Mehnat resurslarining miqdori. Bu miqdor mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi soni bilan mehnat yoshidan kichik va katta bo‘lib, ishlayotgan shaxslar sonining yigindisi sifatida aniqlanadi:
MR=MYOM + IUP
Bunda: MR - mehnat resurslari; MYOM - mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi; IUP - ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar.
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
MYOM soni mehnat yoshidagi aholi sonidan (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar sonidan) ikkala jinsga mansub mehnat yoshidagi ishlamayotgan I va II guruh nogironlari hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan ishlamayotgan pensionerlar sonini chegirib tashlash yuli bilan aniqlanadi:
MYOM= E (16-60)+A. (16-55)- Nog
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Bunda: E (16-60) - 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar; A (16-55) - 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar; Nog - mehnat yoshida bo‘lib, ishlamayotgan I va II guruh nogironlari (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) hamda imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan ishlamaydigan pensonerlar.
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Iqtisodiy faol aholi soni. Ushbu aholi soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
IF =IB +II
Bunda, IF - iqtisodiy faol aholi qismi; IB - ish bilan bandlar; II - ish bilan band bo‘lmagan, ishga joylashishga muxtoj shaxslar.
Mehnat resurslarining hisobot balansini tuzish
Ish bilan bandlar soni. Hisobot davrida ish bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqariladi:
IB=Ir +Idx +Inr
Bunda, Ir - Iqtisodiyotning rasmiy sektorida (korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda) ish bilan band bo‘lganlar.
Idx - Dehqon xo‘jaliklarida ish bilan band bo‘lganlar.
Inr - Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar.