Asr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo‘lgan: yirik kompaniyalar o‘z dolzarbligini qanday saqlab qoladi? Polaroid va Kodak kompaniyalarining, masalan, Canon’dan farqi nimada?



Yüklə 239,63 Kb.
səhifə1/2
tarix03.03.2023
ölçüsü239,63 Kb.
#86366
  1   2
Asr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo


Asr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo‘lgan: yirik kompaniyalar o‘z dolzarbligini qanday saqlab qoladi?
Polaroid va Kodak kompaniyalarining, masalan, Canon’dan farqi nimada? Canon kompaniyasi bugun dunyodagi eng muvaffaqiyatli fotografiya texnologiyalari shirkati bo‘lsa, XX asrda misli ko‘rilmagan zafarlar quchgan Polaroid va Kodak kompaniyalari allaqachon kasodga uchraganini e’lon qilgan.

Foto: Getty Images
Keraksiz bo‘lib qolish xavfi
Aslida dunyo bozoridan chiqib ketgan korporatsiyalar talaygina. 2000 yildan buyon AQShning eng yirik 500 kompaniyalaridan (Fortune 500) 52 foizi kasodga uchragan. Buning asosiy sababi zamon shiddatidir, texnologik taraqqiyot tufayli ko‘plab bizneslar keragi bo‘lmay qolayotganidir.
Bugun uydan yoki ish joyingizdan chiqmay turib to‘lovlarni amalga oshirish, soliqlarni to‘lash, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish va hatto kredit olish imkoni bor. Bu smartfon, soat va kompyuterlarimiz orqali fintexlar (FinTech), ya’ni moliya sohasidagi texnologik produktlar yordamida amalga oshiriladi. Xo‘sh, bu katta moliyaviy muassasalar va banklar kelajagiga qanday xavf soladi?
O‘tgan hafta soha vakillarini IT Park Toshkent filialida to‘plagan O‘zbekiston fintex assotsiatsiyasi rahbari Nargis Do‘stmatova bu juda dolzarb masala ekaniga ishonadi. Britaniyada tahsil olib, u yerdagi global kompaniyalarda tajriba to‘plagan, Harvard va Oksford universitetlarining executive (boshqaruv) oliy kurslarini tamomlagan Do‘stmatova 2018 yilda vatanga qaytgan. Fintex sohasidagi muammolarga duch kelavergach, o‘zi shu yo‘nalishdagi kasaba uyushmasiga asos solgan. Markaziy bank bilan yaqin hamkorlikda qonunchilikni yangilash, konferensiya va malaka oshirish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlayotgan ushbu nodavlat notijorat tashkiloti bir yoshga to‘lib ulgurmadi. Ammo unga 18 ta kompaniya a’zo bo‘ldi. «Fintex banklarning raqobatchisi emas, balki, bu ularning kelajakdagi shakli», – deydu u. «Kelayotgan yillardagi daromadi va bozordagi o‘rni haqida qayg‘urgan har bir bank innovatsiyalarni tatbiq qilishi shart».
«Monopoliyalar tugatilib, raqobatga, haqiqiy bozor munosabatlariga yo‘l ochilgan jamiyatlarda katta kompaniyalar tirik qolishga urinib, innovatsiyalar qilishga majbur bo‘ladi», – deb ta’kidlaydi fintex uyushma yig‘ilishiga spiker sifatida taklif qilingan BMT TD vakili Usmon Rahimjonov. Startap va innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlovchi dasturlarni yuritayotgan Rahimjonov Qozog‘istonning bu yo‘nalishda mintaqada yetakchi ekanini urg‘ulaydi.
Albatta, O‘zbekiston hukumati banklarni xususiylashtirish haqida gapirayotgan reallikda ulardagi korporativ innovatsiyalar kundan kunga kattaroq ahamiyat kasb etib borishi muqarrar.

Yüklə 239,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin