O’smirlar o’rtasidagi nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik masalalari



Yüklə 246,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.01.2023
ölçüsü246,16 Kb.
#79500
1   2   3
2218-Article Text-4574-1-10-20211227

“…Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo 
etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, 
Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan 
muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani 
rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni 
taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. 
Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga 
erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish - 
barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. SHundagina farzandlarimiz 
xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga 
aylanadi. 
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya 
tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
604


oshiramiz…
4
”. 
Demak Prezidentimiz yosh-o’smir ta’lim-tarbiyasini tubdan isloh qilishimizga 
ishonmoqda, farzandlarimizni dunyo tan olishini xohlamoqda, bunda esa ularning 
bosayotgan qadamidan bohabar bo’luvchi va turli vaziyatlarga tushganda yo’l topib 
chiqib ketuvchi aqlli o’smirni tarbiyalashimiz lozim. 
O’smirlarning o’z tengdoshlariga intilishi o’zgacha bo’ladi. O’z tengdoshlari 
orasida o’zining sifatlarini boshqalar sifati bilan solishtirish, tenglik sharoitida u 
kimgadir boshqacha ko’rinish xususiyatlarini o’smirlar guruhida yaqqol kuzatish 
mumkin. Tengdoshlari orasidagi taniqli bo’lish va ularning hurmatiga sazovor bo’lish 
bu yoshdagi o’quvchilarning xususiyatlaridan yana biridir. O’smir o’zining ichki 
“qarash” lariga suyangan holda guruhda qo’llab-quvvatlovchi tayanch qidiradi. 
Tengdoshlari unga qanday baho berishida ular o’rtasidagi munosabatlar doirasida 
xilma-xil nizoli vaziyatlarga duch keladi. Bunday vaziyatlar o’smirda o’z mavqieyini 
tiklash uchun ijobiy harakatlarni tanlash yoki aksincha ko’rinishda bo’lishi mumkin. 
Shu kabilarning barchasi bevosita jamiyatning psixologik iqlimiga ta’sir ko’rsatadi.
Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri ta’lim jarayonida o’smirlar 
o’rtasidagi shaxslararo nizolar, ularning xususiyatlari va nizolarni keltirib chiqaruvchi 
omillarning tabiati turli-tuman ekanligining guvohi bo’ldik. Maktab psixologi 
faoliyatida o’smirlik davriga xos shaxslararo nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish 
va uni negativ asoratlardan saqlashning profilaktikasini faqat psixokorreksion 
usullarning muayyan shakllarini ya’ni, psixokorreksion ta’sir o’tkazish yo’li bilan 
bartaraf etish mumkin.
O’smirlik davriga xos nizolarning psixologik mohiyati, taxlili ilmiy farazlarni 
ilgari surish imkoniyatini beradi: 
- O’smirlar o’rtasidagi nizolar, ularga xos sub’ektlikning turli shakllarini 
faollashtirib, shaxslilik xususiyatlarining rivojlantirishga sharoit yaratishi; 
- O’smirlar o’rtasidagi shaxslararo nizoli vaziyatlarda hamkorlikdagi 
munosabatlar ko’rinishdagi alternativ (mumkin bo’lgan qarama-qarshi ikki xoldan 
birini tanlab olish zaruriyati) larni anglash, sharoitini yaratish maktab psixologi 
faoliyatining predmeti bo’lishi; 
- Maktab psixologi va o’smirning o’zaro hamkorlikdagi faoliyati o’smirlarning 
shaxslararo nizolarni bartaraf eta olishlarida o’z - o’zlarini rivojlantirishlari uchun 
muhim imkoniyat bo’lishi mumkin.
Olingan 
natijalar 
shuni 
ko’rsatadiki 
maktabda 
psixologik 
xizmatni 
rivojlantirishning zamonaviy shart-sharoitlarini kengaytiradi va maktab psixologlari 
faoliyati va tarbiyaviy ishlarining dasturini takomillashtirish bo’yicha amaliy 
tavsiyalar, inovatsion dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr 5-6 
bet 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
605


Mavzudan kelib chiqib o’smir yoshga kiruvchi bolalarni psixologik 
xususiyatlarini organgan holda mahallalarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash 
inspektorlari tomonidan doimiy nazoratda bo’lishlarini va ularning ish jarayonlari 
bilan tanishib chiqdik. O’smirlik davriga 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan 
bolalar ya’ni 5-sinfdan 9-sinfgacha va KXK, ALlarning I-bosqich talabalari kiradi. 
O’smirlar o’rtasida nizolarning kelib chiqish sabablarini, nizolarni hal etishda va 
ularning kelib chiqishini oldini olishda, nafaqat ota-ona, maktab jamoasi balki 
mahallalarda faoliyat yurituvchi pedagog tarbiyachi va inspektorlar ish olib borishadi. 
O’smir yoshlar va voyaga yetmaganlarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli 
o’tkazish, ularni ommaviy sportga jalb etish, huquqbuzarlikka moyil va ichki ishlar 
idoralarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar hamda farzand tarbiyasiga 
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ota-onalar o’rtasida tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni olib 
borish maqsadida fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari tarkibiga pedagog-
tarbiyachi lavozimining kiritilishi yoshlarga qaratilgan barcha ishlar Davlat siyosati 
darajasiga ko’tarilganidan dalolat beradi. 
Tarbiyalanib 
kelayotgan 
o’smirlarning 
bilish 
jarayonlari 
psixolologik 
xususiyatlari ham rivojlangan bo’lib, ular ruhiy holatida buzilishlar uchraydi. Do’stlar 
o’rtasidagi arzimas kelishmovchilik, ota-ona va farzand o’rtasidagi tushunmovchilik, 
o’qituvchi-o’quvchi munosabatlaridagi muammoli vaziyatlar nizolarning kelib 
chiqishiga va ularni yoki to’g’ri hal etilishi, yoki chuqurlashib ildiz olib ketishiga 
sabab bo’lishi mumkin. Maktab ota-ona, mahalla hamkorligi mustahkam bo’lsa 
bunday nizoli vaziyatlarning kelib chiqishi kamayadi va uning yechimini topish oson 
kechadi.
Shularni hisobga olgan holda mahallalarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash 
komissiyalari tuzilgan bo’lib, ularning tarkibiga mahalla nozirlari, maktab rahbarlari, 
mahalla fuqarolar yig’ini raisi, tajribali o’qituvchi, sport murabbiylari va mahalla 
faollari a’zo etib kiritilgan. Mavzudan kelib chiqib, tajriba-sinov ishlarini olib borish 
uchun maktabning yuqori sinf o’quvchilari, voyaga yetmaganlar o’rtasida 
nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan hamkorlikda 
izlanish olib bordik. Maktabda o’quvchilar o’rtasida ijtimoiy fikr so’rovnomasi 
o’tkazildi 
So’rovnoma natijalariga ko’ra osmirlarning ijtimoiylashuviga oila, maktab, 
tengdoshlar ta’siri 62 nafar o’quvchini tashkil etadi. OAV ta’siri 66 nafar o’quvchini 
tashkil etadi. O’smirlarni o’z-o’ziga baho berishi 70 nafar o’quvchi, va suitsid holga 
tushishi esa afsuski-22 nafar o’quvchini tashkil etdi. Xulosa qilib aytganda ijtimoiy 
fikr so’rovnomasi o’smirlar o’rtasida ziddiyatlarni paydo bo’lishi ularni hal etish 
bo’yicha o’smirlarni mavjud imkoniyatlarni, bilimlarini aniqlashga yordam berdi.
O’smirlar o’rtasida nizolarni paydo bo’lishi yuzasidan mahalla inspektorlariga 
murojaat etdik. Nizolarning oldini olish y’ani profilaktika ishlari bo’yicha joylarda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
606


yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil etish, voyaga yetmagan 
huquqbuzarlarning sonini kamaytirish borasida tushuntirish ishlari, suhbat 
munozaralar o’tkazilganini ko’rib chiqib, hujjatlar, bayonnomalar bilan tanishdik. IIB 
voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi 
inspektorlarining xizmat vazifalari va burchlari bilan ham tanishib chiqdik.Unga 
ko’ra, 
- Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi 
inspektorlari o’z ish faoliyatida voyaga yetmaganlar qarovsizligi, ular orasida 
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish ishlarini amalga oshirib, ichki ishlar 
idoralari profilaktik xisobda turgan voyaga yetmaganlar va farzandlari tarbiyasi bilan 
shugullanmayotgan, o’zlarining jamiyatga zid xatti-harakatlari bilan ularning 
tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ota-onalar bilan profilaktik tadbirlarni
mahalliy hokimiyat, maxalla fuqarolar yig’ini, xalq ta’limi bo’limi, «Kamolot» 
yoshlar ijtimoiy harakati, mahalla diniy ma’rifiy maslahatchilar va keng jamoatchilik 
bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish; 
- Voyaga yetmagan yoshlarni Vatanga sadoqat, kelajakka ishonch, milliy 
qadriyatlarimiz va o’zligimizni anglash, ularda vatanparvarlik, milliy g’urur, milliy 
mafkura, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, oila, mahalla, maktab, xududni 
muxofaza kiluvchi idoralar, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati, xokimlik 
xuzuridagi voyaga yetmaganlar ishi komissiyasi, xalk ta’limi, Oliy va urta maxsus 
ta’lim, mexnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog’likni saqlash vazirliklari, 
Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi va keng jamoatchilik hamkorligida ishlarni 
tashkil qilish; 
- Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida targ’ibot-tashviqot 
ishlari barcha davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida ishlab chiqilgan ish 
rejalari asosida ish yuritish kabi ma’suliyatli vazifalar belgilab berilgan. 
Sh.Miromonovich o’smir-yoshlarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri taqsimlansagina 
ular o’rtasidagi huquqbuzarlikni oldi olinishini ta’kidlab: “…yoshlar o‘rtasida 
bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi e’tiborimiz 
markazida bo‘ladi. 
Buning uchun kelgusi yilda professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab 
va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi. 
Bundan buyon ishchi kasblar bo‘yicha talab qo‘yishda malaka asosiy o‘ringa 
chiqadi. 
Shuning uchun Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan ishchi 
kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin...
5
”-
deb ta’kidladi. 
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr 11 
bet 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
607


Xulosa qilib aytganda o’smirlar o’rtasida nizolarni kelib chiqishi va ularni 
bartaraf etish fikrimizcha ota-ona, maktab, mahalla hamkorligiga bog’liq. Hamkorlik 
yaxshi yo’lga qo’yilsa, mahallalarda inspektorlar va maktab rahbariyati tomonidan 
profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar ko’proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq 
bo’lar edi. 

Yüklə 246,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin