Mavzu: Mehnat resurslari balansi


Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/8
tarix12.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#154913
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Mehnat resurslari balansi

2. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish

  • Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar jumlasiga rasmiy statistikada hisobga olinmagan, doimiy, vaqtinchalik, bir martalik va mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, shu jumladan, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun respublikadan tashqariga chiqib ketadigan shaxslar, o‘z biznesini yuritadigan, sheriklar bilan yollanmasdan ishlayotgan shaxslar, taqiqlanmagan, lekin ro‘yxatga olinmagan faoliyatdan ish haqi yoki daromad topadigan shaxslar (masalan, chorva mol boqish va yetishtirish bilan band bo‘lganlar, deHqon bozorlari va chakana bozorda xaridorlarga va savdo qiluvchilarga xizmat ko‘rsatadigan, statsionar bo‘lmagan savdo joylarida savdo bilan band bo‘lgan, xususiy tarzda odam tashish bilan va faoliyatning boshqa turlari bilan band bo‘lgan shaxslar) kiradi.

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish


Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan shaxslar soni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha yilning xar choragida ishchi kuchini tekshirib chiqish asosida aniqlanadi

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish


Hudud, ming km2

Doimiy aholi soni (yil oxiriga), ming kishi

Aholining zichligi, (yil oxiriga; 1 km2ga to‘g’ri keladigan aholi soni)

Iqtisodiyotda bandlarning o‘rtacha yillik soni, ming kishi

O‘zbekiston Respublikasi

448,97

31575,3

70,3

13058,3

Qoraqalpog’iston Respublikasi

166,59

1791,1

10,8

630,0

Vioyatlar:

Andijon

4,30

2910,5

676,9

1271,7

Buxoro

40,32

1815,2

45,0

824,2

Jizzax

21,21

1276,1

60,2

441,4

Qashqadaryo

28,57

3025,6

105,9

1143,9

Navoiy

110,99

927,9

8,4

421,2

Namangan

7,44

2603,4

349,9

968,8

Samarqand

16,77

3583,9

213,7

1443,9

Surxondaryo

20,10

2411,5

120,0

930,8

Sirdaryo

4,28

790,6

184,7

350,9

Toshkent

15,25

2794,1

183,2

1281,8

Farg’ona

6,76

3505,3

518,5

1485,3

Xorazm

6,05

1746,9

288,7

696,0

Toshkent sh.

0,34

2393,2

7165,2

1168,1

Ish bilan band aholi soni hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida tahlil etilganda, Jizzax (viloyat bo’yicha jami bandlar soniga nisbatan ulushi 41,8 %) va Sirdaryo (48,0 %) viloyatlarida qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi sohasi, Navoiy (26,9 %), Toshkent (19,9 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (19,1 %) sanoat sohasi, Buxoro (15,2 %) va Qashqadaryo (13,9 %) viloyatlarida qurilish sohasi hamda Toshkent shahri (68,8 %), Namangan (53,6 %), Samarqand (52,2 %) va Andijon (52,0 %) viloyatlarida xizmatlar sohasi yuqori ulushga ega ekanligi kuzatildi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohatlar natijalari bandlik sohasi ko’rsatkichlarida ham o’z aksini topmoqda.
2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ish bilan bandlarning jami bandlikdagi ulushi 78,3 % ni tashkil etdi.
Respublika bo’yicha jami ish bilan band aholi sonida davlat sektorida bandlar ulushi 17,3 % ni, nodavlat sektorda esa 82,7 % ni tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko’ra 2017 yilda ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo’lmagan aholi soni (ishsizlar) 837,0 ming kishini, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi esa 5,8 % ni tashkil etdi.
O’z o’rnida, 2017 yil dekabr oyi ohirida ishsiz sifatida mehnat organlarida ro’yxatdan o’tgan ishsizlar soni 14,4 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 2,9 martaga o’sgan.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin