2.2. Buyurtmachi (talaba) huquq va majburiyatlari: 2.2.1. Ta’lim olish jarayonida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, oliy ta’lim muassasalari binosi,
kutubxona fondi va elektron o‘quv resurslaridan foydalanish;
2.2.2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli Qarori 1-
ilova “Oliy ta’lim muassalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom talablariga amal qilish va uni so‘zsiz bajarish;
2.2.3. O’quv jarayonida bilim va saviyani baholash mezonlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish;
2.2.4. Universitet tomonidan tashkil etiladigan sport-sog‘lomlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa
ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish;
2.2.5. Universitet tomonidan belgilangan ichki tartib Qoidalari talablariga to‘liq rioya qilishi hamda
Universitet rahbariyati tomonidan chiqarilgan buyruq va farmoyishlarniso‘zsiz bajarish;
2.2.6. Joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitishning to‘liq qiymatini o‘z muddatlarida to‘lash;
2.2.7. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng talaba Universitet buxgalteriyasiga to‘lovni tasdiqlovchi
hujjatlarni taqdim etishi shart. To‘lovni amalga oshirishda to‘lovning maqsadi (izoh)ga quyidagilar
ko‘rsatilishi lozim: talabaning familiyasi, ismi va sharifi hamda shartnomaning raqami va tuzilgan
sanasi.
2.2.8. Talaba mazkur shartnoma bo’yicha, shartnoma majburiyatlarini bajarish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan taqdirda, Universitetni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Yozma xabarnoma
berilmagan taqdirda, Universitet shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Mazkur holatda talaba universitetga da’vo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
2.2.9. Pasport ma’lumotlari, manzil va aloqa rekvizitlari o‘zgargan vaqtdan e’tiboran besh kun ichida
universitetga xabar berish.
2.2.10. Talaba o‘qish jarayonida ayrim fanlarni talab darajasida o‘zlashtira olmagan holatda,
Universitet tomonidan amalga oshirilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar (darslar) o‘tilganligi uchun shu
Universitet tariflari bo’yicha qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish.
2.2.11. Talabada o‘qish davrida O’zbekiston Respublikasi hududidan chet elga chiqish zarurati
tug‘ilgan holda darhol bu haqda Universitetni ogohlantirish.
2.2.12. O’zbekiston Respublikasi davlat standartlari bo‘yicha bilimlarni olish va shu bo‘yicha
universitetdan bilim talab qilish.
2.2.13. Universitet faoliyatida muhim masalalarini muhokama qilishda ishtirok etish, o‘quv
jarayonida boshqa ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsitmagan holda o‘z fikrlarini erkin va ochiq
ifoda etish.
2.2.14. Fanlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda, Universitet o‘qituvchilari va
xodimlaridan yordam olish.
2.2.15. Talaba Universitetga topshirilgan hujjatlar, shu jumladan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shaxodatnoma, transkrit, diplom ilovasi bilan) haqiqiy ekanligi uchun
shaxsan javobgar.