’linadi.
Ishlatish sharoitlari bo’yicha (namlik, harorat va boshqalar) asboblar A, B va V guruhlarga bo’linadi


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin