VII. Baholash mezoni Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy baholash.
Dastlabki baholashda talabaga ma’ruza mashg’uloti, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim nazoratlari bo’yicha baho qo’yiladi. Talaba har bir mavzu bo’yicha nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa ijobiy baholanadi.
Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Asosiy baholashda talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida 60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi.
Yakuniy nazorat test sinovi shaklida olinganda test variantiga 25 ta savol beriladi. Bunda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
to’g’ri javoblarfoizi 0 ÷59,9 % oralig’idabo’lganda – 2 (qoniqarsiz)baho;
to’g’ri javoblarfoizi60 ÷ 69,9 % oralig’idabo’lganda – 3(qoniqarli)baho;
to’g’ri javoblar foizi 70 ÷ 89,9 % oralig’ida bo’lganda – 4 (yaxshi) baho;
to’g’ri javoblar foizi 90 ÷ 100 % oralig’ida bo’lganda – 5 (a’lo) baho.
3
Fan o`qitilishining natijalari (shaxkllanadigan kasbiy kompetentsiyalar) VIII. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar Talaba:
ingliz tilini xalqaro til bilish darajasiga ko’ra (CEFR) kamida B1+-B2 darajada o’zlashtirishi;
tinglash, tushunish va muhokama qilish uchun bosqichma-bosqich turli tilmateriallari bilan ishlash usullari to’g’risida tasavvurga ega bo'lishi;
o’z fikr va mulohazalarini ingliz tilida mantiqiy bayon etishni;
chet tilidagi og’zaki shakldagi ma’lumotlarni tushunish maqsadida turli strategiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
ingliz tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot beruvchi boshqavositalardan olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish,
ingliz tilida og’zaki nutq jarayonida ravon so’zlasha olish malakalariga ega bo’lishi.