Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish
Mustaqil ravishda (mehnat organlariga murojaat kilmasdan) ish izlayotgan shaxslar soni ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muxtoj shaxslar soni bilan mehnat organlarida ish izlayotganlar sifatida ro‘yxatdan utgan va rasman ishsiz makomini olgan shaxslar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi:
Bunda: IKm - mustaqil ish qidirayotganlar; IJM- ishga joylashishga muxtojlar; SHIR - mehnat organlarida ish qidirayotganlar sifatida ro‘yxatga olinganlar; RI - rasman ishsizlar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlarni statistik o‘rganish
Iqtisodiy nofaol aholi. Mehnat resurslarining balansini tuzish vaqtida ularning taqsimlanishi sxemasiga asoslanib, iqtisodiy nofaol aholining soni hamma vaqt mehnat resurslari soni bilan iqtisodiy faol aholining soni o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi:
INA=MR-IF,
Bunda: INA -iqtisodiy nofaol aholi; MR- mehnat resurslari soni; IF-mehnat resurslarining iqtisodiy faol qismi.
Mehnat resurslarining balansi hisobot balansi ko‘rsatkichlarini, mehnat resurslarining o‘sishi, iqtisodiy faoliyat tarmoqlari va turlari bo‘yicha taqsimlanishi istikbollarini, ishga joylashtirilishi kerak bo‘lgan aholi sonini, shuningdek, mamlakat va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy yetish prognozini hisobga olgan holda tuziladi.
Mehnat resurslarining balansini tuzish usuli
Ishga joylashtirilishi kerak bo‘ladigan mehnat yoshidagi aholining ko‘payishini aniqlash vaqtida ishchi kuchini tekshirib chiqish natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Buning uchun mehnat yoshidagi aholining taxmin qilinayotgan ko‘payishiga ishlashni istamaydigan yoki ishga kirishish imkoniga ega bo‘lmagan shaxslar soni, shuningdek, norasmiy sektorda band bo‘lgan shaxslar soni miqdorida to‘zatish kiritiladi (kamaytiriladi).