1. Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish.
2. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish.
3. Mehnat resurslarining balansini tuzish usuli.
1. Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Mehnat resurslari balansini tuzish hamda ishga joylashishga muxtoj shaxslarni aniqlash chogida asosiy axborot manbalari davlat statistikasi (mehnat bo‘yicha, aholi bo‘yicha statistika hisobotlari) ma’lumotlari, ma’muriy hisobga olishning (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, uy-xo‘jaliklari, xodimlar ro‘yxatlari) xar xil turlari, shuningdek, ish bilan bandlik masalalari yuzasidan ishchi kuchini tanlab tekshirishdan iborat.
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Mehnat resurslari turlari
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Ishchi kuchini tanlab tekshirib chiqish - ma’lumot to‘plash vositalari orasida eng moslashuvchan usuldir. Ularning natijalariga qarab mehnat resurslarining shakllanishini, ish bilan bandlar, ishsizlar, iqtisodiy nofaol aholi sonini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni olish mumkin. Zaruratga qarab, tushunchalar, ta’riflar va savollarni o‘zgartirish yoki maydalash mumkin. Bu esa ayrim aholi guruhlari ishchi kuchida ishtirok yetishining turli shakllarini aniqlash imkonini beradi. Bunday moslashuvchanlik ushbu tekshiruvlarni turli iste’molchilar talablarini qondirish uchun ayniqsa yaroqli qiladi
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Xalqaro kiyoslanadigan natijalarni ta’minlaydi. Ishchi kuchini tekshirib chiqish faqat ishlayotganlarni emas, balki vaqtincha ish bilan band bo‘lmaganlarni ham kamrab olganligidan, u mehnat resurslari va ularning taqsimlanish tuzilmasi haqida to‘la-to‘kis tasavvur xosil qilishni ta’minlaydi.
Mehnat resurslarining hisobot balansi xar qaysi yil yakunlariga qarab O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha, Qorakalpogiston Respublikasi bo‘yicha, viloyatlar va Toshkent shaxri bo‘yicha tuziladi, shaxar va qishloq aholisiga bo‘linadi