O`smirlik davri haqida tushuncha



Yüklə 70 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü70 Kb.
#113900
  1   2   3
O\'smirlik Davrida Psixologik Xususiyatlari


O'smirlik Davrida Psixologik Xususiyatlari

Reja:




  1. O`smirlik davri haqida tushuncha .

  2. O`smir organizmida ro`y beradigan o`zgarishlar.

  3. O`smirlik avtonomiyalari.



O`smirlik davri haqida tushuncha
Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo`lmish yosh psixologiyasi fani bevosita inson psixologiyasining namoyon bo`lishi va rivojlanishini turli yoshlarda qanday kechish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o`rganadi. Psixologik xususiyatlarni namoyon bo`lishining yosh xususiyatlari o`rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixologiyasida turli yosh davrlari bir-biridan sezilarli farqlanadi. Bular: chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha ta`lim yoshi, kichik maktab yoshi, o`smirlik, ilk yoshlik, yoshlik, yetuklik va keksalik davrlaridir. Bu davrlarning har biri o`ziga xos xususiyatlarga, sifatlarga ega bo`lib, ular bir-biridan odamning xronologik yosh ko`rsatkichlariga ko`ragina emas, balki shu davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro`y beradigan o`zgarishlar, uning ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga ko`ra ham farqlanadi.
Biz o`smirlik davri psixologiyasi haqida to`xtalib o`tamiz. O`smirlik davri insonni bolalikdan — yoshlikka o`tuvchi va o`z navbatida boshqa davrlardan o`zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o`qish paytlariga to`g`ri keladi va 11—12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo`lgan davr oralig`ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin.
O`smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda «o`tish davri», «og`ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og`irligi», «keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi?
O`smirlik davrining og`ir, murakkab davr ekanligi ko`plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog`liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o`zgaradi. Bu davrda o`smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qaramaqarshi bo`lgan turli xil an`analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning o`z-o`ziga va atrofdagilarga nisbatan bo`lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi.
Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo`nalganligi qaytadan shakllanadi, o`z-o`zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o`zgaradi. Uning uchun o`z «men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi.
O`smir organizmida ro`y beradigan o`zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o`zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog`atga yetish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o`zgarishlar bevosita o`smir endokrin sistemasining o`zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi. Uning old qismidan ajralib chiqadigan garmon organizm to`qimalarining o`sishi va boshqa muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning faoliyati o`smir organizmida ko`plab o`zgarishlarni yuzaga keltiradi, jumladan bo`y o`sishining keskin tezlashishi (bir yilda o`g`il bolalarda 4—5 sm, qizlarda 3—4 sm o`sishi kuzatiladi), jinsiy balog`atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo`lishi amalga oshadi. Bu jarayonlar qiz bolalarda 13—15 yoshlarda nisbatan jadal kechadi. Jismoniy rivojlanish va jinsiy yetilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9—10 yoshda, o`g`il bolalar esa 11—12 yoshlarida jinsiy balog`atga yetishning boshlanish bosqichida bo`lishi mumkin.
Bo`yning o`sishi, vaznning ortishi, ko`krak qafasining kengayishi — bularning barchasi jismoniy rivojlanishning o`smirlik yoshiga xos xususiyatlaridir. Shular tufayli o`smirning tashqi ko`rinishi bolaning tashqi ko`rinishiga qaraganda farq qiladi:
tana proporsiyasi kattalarga xos ko`rinishga ega bo`ladi. Shuningdek o`smirning yuz tuzilishi ham o`zgarib, bosh suyagining yuz qismi jadal rivojlana boradi. O`smirlik yoshida umurtqa pog`onasining o`sishi bo`yning o`sish tempidan orqada qoladi. Chunki 14 yoshgacha umurtqa pog`onalari o`rtasidagi oraliqlar tog`aylar bilan to`lgan bo`ladi, bu esa ortiqcha jismoniy zo`riqish, tana holatining noto`g`ri turishi tufayli umurtqa pog`onasining noto`g`ri rivojlanishga moyilligini bildiradi.

Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin