O`smirlik davrida og`ishgan xulq shakllanishi va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 266,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü266,11 Kb.
#123420
  1   2   3
Ravshanbekova Dilfuza Sherzod qizi1



O`SMIRLIK DAVRIDA OG`ISHGAN XULQ SHAKLLANISHI VA UNGA 
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6596952
 
 
Ravshanbekova Dilfuza Sherzod qizi 
O`zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi 
1-bosqich magistranti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsning og`ishgan xulqi va uning shakllanishi 
haqida nazariy ma’lumot hamda tahlillar bayon qilingan. Shuning bilan birga, maqolada 
o`smirlik davrida deviant xulq-atvorning shakklanishi va unga ta’sir etuvchi omillarning 
o`ziga xos jihatlari va ularning nazariy-ilmiy qarashlar yoritilinib berilgan. 
Kalit so`z: deviant, determinatsiya, reduksiya, genetika, asotsial, dispozitsiya, 
tajovuzkorlik, MNS, toksikomaniya va boshqalar. 
 
Shaxsning og`ishgan xulqi – bu umumqabul qilingan yoki rasman 
o`zgartirilgan ijtimoiy me’yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha 
aytganda, bunday xulq mavjud qonunlar, qoidalar, an’abalar va ijtimoiy 
buyruqlarga mos tushmaydi.
Og`ishgan xulq determinatsiyasi haqidagi masala alohida diqqatga sazovor. 
Determinatsiya tushunchasi ostida og`ishgan xulqni chaqiruvchi, qo`zg`atuvchi 
yoki qo`llovcghi omillar yig`indisi tushuniladi. Determinatsiyalovchi omillar 
shaxs shu tizim ostining biri hisoblanadigan ijtimoiy tashkilotlarning turlicha 
darajalarida amal qiladi. “Jamiya va shaxs” tizimi bir vaqtning o`zida bir necha 
darajada ishlaydi: geofizik, makrojamoatchilik, ijtimoiy-guruhli, mikroijtimoiy, 
individual-shaxsiy, psixofiziologik.
Ajratilgan darajalarga muvofiq shaxs og`ishgan xulqini determinatsiyalovchi 
quyidagi omillar guruhini aniqlash mumkin: 

Jismoniy muhitning tashqi sharoitlari

Tashqi ijtimoiy sharoitlar; 

Ichki nasliy-biologik va konstitusional tizim; 

Og`ishgan xulqning ichki shaxsiy sabablari va mexanizmlari
1

Deviant xulq-atvorning vujudga kelishi haqida ikki xil qarash mavjud bo`lib, 
birinchisi tabiiy-biologik, ikkinchisi ijtimoiy reduksion fikrlardir. Tabiiy-biologik 
qarashlarga ko`ra, deviant xulq-atvorning kelib chiqishida biologik omillarning 
1
N.G`.Komilova. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi. O`quv qo`llanma. T.- 2007. 


roli alohida o`rin tutadi. Genetik tuzilishning o`ziga xosligi, biohimik 
boshqarishning buzilishi, asab tizimi mexanizmlari ish faoliyatining buzilishi va 
boshqalar shunday omillardandir. Ijtimoiy-reduksion nazariyalar har qanday 
ichki, shu jumladan, psixologik (shaxs dispozitsiyalari) rolini inkor etgan holda 
og`ishgan xulq-atvorni ijtimoiy-iqtisodiy holatlar bilan tushuntirishga harakat 
qiladi. Venger psixologi F.Patakining fikricha, deviant xulq-atvor tizimli yoki 
ko`plab sababiy bog`liqlikka ega bo`lib, uning vujudga kelishi bir emas, balki bir 
qancha ya’ni tarixiy, makrosotsiologik, ijtimoiy-psixologik va individual-shaxsniy 
omillar roliga bog`liq. 
Deviant xulq-atvorning shakllanishiga ham tashqi (jumladan, ijtimoiy-
iqtisodiy), ham ichki (psixologik) omillar ta’sir ko`rsatadi. Birinchi omillarga 
ishsizlik, hayot tarzini pastligi, jamiyatda u yoki bu qatlamning yashash darajasi 
va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh omillarga L.M.Zyubinning fikricha quyidagi 
omillar kiradi: 
✓ 
Aqliy rivojlanishdagi yetishmovchilik (lekin patalogiya emas), bu holat 
o`z xatti-harakatlarini to`g`ri tahlil qilish, oqibatini oldindan ko`rishga halaqit 
beradi; 
✓ 
Tafakkur mustaqilligining yetishmasligi, yuqori darajada konformlilik, 
ta’sirlanuvchanlik; 
✓ 
Quyi darajadagi aqliy faollik,, ma’naviy ehtiyojlarning qashshoqligi va 
beqarorligi. 
Ushbu muammo yuzasidan yana ikki xil psixologik (ichki) sabablarni 
keltirish mumkin: 
✓ 
Qanoatlantirilmagan prosotsial (ijtimoiy) ehtiyojlar bo`lib, ular ta’sirida 
shaxsda ichki ziddiyat paydo bo`ladi va asotsial (jamiyat uchun zid bo`lgan) 
ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi; 
✓ 
Asotsial (jamiyat uchun zid bo`lgan) shaxs dispozitsiyalari 
(motivatorlari), ular o`z navbatida asotsial yo`llar va vositalar bilan o`z 
ehtiyojlarini qondirishga undaydi. 
O`zligini anglash bilan bog`liq ehtiyojlarning qondirilmasligi bolada 
tajovuzkorlikni vujudga keltiradi. O`zi yo`qotgan narsasining o`rniga 
boshqanikini o`zlashtirib olishga intiladi. Mustaqillikka, erkinlikka bo`lgan 
ehtiyojning qondirilmasligi hammaga nisbatan tajovuzkorlik, protest, 
nomyishkorona bo`ysunmaslik, uydan qochib ketish kabi holatlarni vujudga 
keltiradi. Oilada va tengdoshlari davrasida o`zining haqiqiy o`rnini topa olmaslik 
o`z-o`zini tasdiqlashning negativ (salbiy) shakllaridan foydalanishga olib kelishi 
mumkin. 


Tarbiya buzilishi va xulq og`ishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar
2


Yüklə 266,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin