O`smirlik davri psixologiyasi. Tarbiyasi qiyin o`smirlar


Anatomo – fiziologik xususiyatlari



Yüklə 408,19 Kb.
səhifə3/4
tarix09.09.2023
ölçüsü408,19 Kb.
#142156
1   2   3   4
8-MAVZU

Anatomo – fiziologik xususiyatlari.

  • Anatomo – fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan gipofizning aktivlashishi tufayli o’smir organizmida sifat jihatdan o’zgarishlar yuz beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o’g’illarda 13-15 yoshda bo’lib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi, o’smirning tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Muskullar massasi va muskul kuchi o’sadi, bu holat jinsiy etilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki organlar, xususan yurak o’sadi. Ba`zan yurak qon-tomir sistemasida patologik o’zgarishlar yuz beradi.

Bilish jarayonlarining o’sishi.

  • O’smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab programmasidan tashqariga chiqadi, mustaqil o’qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, mustaqillik hosil bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’quv materiallarini taqqoslashni, mavhumlashtirishni, o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishlari lozim. O’smirlarning o’quv faoliyatida, o’quv materialini o’zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi o’quvchilarni uchratish mumkin.

O’smirlardagi asosiy psixologik o’zgarish.

  • O’smir o’zini asta-sekin katta odam deb his qila boshlaydi, lekin ko’p odat va xususiyatlari bolalarcha bo’lib qoladi. Bu hissiyot kattalik hissi deb ataladi va o’smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his o’smirda o’ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy poziciyani yuzaga keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta orientaciya qila boshlaydi. O’smir o’z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni xohlaydi.

O’quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga tashlanib qoladi. O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham intellektualizaciya bo’la boshlaydi, ya`ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab qolishni o’rgana boshlaydi.

  • O’quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga tashlanib qoladi. O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham intellektualizaciya bo’la boshlaydi, ya`ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab qolishni o’rgana boshlaydi.
  • O’smirlarning o’z-o’zini anglashi sifat jihatidan o’zgaradi. O’zi haqida uylash, o’zini boshqalar bilan taqqoslash o’smirning xususiyatidir. O’smir o’z kamchiligi ustida uylaydi, o’zidan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi. Ko’pchilik o’smirlar kattalarga o’xshaydigan o’z tenglashlariga o’xshashga harakat qiladilar.

Yüklə 408,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin