1 Suitsid haqida umumuy tushuncha. Suitsidal xulq-atvorning sabablari,
shakllari.
Suitsid – qasddan o’limga olib keluvchi shikast etkazish (o’z joniga qasd
qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga
tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati,
deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (etuklik) suitsid”
atamasi ham qo’llaniladi. Bu butun bir ko’rinishga ega bo’lib, o’smirlar o’rtasida
o’z joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova,
E.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar suitsidi katta yoshdagilar
suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan,
suitsid shaxsning boshidan o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-
psixologik moslashmasligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, o’z joniga qasd qilish
(haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga
ajraladi. Bruksbenk o’zining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan
suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa o’limga
olib kelmaydigan shikast etkazish harakati, deb belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |