Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


-jadval O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni va tarkibining o‘zgarishi, ming kishi6



Yüklə 132,96 Kb.
səhifə10/18
tarix13.05.2023
ölçüsü132,96 Kb.
#113228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Jabborova Dilafruz

2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni va tarkibining o‘zgarishi, ming kishi6

T/r

Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

2019yilda 2018yilga nisbatan

(+,-)

(%)

1

Jami ish bilan bandlar

12818,4

13058,3

239,9

101,9


SHu jumladan:





1.1.

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni

7755,7

7849,2

93,5

101,2


SHundan:





1.1.1.

Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar soni (yirik biznesda)

2419,8

2431,6

11,8

100,5

1.1.2.

Kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni

2228,7

2229,5

0,8

100,0

1.1.3.

YUridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar soni

844,2

871,1

26,9

103,2

1.1.4.

Dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni

1815,2

1869,2

54,0

103,0

1.1.5.

Boshqa tashkilot va muassasalarda ish bilan bandlar soni

447,8

447,8

0,0

100,0

1.2.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni

3989,1

4207,8

218,7

105,5


shundan:





1.2.1.

Nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni

1572,4

1656,8

84,4

105,4

1.2.2.

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari

991,2

1081,3

90,1

109,1

1.2.3.

Ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar

1425,5

1469,7

44,2

103,1

2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2018-2019 yillar davomida ish bilan band aholi soni 93,5 ming kishiga yoki 1,2 foizga ortgan.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 maydagi “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 106-sonli qaroriga asosan ish bilan bandlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Tahlil qilinayotgan davrda iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni 1,2 foizga ortgan. Rasmiy sektorida ish bilan bandlar tarkibi quyidagilardan tarkib topgan:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar (yirik biznesda);

  • kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar;

  • yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar;

  • dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar;

  • boshqa tashkilot va muassasalarda ish bilan bandlar.

Bu davrda (2018-2019 yillar) iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar (yirik biznesda) soni – 0,5 foizga, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar – 3,2 foizga, dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni – 3,0 foizga ko‘paygan, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni esa o‘zgarishsiz qolgan.
Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlar sonining ortishi mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar bilan bog‘liq. 2015 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 26-sonli qaroriga7 asosan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash tartibi va to‘lash tartibi o‘zgardi. YAngi tartibga muvofiq 2015 yil 1 yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning 2014 yilda amal qilgan 25 foiz o‘rniga, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foiziga teng bo‘lgan stavkasi belgilandi.
2015 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi8.
YAna jadval ma’lumotlarining tahlili respublikada iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonining 2018 yildagi 6542.1 ming kishidan 2019 yilda 8036.2 ming kishiga ortganligini ko‘rsatdi.
Odatda iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholining tarkibi quyidagilarga bo‘linadi:

  • nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar;

  • mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari;

  • ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikada nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni – 5,4, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari soni – 9,1 foizga, ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar soni esa 3,1 foizga ortgan.
Respublikada aholini bir martalik ishga jalb qilish ishlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Bu faoliyatning mohiyati shundaki, o‘z mehnat layoqatini qisqa muddatli (to‘liq bir ish kunida yoki to‘liqsiz bir ish kunida, ikki yoki undan ortiq, lekin bir oydan kam ish kunida) sotish istagida bo‘lgan fuqarolarga mehnat muassasalari ish beruvchi va yollanma ishchini bir-biri bilan uchrashtirish va kelishib olishlariga ko‘maklashmoqda. Bunday tadbirlar aholi gavjum bo‘lgan va ilgaridan norasmiy tarzda mehnat layoqati savdosi amalga oshirilgan joylarda tashkil qilinmoqda.
Ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif miqdori, aholi turmush darajasi, mamlakatdagi bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati ish bilan bandlikdagi vaziyatga chambarchas bog‘liq. Birgina ish haqi darajasining o‘zi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif, aholi daromadlari, mamlakat iqtisodiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi bozoridagi vaziyat qulay bo‘lib, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning aksariyat qismi ishga joylashtirilgan (3-jadval).
3-jadvaldan ko‘rinadiki, 2019 yilda Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish (tuman, shahar) markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlar soni 3,0 mln.kishini tashkil etgan, shundan markazlar tomonidan 2,84 mln kishi yoki 94,6 foizi ishga joylashtirilgan.


Yüklə 132,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin