Mikroskop 1625-yilda Steleti degan olim tomonidan yaratilgan. Mikroskop ( mikro-”kichik”, Skopeo-”ko’raman.Hozirgi kunda Elektron va yorug’lik mikroskoplari bor
Mikroskop 1625-yilda Steleti degan olim tomonidan yaratilgan. Mikroskop ( mikro-”kichik”, Skopeo-”ko’raman.Hozirgi kunda Elektron va yorug’lik mikroskoplari bor.
Mikroskop 3 ta qismdan iborat: 1-Optik 2-mexanik 3-yorituvchi
Optik qism okulyar va obyektivdan iborat
Mayda biologik obyektlar (viruslar, mikroorganizmlar, sodda hayvonlar, ko‘p hujayralilar)ni asosiy tekshirish usullaridan biri ularni kattalashtiruvchi optik asboblar — mikroskoplarda (micros — mayda, juda kichik, copeo — ko'raman) o‘rganishdir. Mikroskoplar xilmaxildir (yorug'lik, elektron, luminessent, fazo-kontrast, fluoressent, polarizatsiyalovchi va boshqalar). Ulardan eng ko‘p qo‘llaniladigani yorug'lik mikroskopi bo'lib, u biologik tadqiqotlardagina emas, tibbiyotda ham amaliyot shifokorlari uchun laboratoriya tashxisi uchun eng zarur asboblardan biridir.
Mexanik qismi— shtativ, buyum stolchasi, tubus, revolver, makro va mikrometrik vintlardan iborat.
Shtativ — keng asosdan, tubus tutqich va tubusdan tashkil topgan. Buyum stolchasi o’rtasida nur o ‘tuvchi teshik mavjud. Stolda preparatni qisib turuvchi ikkita klemma. gorizontal tekislikda har tomonga siljituvchi ikkita vint joylashgan. Buyum stoli tagida (kattaroq) makrometrik vint va mikrometrik vintlar joylashgan. Ko‘pchilik mikroskoplarda mikrovint disksimon bo‘lib, asosga. joylashgan. Makrometrik vint fokusga taxminan, mikrometrik vint esa aniq to‘g‘rilashga imkon beradi. Kichik vintni oldinga yoki orqasiga faqat yarim aylantirishni unutmang.
Yorituvchi qismga ko'zgu, kondensor va diafragma kiradi. Ko‘zgu buyum stolchasi tagiga qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan. Uni har tomonga burib, yorug‘lik to‘plash mumkin.
Ко‘zguning botiq va tekis yuzalari mavjud. Xona kam yoritilganida botiq yuzasidan foydalaniladi. Kondensor linzalar sistemasidan iborat, buyum stolchasi tagiga joylashgan. Kondensorni yuqoriga va pastga siljituvchi maxsus vint mavjud.
Kondensor ko‘tarilganda yorug‘lik ko'payadi, tushirilganda kamayadi.Iris diafragma kondensorga burab o‘rnatilgan, u mayda plastinkalardan iborat, yonidagi maxsus klemma yordamida diafragma teshigini kengaytirish, toraytirish va yorug‘lik miqdorini o'zgartirish mumkin.
Mikroskopning optik qismiga okular va obyektivlar kiradi. Okularlar ko‘rilayotgan obyektni 7x, lOx, 15x, 20xmarta katta qilib ko‘ rsatadi (kattalashtirish darajasi okularlarda ko'rsatilgan bo‘ladi).
Okular naysimon shaklda bo‘ lib, uning ikki tomonida linzalar joylashgan. Obyektivlar revolver sistemasidagi maxsus o'rindiqlarga joylashgan. Obyektivlar buyumni 8 x, 40x, 60x, 90x marta katta qilib ко‘rsatadi.Mikroskopning kattalashtirish qobiliyati uning ,,kuchi“ deyiladi. 0‘rganilayotgan buyum qancha kattalashtirilganligini bilish uchun obyektiv ko'rsatkichini okular ko'rsatkichiga ko‘paytirish zarur (masalan 1 0 x 8 = 80, 10 x 40 = 400, 10 x 90 = 900 va hokazo).Yorug'lik mikroskopi bir-biridan 0,2 mkm yaqinlikdagi ikki buyumni ajrata oladi, odam ko‘zining ajrata olish qobiliyati 0 ,1 mm, elektron mikroskopniki esa (1 angstrem = l0-7mm).
Mikroskop bilan ishlash tartibi.
1. Mikroskop shtativi kuzatuvchi tomoniga qaratilib stol qirrasidan kamida 5 sm ichkariga qo‘yiladi.
2. Nur to‘plovchi ko‘zgu, obyektiv, okular mayin quruq toza latta bilan artiladi.
3. Revolver sistemasi harakatga keltirilib, kichik obyektiv buyum stolchasi teshigi ro‘parasidagi maxsus o‘rindiqqa joylashtiriladi. Bunda shiqillagan past tovush eshitiladi. Har qanday obyektni o'rganishni kichik kattalashtirishdan boshlashni aslo unutmaslik kerak. Makrometrik vint yordamida obyektiv buyum stolidan taxminan 0,5 sm masofaga ko‘tariladi. Diafragma ochiladi va kondensor biroz ko‘tariladi.
4. Kuchli nurlar tushganda nur to‘plovchi ko‘ zguning tekis yuzasidan, kuchsiz nurlar tushganda esa botiq yuzasidan foydalanish lozim.
5. Chap ko‘z bilan okularga qarab, nur to'plovchi ko'zguni o‘qlar atrofida aylantirib ko‘rish maydoni eng ko‘p darajada va bir tekis yoritiladi.
6 . Tekshiriluvchi obyekt buyum stoliga qisqichlar vositasida o‘rnatiladi. Avval obyektiv ehtiyotlik bilan buyum oynasiga taxminan 2 mm masofaga yaqinlashtiriladi. So‘ngra chap ko‘z bilan okulardan qarab turib yana makrometrik vint yordamida obyektiv buyum oynasidan ohista uzoqlashtiriladi (yuqoriga ko‘tariladi). Kichik obyektiv ishlatilganda fokus oralig'i taxminan 0,5 sm ga teng bo'lishini unutmaslik kerak. Obyektning aniq tasviri va istalganqismi topilgach, uni markazga joylashtiriladi va katta obyektiv (40x) bilan eng mayda tarkibiy qismlar alohida tekshiriladi. Yon tomondan nazorat qilib turgan holda obyektiv preparatga deyarli tekkunga qadar tushiriladi. Keyin okularga qarab, tasvir paydo bo‘lguncha tubusni shoshilmasdan ko’tariladi.
Katta obyektivning fokus masofasi taxminan 1 mm. Katta obyektiv bilan ishlaganda makrometrik vintdan tashqari mikrometrik vintdan ham foydalaniladi, uni o‘ng yoki chap tomonga yarim aylantirib obyektning aniq tasviri mikroskopda ko'riladi.
7. 90x marta katta qilib ko‘rsatuvchi obyektiv immersion obyektiv deyiladi (lotincha immersio- botirish ), bu sistemani qo‘llashda (obyekt ustiga bir tomchi immersion moy yoki kedr moyi tomiziladi. Mazkur obyektiv obyekt ustidagi moyga juda ohista botiriladi. So‘ngra tekshiriluvchi obyekt ko‘ ringunga qadar chap ko‘zi bilan okulardan qarab, makrometrik vint yordamida asta yuqoriga ko‘tariladi.
Aniq ko‘ rish uchun mikrometrik vint o‘ ng yoki chap tomonga biroz buriladi. Bu usul juda mayda obyektlarni ko'rish imkonini beradi.
8 . Mikroskop bilan ishlash tugallangandan so‘ng, uni harakatsiz holatga o‘tkazish kerak. Buning uchun revolver sistemasini ishlatib, obyektivlar neytral holatga keltiriladi va buyum stolchasidan _2 sm uzoqlashtirilib, obyektivlar artiladi. Mikroskop ustiga chang tushmasligi uchun g ‘ilof kiydirib qo‘yiladi.