O‘smirlik davri psixologiyasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/3
tarix10.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#128024
1   2   3
O‘smirlik davri psixologiyasi

  • O‘quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bo‘lmagan bo‘lsa, V-VI sinflarda o‘zlashtirish keskin farqlanadigan bolalar ko‘ziga tashlanib qoladi. O‘smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham inelektualizatsiya bo‘la boshlaydi, ya’ni o‘smir o‘quv materiallarini tushunib idrok qilish va eslab qolishni o‘rgana boshlaydi.

O‘smirlar o‘z-o‘zini anglash sifat jihatidan o‘zgaradi. O‘zi haqida o‘ylash, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash o‘smirning xususiyatidir. O‘smir o‘z kamchiligi ustida uylaydi, o‘zidan qoniqmaslik hissi paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘smirlar kattalarga o‘xshaydigan o‘z tengdoshlariga o‘xshashga harakat qiladilar.

Tarbiyasi qiyin o‘smirlarni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin:

  • orsiz, subutsiz o‘smirlar;
  • Mustaqil fikrga ega bo‘lmaganlar;
  • Shaxsiy talab va extiyojlarini qondirish uchun qonunbuzarlik yo‘liga kirgan o‘smirlar;
  • Injiq tabiat o‘smirlar

Tarbiyasi qiyin o‘smirlarni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilar:

O‘smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari

  • Inson umrining o‘smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo‘ladi. Uning bittasi- kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi-o‘smirning oiladagi va maktab nazoratidan chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e’tiboridan tashqari, o‘z oqimida, maqsadga muvofiq tarzda kechadigan bo‘lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o‘smirlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Birinchi jihatini tahlil qilib ko‘raylik, chunonchi, o‘smirlik bosqichidagi o‘g’il va qizlarda ilk “kattalik” hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o‘smir munosabat uslubini o‘zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o‘zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko‘zga tashlanadigan ayrim tomonlari o‘smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg‘otadi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin